20% holatlarda ot va fe`l boshqa-boshqa so`zlar bo`lib chiqadi. Misol
uchun: buy – xarid qilmoq, purchase – xarid, play – o`ynamoq, game – o`yin.
Ruhingiz ancha ko`tarildimi? Bu boshlanishi. Keyingisidan keyin ancha
xotirjam tortib, tillarga yaxshi munosabatda bo`lishni boshlaysiz, azizlar.
Ingliz tilida bilsangiz, bitta so`zda o`rtacha to`rtta ma`no bo`ladi, to`g`rimi?
Ko`pchilik bundan siqiladi, ushbu tilni haqoratlaydi, qarg`aydi. Ammo shoshilmang,
axir bu ajoyib imkoniyat-ku!!! Yaxshilab o`ylab ko`ring, mehnatingiz to`rt barobar
yengillashyapti. To`rtta so`z yodlamaysizda, bittasini yod olib qutulasiz. Xo`sh,
qalay? Yoqdimi? Inson biroz o`ylab ko`rsa, zahar deb turgan narsasi ham aslida asal
ekanini tushunib yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |