Yalpi milliy
mahsulot
Yalpi milliy maxsulot
(YaMM)- millliy xoʻjaliklarda bir yil davomida vujudga keltirilgan va
bevosita isteʼmolchilarga borib tushishi mumkin boʻlgan tayyor prirovard maxsulot va
xizmatlarning bozor bahosidagi qiymatidan iborat boʻladi.
YaMM milliy
Iqtisodiyotda
yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard mahsulot (xizmatlar)
ning
bozor
baxolaridagi summasi. Joriy yilda ishlab chiqilgan barcha mahsulotlar sotilmasligi
mumkin, ularning bir qismi zaxiralarni toʻldiradi. Yaʼni YAMM xajmini xisoblab topishda
zaxiralarning xar qanday oʻsishi hisobga olinishi zarur, chunki YaMM yordamida joriy yildagi
barcha maxsulotlar (sotilgan yoki sotilmagan) hisobga olinadi.
Milliy ishlab chiqarishning yalpi xajmini toʻgri hisoblab chiqarish uchun, mazkur yilda ishlab
chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta xisobga olinishi zarur. YaMM xajmini topishda
GNI PPP Per Capita
sotilgan va qayta sotilgan maxsulotlarni koʻp marta xisobga olishlarni bartaraf qilish uchun, xalq
xoʻjaligining barcha barcha tarmoqlarida yaratilgan qoʻshilgan qiymatlar yigʻindisini olinadi.
Yalpi milliy mahsulot
(DAROMAD) — (YAMM yoki YAMD) mamlakatning maʼlum muddat
(odatda, oy, kvartal, yil) ichida umumiy iqtisodiy faoliyatini tavsiflovchi yakuniy makroiqtisodiy
koʻrsatkichlaridan biri. YAMM davlatning bozor narxlarida ifodalangan barcha birlamchi
daromadlari (ularning mamlakat hududida yoki uning tashqarisida ishlab chiqarish omillari tufayli
yuzaga kelishidan qatʼi nazar) jami yigʻindisini koʻrsatadi. YAMM milliy hisoblar tizimi asosida
hisoblanadi.
Hoz. zamon jahon iqtisodiyotida mamlakatlar oʻrtasida kapital harakatchanligi darajasi gʻoyat
yuqori. Natijada bir mamlakat kapitalining qandaydir bir qismidan chet elda foydalaniladi. Ayni
paytda esa mamlakatning baʼzi aktivlari (korxonalar, koʻchmas mulklar, qimmatli qogʻozlar)
xorijiy fuqarolar va firmalar (norezidentlar)ning egaligida boʻladi. Norezidentlar oʻz mulklaridan
olgan daromadlarining bir qismini vatanlariga oʻtkazib turishlari natijasida yalpi ichki mahsulot
miqsori bilan tegishli mamlakat ixtiyoridagi amaldagi yalpi daromad (YAMM) miqdori bir-biriga
teng kelmay qoladi. Shu bois YAMM hajmini toʻgʻri aniqlash uchun yalpi ichki mahsulotga
mamlakatga uning chet ellardagi oʻz fuqarolari mulkidan tushgan daromadlar bilan
mamlakatdan chiqib ketgan chet elliklar daromadlari oʻrtasidagi farqni qoʻshish kerak. Chet
eddagi mulklardan tushgan daromadlar saldosi ijobiy boʻlsa YAMM hajmi yalpi ichki mahsulotdan
koʻp, aksincha holatda kam boʻladi (qarang
Milliy daromad
,
Yalpi ichki mahsulot
).
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Iqtisodiyot
va
moliyaga
oid ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.or
g/w/index.php?title=Yalpi_milliy_mahsulot&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz
mumkin.
Soʻnggi tahrir 6 oylar avval
MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Yalpi_milliy_mahsulot&oldid
=2297644
" dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |