Ilmiy tadqiqot ishi
Ilmiy rahbar: professor Begmatov A.H.
Dissertatsiya mavzusi: Maktab matematika kursida olimpiada xarakteridagi nostandart masalalarni yechish metodlari
2021-2022 o’quv yili 1-semestrida magistrlik dissertatsiya “Maktab matematika kursida olimpiada xarakteridagi nostandart masalalarni yechish metodlari”mavzusi kafedra majlisida tasdiqlanib, ilmiy rahbar sifatida professor Begmatov A.H. belgilandi.
Shundan so’ng dissertatsiya mavzusi bo’yicha qilinadigan ishlar rejalashtirildi hamda kerakli adabiyotlar ro’yxati aniqlandi. Tadqiqotni amalga oshirishda qo’llaniladigan usul va vositalar tanlab olindi.
Dissertatsiya mavzusi yuzasidan ilmiy rahbarim bilan birgalikda amaliyotga bog’liq muammolarni o’rgandim.
2022-yil aprel oyida magistrlik dissertatsiya mavzusida institutimiz professor o'qituvchilari ishtirokida dastlabki himoya jarayoni bo'lib o'tdi. Bunda bizga ustozlarimiz ko'plab maslahatlar berishdi.
Xorazm viloyati Urganch davlat universitetida 2022 yil 6-10 iyun kunlari Xalqaro Nаzаriу va Amaliy Matematika Markazi, Xalqaro matematika jamiyati va Rim raqamlari nazariyasi assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda "Panjataiar, Diofant yaqinlashish vа balandliklar" mavzusidagi xalqaro maktabi tashkil qilingan yozgi maktabda faol ishtirok qildib va sertifikat bilan taqdirlandim.
Fevral-may oylari orasida kafedramiz o'qituvchilarining darslarida qatnashdim.
Dissertasiya ishini bajarish uchun tavsiya qilingan ilmiy, o’quv-uslubiy va boshqa axborot manbalari aniqlab oldim:
H.Norijigitov, A.X.Nuraliyev. “Matematikadan olimpiada masalalari”, Toshkent-2020.
H.Norijigitov, J.A.Bahramov. “Matematik olimpiada masalalarini yechish uchun qo‘llanma”, Guliston-2014;
B.Kamolov, N.Kamolov. “Matematikadan bilimlar bellashuvi va olimpiada masalalari”, “QuvanchbekMashxura” MCHJ, Urganch-2018.
FMI jurnallari 2019-2011 yillar.
Agaxanov N.Kh., Kuptsov L.P., Nesterenko Yu.V., Reznichenko S.V., Slinko A.M. (1997) Matematicheskiye olimpiady dlya shkolnikov [Mathematical Olympiads for pupils]. Moscow: Prosveshcheniye.
N.Rahimov.(2020) Matematikadan nostandart masalalar. I qism. Samarqand: SamDChTI.
Vasilev N.B., Gutenmaher V.L., Rabbot J.P., Toom A.L. (1981) Zaochnyye matematicheskiye olimpiady [Correspondence Mathematical Olympiads]. Moscow: Nauka.
Gal'perin G.A., Tolpygo A.K. (1996) Moskovskiye matematicheskiye olimpiady [Moscow Mathematical Olympiads]. Moscow: Prosveshcheniye.
Tohirov А., Mo‘minov G‘. Matematikadan olimpiada masalalari [Olympiad problems in mathematics]. Tashkent: O‘qituvchi
Mavzu yuzasidan yuqoridagi adabiyotlardan foydalandim va hozirgacha foydalanmoqdaman.
Magistrlik ishi
Dissertatsiya mavzusi: “Maktab matematika kursida olimpiada xarakteridagi nostandart masalalarni yechish metodlari”
Ilmiy rahbar: professor Begmatov A.H.
Dissertatsiya mavzusi yuzasidan ilmiy rahbar bergan tavsiya va qoidalarga amal qilgan holda dissertatsiya mavzusi rejasi ishlab chiqildi, dissertatsiya ishining maqsadi, vazifasi, dolzarbligini aniqlab oldik. Kirish qismi yakunlandi. Hozirgi kunda ilmiy rahbarim ko’maklari asosida I bob ustida ish olib bormoqdamiz.
Ilmiy tadqiqot ishi rejasi bo’yicha talabalar, magistrantlar va yosh olimlar ilmiy anjumanlarida ishtirok etdim. O’zimga tegishli ma’lumotlarni oldim.
Fevral-may oylari orasida kafedramiz o'qituvchilarining darslarida qatnashdim.
Dars ishlanmalari tuzish bo'yicha ustozlarimizning o'quv qo'llanmalari bilan tanishib chiqdik
Do'stlaringiz bilan baham: |