2168. Coeducation (koedukeyshn) – aralash ta’lim (o’g’il va qiz bolalar): Yurtimizdagi ta’lim
tizimi shu turga mansub;
2169. Cogitate (kojiteyt) – o’ylamoq, fikr yuritmoq: (colgate) Tish pastasi olmoqchisiz; colgate
boshqalariga qaraganda qimmatroq ammo sifatli. Yaxshilab o’ylab, fikr yuriting: arzoni kerakmi yoki
sifatlisimi?...;
2170. Cohesion (kohijn) – bog’lanish, birikish: (kohin) Ibodatxona kohini “ruhlar bilan
bog’lanib, muloqot qila olaman” deb hammani aldamoqda;
2171. Coil (koyl) – g’altak, xalqa: (qoyil) Sirk tomoshasini bolalar zavq bilan tomosha qilmoqda.
Ayniqsa olovli xalqadan sakrab o’tgan yo’lbarsni ko’rib, hamma “qoyil” deb qarsak chalib yubordi;
2172. Collide (kolid) – to’qnashmoq, olishmoq, urushmoq: (kollej) Yaqinda bir kollej hududida
bo’lgan bir necha o’smirning o’zaro olishuvi salbiy oqibatlarga olib keldi;
2173. Collier (koliye) – ko’mir qazuvchi: (kol’ye-tilla zanjir) Bir kuni ko’mir qazuvchi kondan
kol’ye topib oldi va rafiqasiga sovg’a qildi;
Do'stlaringiz bilan baham: |