Tadqiqotning metodologik asosi. Tadqiqotda distributiv va qiyosiy tahlil
metodlaridan keng foydalanildi.
Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf, Shavkat Rahmon, Erkin Vohidov,
Guljamol Asqarova kabi shoir va shoiralar, Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor,
Cho„lpon kabi yozuvchilar ijodidan namunalar olindi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Bitiruv malakaviy ishida sifatlarning konnotativ, okkazional ma‟nolari va
uslubiy xususiyatlari haqida ko„pgina yangi fikrlar bildirilgan, o„rganilgan
o„zga manbalarga mustaqil yondashuv mavjud, sifat leksemalarning uslubiy
jihatlari badiiy matn orqali tahlil qilinishi badiiy matnning lingvopoetik
xususiyatlarini o„rganishda ham ahamiyatli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |