Yangi korxonalarni tashkil qilish asosida nima yotadi?



Download 27,15 Kb.
bet1/4
Sana09.04.2022
Hajmi27,15 Kb.
#538735
  1   2   3   4
Bog'liq
2 топширик жавоблари


Topshiriq



  1. Yangi korxonalarni tashkil qilish asosida nima yotadi?

  2. Qaysi omillar yangi korxona tashkil qilish zaruriyatini asoslab beradi?

  3. Yangi korxonalarni tashkil qilishdan maqsad nima?

  4. Korxona tashkil qilishning asosiy tamoyillarini sanab o’ting.

  5. Korxona qachondan boshlab tashkil qilingan deb hisoblanishi mumkin?

  6. Korxona Nizomi nimani anglatadi?

  7. Ta’sis shartnomasi nimani anglatadi?

  8. Korxonani tugatishga nima sabab bo’ladi?

  9. Korxonani qayta tashkil qilishdan maqsad nima va u qanday amalga oshiriladi?

  10. Korxona bankrotligining asosiy sabablarini sanab o’ting.

  11. Korxonani moliyaviy jihatdan sog’lomlashtirish nimani anglatadi?

O’zbekiston Respublikasining «Korxonalar to’g’risida»gi qonuniga asosan, korxonalar mulk egasi yoki u tayinlagan vakillik organi, mehnat jamoasi yoki muassislar guruhining qarori bo’yicha belgilangan qonun-qoidalarga asosan tashkil qilinishi mumkin. Shuningdek, korxonalar agar korxona mulki egasi yoki u tayinlagan vakillik organining roziligi bo’lsa, faoliyat yuritayotgan korxona tarkibidan bir yoki bir nechta tarkibiy bo’linmalarni, ushbu bo’linmalarning mehnat jamoalari tashabbusiga ko’ra, ajratib chiqarish natijasida ham tashkil etilishi mumkin.
Korxona joriy va hisob-kitob raqamlari ochish va ular to’g’risidagi holatlarni tasdiqlash huquqiga ega bo’lgan, mustaqil huquqiy shaxs maqomidagi sho’ba korxonalari, filiallar, vakolatxonalar, bo’lim va bo’linmalarni tashkil qilishi mumkin. Korxona qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan tartibda maxsus davlat organlarida ro’yxatga olingan kundan boshlab tashkil qilingan hisoblanadi va huquqiy shaxs maqomiga ega bo’ladi.
Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va ishlab chiqarish kuchlarining o’sishi faoliyat yuritayotgan korxonalardan tashqari, yangi korxonalarni tashkil qilish va ishga tushirishga asoslanadi. Bunday qadam iqtisodiy jihatdan maqbullikka, resurslar imkoniyati va korxona mahsulotlariga bo’lgan talabga asoslanadi. Biron-bir mahsulotning taqchilligi yoki umuman yo’q bo’lishi ham, yangi korxona faoliyatini tashkil qilishga sabab bo’lishi mumkin.
Yangi korxonani tashkil qilish quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi:
- korxonani tashkil qilish fikrining paydo bo’lishi;
- korxona muassislarini tanlash;
- taklif qilinayotgan mahsulotga bozor talabini o’rganish;
- korxona Nizom jamg’armasini tuzish uchun moliya manbalarni aniqlash va shakllantirish;
- korxona ta’sis hujjatlari va biznes-rejasini tayyorlash;
- davlat ro’yxatidan o’tkazish;
- muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarni tayyorlash;
- soliq idoralarida ro’yxatdan o’tish.
Korxonani tashkil qilishdan tashqari, uning moliyaviy barqarorligi va samarali faoliyatini ta’minlash, bozor munosabatlari va raqobatchilik sharoitlarida juda muhimdir. Amaliyotdan olingan xulosalarga ko’ra, bu qoidalarga rioya qilmaslik natijasida korxonani tashkil qilishga ketgan barcha sa’y-harakatlar o’zini oqlamaydi hamda ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishining mikro va makroiqtisodiy ko’rsatkichlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ya’ni moliyaviy jihatdan barqaror bo’lmagan korxonalar endi tashkil qilingan yoki faoliyat yuritayotganligidan qat’i nazar, bankrotlik holatiga tushib qolishi mumkin.
Yangi tashkil etilgan korxona faoliyatidan quyidagi maqsadlar ko’zlanadi:
- iste’molchilar talab qilayotgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni ko’paytirish va uni sotishdan foyda olish;
- ishlab chiqarishda band bo’lmagan aholini jalb qilish va shu orqali ish bilan ta’minlashdagi ijtimoiy muammolarni hal qilish;
- ishlab chiqarishga mavjud qushimcha resurslarni jalb qilish;
- fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi sanoat mahsulot-larini ishlab chiqarish;
- yakka tarzda yoki hamkorlikda faoliyat yuritish uchun kichik korxona (o’rtoqchilik kabi) tashkil qiluvchi alohida fuqarolar yoki shaxslar guruhi a’zolarining shahsiy ehtiyojlarini qondirish;
- ishlab chiqarishni mustahkamlash va rivojlantirish orqali bozor faoliyatini kengaytirish.

Download 27,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish