Windowsga kirish. Kompyuterni Power tugmasi ishga tushirilishi bilanoq Windows operatsion sistemasi tezkor xotiraga yuklanadi va ekranda Windowsning ish stoli aks etadi.
W indowsdan chiqish. Windowsdan chiqish uchun sichqonchaning ko‘rsatkichi Boshlash tugmasi ustiga keltirilib chap tugmasi bosiladi. Ochilgan Bosh menyudan buyrug‘i ustiga olib kelib, chap tugmasi bir marta bosiladi. Natijada ekranga:
Kutish holati, O‘chirish, Qayta yuklanish takliflari turli ko‘rinishlarda ifodalangan oyna chiqadi. Ushbu takliflardan keraklisiga sichqonchaning ko‘rsatkichini keltirib, chap tugmasi bosiladi. Sichqonchadan foydalanish o‘rniga ALT+F4 tezkor klavishlarini bosib ekranga yuqoridagi oynani chaqarish mumkin. Yo‘nalish klavishlari orqali ulardan keraklisi tanlanadi va ENTER klavishi bosiladi.
IV. Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar Grafik va nografik operatsion sistemalarning farqini tushuntirib bering.
WINDOWS operatsion sistemasining qanday afzalliklari bor?
Windows obyekti deb nimalarga aytiladi? Misollar keltiring.
Savatchadan qanday maqsadda foydalaniladi?
Kontekstli sezuvchanlik nima?
Nima sababdan Windows grafik sistema deb ataladi? Javobingizni misollar bilan asoslang.
Yopiq ishchi muhit deganda nima tushuniladi?
Masalalar paneli haqida so‘zlab bering.
O‘z kompyuteringizdagi Windowsning ish stolida joylashgan obyektlar haqida izoh bering.
Mashqlar 1. Internet Explorer dasturini sichqoncha yordamida masalalar panelidagi piktogramma, ish stolidagi yorliq va Bosh menyuning Dasturlar bo‘limidagi buyruq yordamida ishga tushiring. Har bir usulda bajargan amallaringizni (tanlash, sichqoncha tug,achasini bosih) taqqoslang.
2. Bosh menyu yordamida MS Paint va MS Word dasturlarini ishga tushiring. MS Paint dasturida uycha rasmini chizing, lekin saqlamang. To‘rtburchak sohani belgilash uskunasi yordamida uycha rasmini belgilab nusxalang va MS Worddagi hujjatga joylashtiring. Hujjatni “Uycha” nomi bilan saqlang.
3. “Мои документы” papkasidagi “Uycha” nomli hujjatni sichqoncha yordamida tanlang. Hujjat kontekst-menyusidan bandining bo‘limini tanlang. Avval Windowsning ish stolida hosil bo‘lgan yorliqni o‘chiring, so‘ng “Uycha” nomli hujjatni o‘chiring. Savatchani ochib bu ikkala obyektni qayta tiklang. Bajargan ishlaringiz asosida xulosa yozing.
V. Uyga vazifa 1. Mavzu oxirida berilgan savollarga javoblarni tayyorlab kelish;
2. 3-mashqni amaliy bajarishni o‘rganib kelish;
3. O‘tilgan mavzu yuzasidan 5 ta va undan ortiq test tuzib kelish;