Yangi kam operatsiyali texnologiyalar yaratish tikuvchilik buyumlariga ishlov berishni takomillashtirishdagi istiqbolli yo`nalish hisoblanadi


Loyihalanayotgan ob'ekt sifat ko’rsatkichlarini ranjirlash



Download 5,44 Mb.
bet8/13
Sana18.02.2023
Hajmi5,44 Mb.
#912630
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
portal.guldu.uz-Тикув буюмларни констурсияси (1)

Loyihalanayotgan ob'ekt sifat ko’rsatkichlarini ranjirlash
7-jadval

Sifat ko’rsatkichi nomi

Rang

I daraja

II daraja




Iste'molchi, shu jumladan:

Gigiyenik




Ergonomik




Ekspluatatsion




Funktsional




Estetik




Texnik-iqtisodiy



Unifikatsiyalash




Texnologik jixatdan qulaylik




Iqtisodiy




Buyumga bo’lgan talablarni konkretlashtirish kiyimni badiiy jihatdan loyihalash jarayonlarining negizi hisoblanadi. Ijodiy izlanish jarayonida ular shakl hosil qilishga ta'sir etish taqsimotiga asos bo’ladi.


1.3. Eskiz loyihani ishlab chiqish
Ushbu bo’limda tushuntirish bayonotini yozish va eskiz qismni tayyorlash ko’zda tutiladi.
Loyihaning eskiz qismini berilgan assortiment bo’yicha tavsiya qilingan modellarning A-4 formatdagi 3-5 dona eskizi va asosiy modelning A-4 formatdagi nusxasi tashkil qiladi (eskiz listi sxemasi ilovada keltirilgan).
Loyihaning eskiz qismida taklif-modellar eskizlari vazifasiga ko’ra to’liq butun kostyum sifatida, ya'ni bosh kiyim (agar zarur bo’lsa), ust kiyim, poyafzal, aksessuarlar bilan to’liq ko’rsatiladi. Modellar loyiha xujjatlaridan avvalgi bo’lim (talablar va moda)ga mos ravishda taklif qilinadi.
So’ng loyiha rahbari bilan kelishilgan holda asosiy model (ATM) tanlanadi va eskiz loyiha tayyorlanadi (Ilovaga qaralsin). Asosiy model eskizi material fakturasi ifodalangan rangli ko’rinishda (old va ort ko’rinishi), ham grafikada texnik rasmda (old, ort ko’rinishida) keltiriladi. Eskiz chizmasida ergonomik sxemalar, konstruktiv chiziqlari va gabarit o’lchamlari berilgan asosiy andozalarning eskizlari, shuningdek, ATM asosiy andozalari spetsifikatsiyasi keltiriladi. Ergonomik sxemalarda ko’rsatilgan harakatni bajarishda kiyimda eng ko’p uchraydigan taranglik joylari ko’rsatiladi.
Eskizlar rahbar bilan kelishilgan holda har qanday tasviriy texnikadan foydalangan holda bajariladi. Eskizlarga quyidagi talablar qo’yiladi:

  • eskizlarni grafik jihatdan yuqori darajada bajarish;

  • eskizni va uning alohida bo’laklarini, elementlarini yagona uslubda berish;

  • shakllarning yaqqolligi, ifodaliligi;

  • ranglarning uyg’unligi;

  • buyumning dekorativ-naqsh yechimi uning vazifasiga bog’liq bo’lishi kerak.

Loyihaning tushuntirish xatida tavsiya qilingan taklif modellarning batafsil tavsifi beriladi. Unda modellarning zamonaviy badiiy uslub va moda yo’nalishiga mosligi, ular echimining o’ziga xos xususiyatlari va yangiligi, tuzilgan talablarga mosligi ifodalanadi.
Modellar tavsifida quyidagi badiiy ifodalilik bo’yicha keltiriladi:
- shakli va silueti;
- mutanosibliklari;
- shakllantirish printsiplari;
- bezatuvchi vositalar turi va joylanishi;
- rangli echimi;
- materiallar tarkibi, fakturasi va naqshi.
So’ngra barcha taklif modellar (TM)ning tashqi ko’rinishining tavsifi beriladi va asosiy taklif model tanlovi asoslanadi. TM tashqi ko’rinishi tavsifi umumiy (ya'ni, barcha modellar uchun parallel) yoki har bir modelga alohida berilishi mumkin.
Tashqi ko’rinishining tavsifini tuzganda model asosiy detallarining konstruktsiyasiga ahamiyat qaratiladi (old va ort bo’laklar, eng, yoqasi, adip, astar, qotirma va issiq saqlovchi qavatlar, bezaklar va h.k.). Ushbu ifodalar quyidagi ketma-ketlikda tuziladi:
-kiyimning nomi, vazifasi, materiali va h.k. Misol uchun: O’rta yoshli erkaklarga mo’ljallangan kostyum. Materiali – yarim junli, lavsanli, mayda katakli yoki yo’lli.
-Shakli (silueti, bichimi, taqilmasi). Masalan: yopishib turadigan siluetli uzun pidjak, bir bortli ikkita tugma va izmali chap tomonli taqilma, bort qaytarmasi (latskani) keng, ovalsimon;
-Old bo’lak konstruktsiyasining tavsifi. Masalan: Old bo’lak qirqma yon bo’lakli, old vitachkalar (har tomonda bittadan) bo’lib, vitachkalar yon cho’ntaklar qirqimiga o’tadi. qopqoqli va ikkita mag’izli yon cho’ntaklar gorizontal (yoki qiya) joylashgan qirqimlarda ishlangan. Chap old bo’lakda listochkali yuqori cho’ntaklar ishlangan;
- Ort bo’lak konstruktsiyasining tavsifi. Masalan: ort bo’lak shlitsa bilan tugallangan o’rta chokli, ikki bo’lakdan iborat.
- Yenglar konstruktsiyasining tavsifi. Masalan: yenglar o’tqazma ikki chokli (old va tirsak chokli). Tirsak choklari yeng uchidagi ochiq ikki tugmali shlitsa bilan tugallangan.
- Yoqa konstruktsiyasining tavsifi. Masalan: yoqa pidjakka mansub tipdagi, o’tmas burchakli.
- Astar tavsifi. Masalan: pidjak astari – etakkacha. Astarda mag’izi asosiy gazlamadan bo’lgan ikkita ichki cho’ntak ishlangan.
- Bort, latskan va etak bezaklarining turi. Masalan: bort, latskan, yoqa, cho’ntaklar qopqog’i, shlitsa va etagi bezak chok bilan tikilgan.
- Tavsiya qilingan razmer va bo’ylar. Masalan: kostyumni o’rta to’lalik guruhidagi 96-104 razmerlar va 164-188 bo’ylarga mo’ljallab tayyorlash tavsiya etiladi.
Belli buyumlarni esa (shim, yubka) silueti, bo’ylama va ko’ndalang choklar va vitachkalar, taqilmalar turi, belbog’ va cho’ntaklar xili, yubkada taxlamalar, shimda manjetlar va h.k. mavjudligi tavsiflanadi.

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish