Elementar so`zlar
Olmoshlar:
1. I (ay) – men: (ayiq) Tasavvur qiling, ayiq barchani oldiga chiqib olib: “Men, men, men” deb
baqiryapti;
2. You (yu) – sen, siz: (yurak) Tasavvur qiling, yuragingiz: “Sizni sevaman” deb olamdan ko`z
yummoqda, bechora!!!
3. We (ui) – biz: (Uilyam Shekspir) Uilyam Shekspirni tasavvur qilamiz, u hammaning oldiga chiqib:
“O`lmoq yo tirik qolmoq, bizning masalamiz” deb o`kiryapti;
4. He (hi) – u: (Hid) Tasavvur qiling, qandaydir yomon hid chiqyapti, siz do`stlaringiz ichidasiz, bir-
biringizga qarayapsizda, oldingizda turgan botanikni ko`rsatib: “U qildi” deyapsiz;
5. She (shi) – u: (Shim) Tasavvur qiling, bir qiz shim kiyib ketmoqda va u haqida g`iybat qilib
ketmoqdasiz;
6. It (it) – u: (It) Yosh bola sizdan “u nima?” deb itni ko`rsatib so`rayapti. Siz “u it” deb
tushuntiryapsiz;
7. They (dey) – ular: (doya) Bir to`da doyalar turibdi, siz ko`rsatkich barmog`ingiz bilan ularni
ko`rsatib: “Ular doyalar” deyapsiz;
Do'stlaringiz bilan baham: |