Yangi avlod elektr stansiyalari



Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi1,68 Mb.
#229483
  1   2
Bog'liq
Yangi avlod elektr stansiyalari



Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘z 


Ўз  Руc  En

Qidirish




Yangi avlod elektr stansiyalari

 Energetika

17 Mart 2021

681



Matn: Ирода Тошматова

O'zbekiston 2030 yilga qadar elektr energiya ishlab chiqarilishida qayta tiklanuvchi energiya manbalari

ulushini hozirgi 10 foizdan 25 foizga yetkazishni maqsad qilgan.

Elektr energiyasini an'anaviy usullar yordamida ishlab chiqarish allaqachon urfdan qolmoqda. Barcha sohalar

qatori ushbu tarmoqda ham eng zamonaviy texnologiya, innovatsiyalarni qo'llash davr talabiga aylangan. Bu,

o'z  navbatida,  atrof-muhitga  zarar  yetkazmaydigan,  inson  salomatligi  uchun  xavfsiz  bo'lgan  ekologik  toza

elektr energiyasini hosil qilish imkonini yaratadi.

Tabiiy  resurslarga  boy  bo'lgan  mamlakatimizda  keyingi  yillarda  energetika  sohasini  isloh  qilishda  yangicha

echim  va  texnologiyalarga  katta  e'tibor  qaratilayotgani  bejiz  emas.  Ayni  paytda  O'zbekistonda  ishlab

chiqarilayotgan elektr energiyasining qariyb 90 foizi ko'mir, tabiiy gaz va boshqa neft` mahsulotlarini yoqish

evaziga olinadi. Bu ortiqcha yo'qotishlar talab etish bilan birga, atrof-muhitga zarar yetkazmasdan qolmaydi.

To'g'ri, insoniyat taraqqiyotida kishilarning energetikaga bo'lgan ehtiyoji ularni tabiiy manbalar — o'tin, ko'mir,

torf va boshqa yoqilg'ilardan foydalanishga majbur qildi. Bu usul hozir ham energetika olishning eng tezkor,

aniq  va  vaqt  sinovidan  o'tgan  yechimi  sanaladi.  Hatto,  ana  shu  tabiiy  boyliklarning  qanchalik  ko'pligi

davlatlarning energetika sohasi rivojini belgilaydi.

O'tgan  asrning  2-yarmidan  boshlab  dunyoda  elektr  energiyasiga  bo'lgan  ehtiyojning  ortishi  hamda  bu

sohada  ilm-fanning  taraqqiy  etishi  uning  muqobil  usullarini  rivojlantirishga  ham  yo'l  ochdi.  Bunda  suv,

shamol,  quyosh  kabi  qayta  tiklanuvchi  energiya  manbalari  hisobiga  ekologik  toza  elektr  energiyasi  olish

ko'zda tutiladi.

Oxirgi  3-4  yilda  qulog'imizga  tez-tez  chalinayotgan  “yashil  energiya”,  “muqobil  energiya”  tushunchalarining

har ikkisi qayta tiklanuvchi energiya so'ziga ishora qiladi Ma'lumotlarga ko'ra “yashil energiya”ning asosini Yer



har ikkisi qayta tiklanuvchi energiya so'ziga ishora qiladi. Ma'lumotlarga ko'ra,  yashil energiya ning asosini Yer

yuzidagi  hayot  manbai  bo'lgan  Quyosh  tashkil  qiladi.  Shamol,  suvning  tabiatda  erkin  aylanishi  va  boshqa

iqlim  sharoiti  bilan  bog'liq  jarayonlarning  barchasi  galaktikamiz  markaziy  sayyorasi  —  Quyoshning  faolligi

hisobiga amalga oshadi. U qayta ishlangani tufayli “qayta tiklanuvchi”, ekologiyaga deyarli zarari bo'lmagani

uchun esa “yashil energiya”, deb ta'riflanadi.

O'zbekiston  2030  yilga  qadar  elektr  energiya  ishlab  chiqarilishida  qayta  tiklanuvchi  energiya  manbalari

ulushini hozirgi 10 foizdan 25 foizga etkazishni maqsad qilgan. Bu Prezidentimizning 2019 yil 22 avgustdagi

“Iqtisodiyot  tarmoqlari  va  ijtimoiy  sohaning  energiya  samaradorligini  oshirish,  energiya  tejovchi

texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari

to'g'risida”gi  qarorida  ham  o'z  ifodasini  topgan.  Bunday  natijalarga  erishish  uchun  energetika  vazirligi

tomonidan  qayta  tiklanuvchi  energetikada  yirik  loyihalarni  amalga  oshirish  bo'yicha  faol  harakatlar

boshlangan. Yangi energiya manbalarini topish, qayta tiklanuvchi quvvatlar samaradorligini oshirish hamda

ularni  energiya  tizimida  qo'llash  ko'lamini  kengaytirish  maqsadida  Jahon  banki,  Osiyo  taraqqiyot  banki

hamda  Yevropa  tiklanish  va  taraqqiyot  banki  ko'magida  to'g'ridan  to'g'ri  xoriiy  investitsiyalar  hisobiga  yirik

loyihalar amalga oshirilmoqda.

Yiliga 12 milliard kilovatt soat elektr energiyasi

ishlab chiqariladi

Ekologik toza energiya ishlab chiqarishni 2500 mVtga oshirish bo'yicha Energetika vazirligi, Investitsiyalar va

tashqi  savdo  vazirligi  hamda  Saudiya  Arabistonining  nufuzli  “ACWA  Power”  kompaniyasi  o'rtasida  2020

yilning mart oyida imzolangan hamkorlik kelishuvi ana shu sa'y-harakatlarning muhim qismi hisoblanadi.

Loyiha uch asosiy bosqichdan iborat bo'lib, umumiy investitsiyaviy qiymati 2,5 milliard AQSH dollarni tashkil

etadi. Global miqyosda energiya ishlab chiqarish va suvni sho'rsizlantirish korxonalari sohibi, jami quvvati 38,7

gVt.ga teng elektr energiyasi hosil qilish hamda dunyoning 12 mamlakatidagi 58 ta ob'ektga etkazib berish

orqali  nom  qozongan  “ACWA  Power”  kompaniyasi  mamlakatimiz  uchun  xavfsiz  va  samarador  “yashil”

energetika echimlarini taklif etmoqda.

Sirdaryo  viloyatida  qurilishi  boshlangan  quvvati  1500  mVt.ga  teng  issiqlik  elektr  stansiyasi  bu  boradagi

loyihalarning  tarkibiy  qismi  hisoblanadi.  Umumiy  qiymati  1,2  milliard  AQSH  dollari  bo'lgan  mazkur

stansiyaning foydali ish koeffietsenti qariyb 60 foizni tashkil etadi. Bu hozirda faoliyat ko'rsatayotgan boshqa

turdosh  stansiyalar  bilan  taqqoslaganda,  ishlab  chiqarish  uchun  iste'mol  qilinayotgan  tabiiy  gaz  miqdorini

deyarli ikki barobar iqtisod qilish imkonini beradi.

Mutaxassislarning  ta'kidlashicha,  kombinatsiyalangan  siklli  stansiya  Yaponiyaning  eng  so'nggi  gaz  turbinasi

texnologiyasi  asosida  quriladi.    U  ish  turkumidagi  2  ta  gaz  va  bitta  bug'  trubinasi,  2  ta  utilizator  bug'

generatoriga ega bo'lib, dunyodagi eng samarali elektrostantsiyalardan biri bo'lishi kutilmoqda.

Stansiya  konstruktsiyasi,  uning  ish  faoliyatini  real  vaqt  rejimida  kuzatish  imkonini  beruvchi  tizim  jahondagi

eng  nufuzli  soha  mutaxassislari  tomonidan  mukammal  darajada  tayyorlangan.  Bundan  tashqari,  eng

zamonaviy yechimlar ekspluatatsiya qilish va nazorat vositalaridan foydalanishni ham  ko'zda tutadi.

Stansiya  yiliga  12  milliard  kilovatt  soat  elektr  energiyasi  ishlab  chiqarish  quvvatiga  ega.  Hozirgi  kunda

O'zbekistonda elektr energiyasi iste'moli yiliga o'rtacha 68-70 milliard kilovatt soatni tashkil etsa, Sirdaryodagi

IES ishga tushgach, qurilma iste'molchilarning elektr energiyasiga bo'lgan ehtiyojining 15 foizini qondirishga

hissa qo'shadi.

Toshkent  shahrida  bo'lib  o'tgan  Sirdaryo  IES  qurilishining  rasmiy  ochilishi  marosimida  yurtimiz  mutasaddi

idoralari  rahbar-mutaxassislari,  Saudiya  Arabistoni  va  “ACWA  Power”  kompaniyasi  vakillari  ishtirok  etdi.

Mehmonlar tantanali tadbirda nutq so'zlab, yangi elektr stansiyasining imkoniyatlari haqida ma'lumot berildi.

—  O'zbekistonda  energetika  tarmog'ini  isloh  qilishga  qaratilgan  keng  ko'lamli  rejaning  bir  qismini  amalga

oshirishda ishtirok etayotganimizdan faxrlanamiz

dedi “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi




oshirishda  ishtirok  etayotganimizdan  faxrlanamiz,  —  dedi  ACWA  Power   kompaniyasi  boshqaruvi  raisi

Muhammad Abunayyan. — Bu yo'lda har ikki mamlakat vakillari bir jamoa bo'lib mehnat qilyapmiz. “ACWA

Power”  kompaniyasining  arzon  narxlarda  elektr  energiyasi  etkazib  berish  borasidagi  tajribasiga  bildirilgan

ishonch  uchun  O'zbekiston  Respublikasi  hukumati,  energetika  vazirligi,  Investitsiyalar  va  tashqi  savdo

vazirligiga minnatdorlik bildiraman. Biz amalga oshirayotgan uchta yirik loyiha mamlakatdagi faoliyatimizni

kengaytirish imkonini bermoqda.

Mazkur  elektr  stansiyasining  qurilishi  davrida  mingdan  ortiq  fuqarolar  bandligi  ta'minlanadi.  Mahalliy  aholi

orasidan  xizmatchilar  ishchi  guruhlari  tarkibiga  olinib,  pudratchilar,  logistika  kompaniyalari  va  muhandislik

bo'yicha  maslahatchilar  bilan  shartnomalar  tuzilishi  rejalashtirilgan.  Muhimi,  yirik  investitsiyaviy  loyiha

O'zbekistonning  energetika  quvvatini  talab  darajasida  oshirishga  katta  imkoniyat  beradi.      Boisi,  2030  yilga

borib mamlakatimizda elektr energiyasi iste'moli 110 milliard kVt soatga etishi kutilmoqda.

Bekkerel ixtirosidan to bugunga qadar...

Hozirda  O'zbekistonning  issiqlik  elektr  stantsiyalari  respublikada  ishlab  chiqarilayotgan  elektr  quvvatining

qariyb  86  foizini  tashkil  qiladi.  Ayni  vaqtda  yurtimizda  14  ming  megavatt  quvvatga  ega  elektr  stansiyalari

mavjud.  Aholining  elektr  energiyasiga  bo'lgan  ehtiyoji  o'sishi  natijasida  bu  talab  2030  yilga  borib  20  ming

megavattga yetishi kutilmoqda. Ushbu stantsiyalar yiliga 17 milliard kub metr tabiiy gaz sarflaydi. Vaholanki,

bunday katta miqdordagi gazni qo'shimcha qiymat yaratish (sintetik yoqilg'i, polipropilen olish) jarayonlariga

yo'naltirish  mumkin.  Shu  bois,  mutaxassislar  oldidagi  asosiy  vazifa  elektr  energiyasi  ishlab  chiqarish

quvvatlarini oshirishdangina iborat bo'lmay, balki atrof-muhit uchun zararsiz bo'lgan “yashil energiya” ishlab

chiqarish ko'lamini kengaytirishga ham alohida e'tibor qaratilyapti.

Mamlakatimizda  bu  borada  10  yilga  mo'ljallangan  aniq  loyihalar  bor.  Shu  vaqt  oralig'ida  umumiy  quvvati  5

ming  megavatga  teng  quyosh  elektr  stantsiyalari  hamda  umumiy  quvvati  3  ming  megavatni  tashkil

yetadigan shamol elektr stantsiyalarini qurish rejalashtirilgan. 

Energetika vazirligi 2020 yilning 1 fevralida SHerobod tumanida Osiyo taraqqiyot banki ko'magida fotoelektrik

elektr  stantsiyasi  qad  rostlashi  bo'yicha  dastlabki  loyihaga  boshlanganini  ma'lum  qilgan  edi.  Loyiha  ushbu

bank hamkorligida ishlab chiqilgan 1 gVt quyosh energiyasi hosil qilish dasturining bir qismi bo'lib, unga ko'ra,

kamida  200  MVt  o'zgaruvchan  tok  quvvatiga  ega  quyosh  elektr  stansiyasi,  shu  jumladan,  yangi  220  kVt

kuchlanishli podstantsiya va “Surxon – 500 kVt” podstantsiyasiga ulanish uchun jami uzunligi 52 kilometrlik

elektr uzatish tarmog'i tortiladi.

Mamlakatimiz qayta tiklanadigan energiya manbalari loyihalarida qatnashish bo'yicha yaxshi shartlarni taklif

qilgan yirik kompaniyalar bilan bevosita muzokaralarni faol davom ettirmoqda. Masalan, Fransiyaning “Tota

Eren”  kompaniyasi  tomonidan  Samarqand  viloyatining  Nurobod  tumanida  fotoelektrik  stantsiya  tiklanadi.

Jami  quvvati  100  mVt.li  bu  inshootni  barpo  etish  va  undan  foydalanish  to'g'risidagi  bitim  o'tgan  yili  kuzda

imzolangan edi.

Manbalarda keltirilishicha, quyosh batareyalari, ya'ni yorug'likni elektrga aylantirish ta'sirini o'rganish dastlab

frantsuz  fizigi  Aleksandr  Bekkerel  tomonidan  1842  yilda  kashf  etilgan.  Keyinroq  amerikalik  ixtirochi  CHarlz

Fritts  nurni  elektrga  aylantirish  uchun  selen  kimyoviy  elementidan  foylanishni  taklif  etdi.  Quyosh

batareyalarining birinchi prototipi esa italiyalik olim Jakomo CHamichyan tomonidan yaratildi. Shundan so'ng

“Bell  Laboratories”  tomonidan  elektr  tokini  ishlab  chiqarishga  mo'ljallangan  dastlabki  quyosh  batareyalarini

ixtiro  qilish  uchun  oradan  qariyb  bir  asr  vaqt  o'tishiga  to'g'ri  keldi.  Bu  borada  ilk  yutuqlar  keyingi  ulkan

muvaffaqiyatlarga yo'l ochdi. Bugungi kunga kelib, dunyoning ko'plab davlatlarida elektr toki olishda quyosh

batareyalari, shamol elektr stantsiyalaridan keng foydalaniladi.

Albatta,  “yashil  energiya”  ishlab  chiqarish  arzon  jarayon  emas.  Qayta  tiklanuvchi  energiya  manbalari

qurilmalarini  xarid  qilish  va  o'rnatish  uchun  katta  mablag'  talab  etiladi.  Biroq,  bunday  qurilmalardan  ishlab

chiqariladigan  energiya  narxi  yildan  yilga  pasayib  borishi  natijasida,  ular  keyinchalik  iqtisodiy  jihatdan  o'zini

oqlaydi.



An'anaviy usullar tarixda qoladi

Ekologik toza energiya olishda shamol elektr stansiyalarining ham ahamiyati katta. Ayniqsa, so'nggi yillarda

bu  energiya  jahonda  jadal  rivojlanayotgan  tarmoqlardan  biriga  aylandi.  Shamol  dvigateli,  elektr  toki

generatori,  ularning  ishini  boshqaruvchi  avtomatik  qurilma  hamda  ular  o'rnatiladigan  inshootlardan  iborat

elektr  stansiyalar  shamol  oqimining  kinetik  quvvatini  elektr  energiyaga  aylantirib  beradi.  Udan  ko'pincha

shamol  oqimining  o'rtacha  yillik  tezligi  yuqori  bo'lgan  va  markazlashtirilgan  elektr  ta'minot  tarmoqlaridan

uzoqda joylashgan hududlarda foydalaniladi. Bunday stansiyalar orqali 8 kilovatdan 1,2 megavatgacha bo'lgan

quvvatdagi elektr energiyasi hosil qilish mumkin.

Yurtimizda  shamol  elektr  stantsiyalarini  qurish  bo'yicha  xorijiy  kompaniyalar  bilan  hamkorlikda  yirik

investitsiyaviy  loyihalar  amalga  oshirilmoqda.  Ulardan  biri  Navoiy  viloyatining  Tomdi  tumanida  Birlashgan

Arab  Amirliklarining  “Masdar”  kompaniyasi  ishtirokida  umumiy  quvvati  500  megavatga  teng  shamol  elektr

stantsiyasi qurish loyihasidir. Bu stantsiyani 2023 yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

“Masdar”  Abu-Dabidagi  “Mubadala  Investment  Company”  investitsiyaviy  xoldingining  sho''ba  korxonasi

hamda  qayta  tiklanuvchi  energiya  manbalarini  rivojlantirish  bo'yicha  dunyodagi  yetakchi  kompaniyalardan

biri sanaladi. Uning amalga oshirilgan investitsiyaviy loyihalari portfeli qayta tiklanuvchi manbalardan elektr

energiya  ishlab  chiqarish  bo'yicha  o'rnatilgan  4  ming  mVt  quvvatni  o'z  ichiga  oladi.  Kompaniya  ishtirokida,

shuningdek,  Zarafshon  shahrida  umumiy  quvvati  500  mVt  bo'lgan  shamol  elektr  stansiyasini  qurish

rejalashtirilgan.

Bu  yo'nalishda  Saudiya  Arabistonining  “ACWA  Power”  kompaniyasi  bilan  ham  hamkorlik  aloqalarimiz

kengayib  bormoqda.  Bu  kompaniya  va  O'zbekiston  Respublikasi  Energetika  vazirligi  o'rtasida  tuzilgan

kelishuv shartnomasiga asosan, ayni paytda bir qancha hududlarda yuqori quvvatli shamol elektr stantsiyalari

barpo etishga kirishilyapti.

Xorijiy  kompaniya  bilan  amalga  oshirilayotgan  loyihalar  doirasida  Buxoro  va  Navoiy  viloyatlarida  umumiy

quvvati  1000  mVt  bo'lgan  ikkita  shamol  elektr  stansiyasini  qurish  ham  ko'zda  tutilgan.  Ushbu  elektr

stansiyalarini  qurish  loyihasining  umumiy  qiymati  qariyb  1,3  milliard  AQSH  dollarini  tashkil  etadi.  Mazkur

loyihalarni  amalga  oshirish  uglevodorod  chiqindilarini  1,6  million  tonnaga  qisqartirish  imkonini  yaratishi

barobarida,    2031  yilga  borib  energiya  quvvatlarining  40  foizini  qayta  tiklanadigan  energiya  manbalariga

o'tkazish bo'yicha hukumat tomonidan qo'yilgan maqsadlarga erishishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Jarayonning  ilk  bosqichida  Energetika  vazirligi,  Davlat  geologiya  qo'mitasi  hamda  “ACWA  Power”

kompaniyasi  mutaxassislari  tomonidan  mamlakatimizning  bir  qancha  hududlarida  shamol  oqimi  darajasi

o'rganib  chiqildi.  O'tgan  yilning  avgust  oyida  boshlangan  o'rganish  ishlari  12  oy  davomida  olib  boriladi.

Tadbirlar  davomida  shamolning  tezligi,  yo'nalishi  va  davomiyligi,  shuningdek,  hududlardagi  ob-havo

sharoitlarining o'zgarishiga oid ma'luotlarni o'lchash uchun 100 metr balandlikdagi maxsus o'lchov asboblari

o'rnatiladi. Ushbu ishlarga yuqori malaka va tajribaga ega mahalliy hamda xorijlik mutaxassislar jalb qilingan.

Bundan tashqari, hududlarda topografik, geologik va gidrologik tadqiqotlarni amalga oshirish bo'yicha ham

ishlar olib borilmoqda.

Bu  loyihalarni  amalga  oshirishda  energetika  vazirligi  va  “ACWA  Power”  kompaniyasi  o'rtasida  tuzilgan

vodorod  energiyasini  rivojlantirish  bo'yicha  shartnoma  ham  muhim  o'rin  tutadi.  Asosiy  maqsad

O'zbekistonning  iqlim  o'zgarishiga  qarshi  kurashish  hamda  vodorod  va  qayta  tiklanuvchi  energetika

sohasidagi ilmiy izlanishlar orqali “issiqxona” gazi hosil bo'lishini kamaytirishga qaratilgan.

— Yurtimizda ekologik toza energiya ishlab chiqarishni ko'paytirish muayyan vaqt davomida ishlanmalar va

investitsiyalar  sohasidagi  ko'plab  maqsadlarga  erishishni  ko'zda  tutadi,  —  dedi  energetika  vaziri  Alisher

Sultonov. — Rejalarimizning samarali amalga oshirilishi O'zbekistonga katta miqdordagi investitsiyalarni jalb

qilish va mamlakatimiz energetika maqomini oshirish imkonini beradi. Vazirlik “ACWA Power” kompaniyasi va

Saudiya Arabistoni delegatsiyasiga boshlangan ishlar uchun chuqur minnatdorlik bildiradi. Biz nufuzli va bu

sohada katta tajribaga ega mazkur tuzilma bilan uzoq muddatli hamda samarali hamkorlik qilish




sohada  katta  tajribaga  ega  mazkur  tuzilma  bilan  uzoq  muddatli  hamda  samarali  hamkorlik  qilish

niyatidamiz.

Yuqoridagi loyihalar bo'yicha investitsiya kelishuvlarining imzolanishi, haqiqatan, energetika tarmog'ini isloh

qilish  va  mamlakatning  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishida  muhim  omil  bo'lib  xizmat  qiladi.  Bu,  ayniqsa,

O'zbekistonning past darajali uglevodorod chiqindili resurslardan foydalanishga o'tishida dadil qadamlardan

biriga aylanishi, shubhasiz.

Bugungi kunda yurtimiz energetika sohasi salmog'ida qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini oshirish

muhim  vazifalardan  biriga  aylanib  boryapti.  Yuqorida  qayd  etilgan  yirik  investitsion  loyihalar  “yashil

energiya”dan  foydalanish  ko'lamini  kengaytirish  yo'lida  qo'yilgan  dastlabki  qadamlar  sirasiga  kiradi.  Xorijiy

sheriklar  bilan  hamkorlikda  yaratiladigan  muqobil  energiya  manbalari  iqtisodiyot  tarmoqlari,  hududlar  va

aholini  uzluksiz  elektr  energiyasi  bilan  ta'minlab,  atrof-muhitga  chiqarilayotgan  zararli  chiqindilarni

kamaytirish imkonini beradi.

Iroda TOSHMATOVA,

“Yangi O'zbekiston” muxbiri

Nashr etmoq


Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish