Yangi davrda fuqarolik jamiyati nazariyasi va amaliyoti. 2-savol. Yangi o’zbekistonda fuqarolik jamiyati nazariyasining manaviy-ma’rifiy asoslari tayanch tushunchalar


“Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasini tashqi l etish to‘g‘risida”



Download 48,84 Kb.
bet7/8
Sana05.04.2023
Hajmi48,84 Kb.
#925171
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-мавзу

“Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasini tashqi l etish to‘g‘risida”gi, ikkinchisi - 2021-yil 26- martdagi  PQ-5040 sonli “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari.
PQ-5039-sonli “Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasini tashqi l etish to‘g‘risida”gi qarorda, mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi va ta’sirchanligini oshirish, ko‘p millatli xalqimiz o‘rtasida hamjihatlik va hamkorlikni yanada mustahkamlash, milliy qadriyat, an’ana va urf-odatlarni keng targ‘ib qilish, badiiy ijod va kitobxonlik madaniyatini faol qo‘llab-quvvatlash kabi muhim tadbirlarni amalga oshirishko‘zda tutilgan.
Qarorda ko‘zda tutilgan Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasi jamg‘arma fuqarolik jamiyati instituti sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Jamg‘armaning asosiy vazifasi qilib quyidagilar belgilandi:
"Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi" asosida maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim bosqichlari uchun metodik qo‘llanma, uslubiy tavsiyalar, ma’naviy-axloqiy tarbiya nazariyasi va metodikasini boyitishga qaratilgan ilmiy-amaliy adabiyotlar yaratish, ularni nashr etish va joylarga yetkazish;
milliy merosimiz, buyuk ajdodlarimizning jahon tamadduniga qo‘shgan ulkan hissalarini dunyo miqyosida keng targ‘ib qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
sohaga "Raqamli targ‘ibot" tizimini joriy qilish maqsadida IT-parklar, innovatsion markazlar va frilanserlar bilan hamkorlikda mobil ilovalar, kompyuter o‘yinlari, animatsion mahsulotlar yaratish;
joylarda ma’naviy-ma’rifiy muhitni o‘rganish, hududiy ma’naviyat va ma’rifat kengashlari faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish, targ‘ibot-tashviqot ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida tashqi l etilgan ekspertlar guruhlarini qo‘llab-quvvatlash;
ma’naviy-ma’rifiy sohani, adabiyot va kitobxonlikni har tomonlama rivojlantirish, bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash;
mamlakatimiz va xalqaro miqyosda ilmiy-ma’rifiy tadbirlar, adabiy anjumanlar, festivallar, tanlovlar, xalq sayillari, adabiy-musiqiy kechalar o‘tkazish;
ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy kitob va plakatlar nashr etish, zamonaviy targ‘ibot vositalari va media mahsulotlar yaratish;
Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari direktorlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari va ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari tashqi l etish;
mahalliy hokimliklar bilan birgalikda olimlar va mutaxassislarni jalb etgan holda sohada faoliyat ko‘rsatayotgan targ‘ibotchilar malakasini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar tashqi l qilish;
ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirishga qaratilgan yangi loyihalar, kitob, risola va maqolalar, tadbirlar ssenariylarini yaratish bo‘yicha ijtimoiy buyurtmalarni shakllantirish hamda bu ishlarga jalb etilgan olim va mutaxassislarni moddiy rag‘batlantirish;
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tavsiya etiladigan adiblarning ijod namunalarini, jumladan, yosh mualliflarning birinchi kitoblarini nashr etish;
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolarining ijodiy kechalarini o‘tkazish, adabiyotimiz rivojiga munosib hissa qo‘shgan uyushma a’zolariga moddiy yordam ko‘rsatish;
xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniyati, asriy an’ana va qadriyatlari tarannum etilgan, milliy ma’naviyatimizning mazmun-mohiyati teran badiiy ifodasini topgan mumtoz va zamonaviy adabiyotimizning munosib namunalarini xorijiy tillarga tarjima qilish hamda jahon axborot tarmog‘ida keng targ‘ib etish;
milliy adabiyotni rivojlantirish, adabiy jamoatchilik tomonidan e’tirof etilgan hamda mamlakat ijtimoiy hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan badiiy asarlar mualliflarini moddiy jihatdan rag‘batlantirish;
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda uning taniqli a’zolari ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan veb-saytlarni yaratish va ularni yangilab borish kabilar shular jumlasidandir.7
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.03.2021-yil 26-martda qabul qilgan PQ-5040-sonli “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ham O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishining ma’naviy-ma’rifiy asoslarini yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Qarorda, ma’naviy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan muhim ishlarga qaramasdan, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalardagi yangilanishlar jarayonida ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan bir qator tizimli muammolar saqlanib qolayotganligi ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni tashqi l etishda yaxlit tizim mavjud emasligi, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarni ma’naviy tahdidlardan himoya qilish borasida yetarli darajada tashqi liy-amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmayapti, ushbu yo‘nalishda davlat tashqi lotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda xususiy sektorning ijtimoiy hamkorligi samarali yo‘lga qo‘yilmaganligi ko‘rsatib o‘tilib, mavjud muammolarni hal etish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samarasi va ta’sirchanligini oshirish, ko‘lami va miqyosini yanada kengaytirish, mamlakat aholisi, avvalo, yoshlar qalbida amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, sohadagi ishlarni muvofiqlashtirishning yagona tizimini yaratishdek muhim vazifalar belgilab berildi.
Qarorda, quyidagilar ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi.

  1. Ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" g‘oyasini keng targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish.

  2. Oila, ta’lim tashqi lotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash.

  3. Targ‘ibot-tashviqot va tarbiya yo‘nalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashqi l etish, soha bo‘yicha ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini joriy qilish.

  4. El-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, korrupsiya, oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga mas’uliyatsizlik kabi illatlarga barham berishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

  5. Aholining Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish madaniyatini oshirish, g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish.

  6. Madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va san’atning barcha turlari, noshirlik-matbaa mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarida ma’naviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish.

  7. Geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish, terrorizm, ekstremizm, aqidaparastlik, odam savdosi, narkobiznes va boshqa xatarli tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish hamda bu borada xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.

Qarorda, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining qo‘shimcha vazifalari etib belgilandi:
a) davlat organlari va nodavlat tashqi lotlar bilan hamkorlik yo‘nalishida:
mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha davlat organlari, nodavlat tashqi lotlar va ishchi (ekspert) guruhlarining bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo‘lgan zararli g‘oyalar va ma’naviy tahdidlarning mohiyatini va aholining turli qatlamlariga ta’sirini o‘rganib borish;
yoshlarimiz ongiga salbiy ta’sir etuvchi, ularni g‘oyaviy jihatdan qaram etishga yo‘naltirilgan harakatlarga qarshi samarali kurash olib borish hamda irodali, fidoyi, vatanparvar va o‘z mustaqil fikriga ega avlodni tarbiyalash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish;
davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha davlat va jamoat tashqi lotlari uchun tegishli tavsiya va takliflar tayyorlash;
b) ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida:
ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishning samarali va ta’sirchan targ‘ibot texnologiyalari hamda usullarini ishlab chiqish;
ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni tashqi l etishga doir xorijiy tajribani o‘rganish, shuningdek, bugungi mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash;
maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimi, mahalla va boshqa tuzilmalar kesimida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning monitoringini olib borish, aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha ilmiy asoslangan tarbiya texnologiyalari, taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
ma’naviy tarbiya va ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni tashqi l etish, ularning natijalarini amaliyotga tatbiq qilinishini muvofiqlashtirish;
v) targ‘ibot-tashviqot yo‘nalishida:
ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan milliy g‘oya targ‘iboti, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
sohalar va hududlarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, aniq maqsadga yo‘naltirilgan targ‘ibot-tashviqot dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
aholi, ayniqsa, yoshlarni islom dini va falsafasiga, boshqa diniy konfessiyalarga nisbatan hurmat-ehtirom va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish.
Markazning ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijtimoiy mavzulardagi dolzarb maqolalar, jamoatchilik vakillarining ilg‘or fikrlari, shuningdek, mafkuraviy jarayonlar tahlili, sohaga oid yangiliklarni to‘plash, tayyorlash va tarqatish maqsadida "oyina.uz" elektron portalini tashqi l etilishi – fuqarolik jamiyati tamoyillarining amal qilishida muhim ahamiyat kasb etadi.


1

Download 48,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish