4988. Enough of it – Bu borada yetarli bo`ldi;
4989. Don`t go into details – Detallarga chuqurlashish shart emas;
4990. On me – Men mehmon qilaman;
4991. In a word – Bitta so`z bilan;
4992. In short – Qisqasi;
4993. On and on – Tinimsiz;
4994. I don`t care – Menga farqi yo`q;
4995. Frankly speaking – Ochiqchasiga aytadigan bo`lsam;
4996. Take your time – Shoshilmang;
4997. What`s more – Bundan tashqari;
4998. Take it easy – Asabiylashmang;
317
4999. Leave it on me – Buni menga qo`yib bering;
5000. The End – Tamom!
To`g`ri va noto`g`ri fe`llar
Ingliz tilidagi fe`llar ikkiga bo`linadi: to`g`ri fe`llar hamda noto`g`ri fe`llar.
Bunday ikkilik hosil bo`lishiga o`ziga yarasha sabablar mavjud. Qadimda
Angliyada qirollar va saroy ayonlari fransuz tilida gaplashishgan, cherkov lotin tilida
suhbatlashgan. Ingliz tilida bo`lsa asosan qaroqchilar, ko`cha bezorilari, kambag`al
aholi suhbatlashgan, shu bois, ko`plab fe`llar buzib aytilgan, mana shuning natijasida
fe`llar to`g`ri hamda noto`g`ri turga bo`linib ketgan.
Ularning o`rtasida uncha katta farq yo`q. To`g`ri fe`llarga O`tgan zamonda
hamda uchinchi ishlatilish holatida +ed qo`shimchasi qo`shiladi, xolos. Misol, play –
played, count – counted va h.k.
Noto`g`ri fe`llarni bo`lsa o`tgan zamonda, ya`ni V2 hamda V3 holatida shakli
butunlay o`zgartirib yuboriladi.
V2 – bu Past Simplening xabar gapidagina qo`llaniladi, xolos. Shu bois, ularni
yodlab olish zarar qilmaydi. Qayerda V2 formulasini ko`rsangiz, demak u Past
Simplening xabar gapi bo`lib chiqadi.
V3 – Perfect zamonlarda, Passive zamonlarda hamda sifatdoshda ishlatiladi.
Qayerdaki, V3 formulasini ko`rsangiz, demak bular yuqorida sanab o`tilganlardan
biridir!
Noto`g`ri fe`llarni yodlash Ingliz tilining yana bir qiyinchiliklaridan biridir, shu
bois unga yaxshigina e`tibor qilish lozim. Uni turli xil uslublarda yodlab ko`rishga
urinishgan, biroq barchasi muvaffaqiyatsiz yakuniga yetgan. Biz noto`g`ri fe`llarni
yodlash bo`yicha maxsus texnika yaratganmiz. Ushbu texnika yordamida siz osonlik
bilan barcha noto`g`ri fe`llarni yodlab olishingiz mumkin. Noto`g`ri fe`llarni biz
shunchaki guruhlarga bo`lib chiqdik, o`xshashliklar 100% o`zini oqladi. Demak, V1 –
bu Present Simplening xabar gapida ishlatiladi. V2 – Past Simple xabar gapida
qo`llaniladi. V3 bo`lsa Perfect, Passive hamda sifatdoshda qo`llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |