2.Yakuniy iste`mol usuli orqali hisoblangan YAIM tarkibi to`g`risidagi ma`lumot yakuniy iste`mol talabini qondirish va mamlakat milliy boyligining o`sishi uchun iste`mol qilingan tovar va xizmatlar qiymati ulushini aniqlash, YAIM ning yakuniy iste`mol yo`nalishlari bo`yicha asosiy proportsiyalarini tahlil kilish imkonini beradi.
1–jadval. YAIM ning yakuniy iste`mol yo`nalishlari bo`yicha tarkibi
|
1991y.
|
1995y.
|
2000y.
|
2005y.
|
2010y.
|
2016y.
|
100,0__100,0'>YAIM – jami
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
Yakuniy iste`mol
xarajatlari
|
77,0
|
72,9
|
80,6
|
64,3
|
64,8
|
74,4
|
uy xo`jaliklari
|
54,9
|
50,1
|
60,9
|
47,4
|
47,9
|
57,5
|
davlat boshqaruvi organlari
|
20,7
|
22,3
|
18,7
|
15,9
|
15,8
|
16,1
|
UXXKNT
|
1,4
|
0,5
|
1,0
|
1,0
|
1,1
|
0,8
|
Yalpi jamg`arilish
|
26,8
|
24,2
|
19,6
|
28,0
|
26,6
|
24,9
|
asosiy kapitalning
yalpi jamg`arilish
|
25,1
|
33,0
|
24,0
|
22,0
|
27,3
|
27,8
|
moddiy aylanma vositalari zaxirasining o`zgarishi
|
1,7
|
-8,8
|
-4,4
|
6,0
|
-0,7
|
-2,9
|
Tovar va xizmatlar eksport-importi saldosi
|
-3,8
|
2,9
|
-0,2
|
7,7
|
8,6
|
0,7
|
eksport
|
35,3
|
31,6
|
26,5
|
37,9
|
33,1
|
18,8
|
import
|
39,1
|
28,7
|
26,7
|
30,2
|
24,5
|
18,1
|
Joriy narxlarda YAIM iste`moli tarkibida asosiy ulushi yakuniy iste`mol xarajatlariga xissasiga to`g`ri keladi. yakuniy iste`mol xarajatlarida asosiy ulush uy xo`jaliklari xarajatlari xissasiga to`g`ri keladi va ularning salmog`i 1991-2016 yillarda 44 foizdan 63 foizgachani tashkil etdi.
Kuzatilayotgan davrda YAIM tarkibida davlat muassasalarining yakuniy iste`molga qilgan xarajatlari ulushi sezilarli darajada o`zgarib turdi va 1991 yildagi 20,7 foizdan 2016 yilda 16,1 foizga kamayish tendentsiyasiga ega bo`ldi.
Notijorat tashkilotlari tomonidan uy xo`jaliklariga ko`rsatilgan nobozor xizmatlarining YAIM dagi ulushi o`rtacha 1,1 foizni tashkil etadi.
Yalpi jamg`arilish asosiy fondlar va moddiy aylanma vositalari o`sishini ifodalaydi. 1991-2016 yillarda yalpi jamg`arilishning ulushi barqaror rivojlanish tendentsiyasiga ega bo`lib, YAIM ning o`rtacha 25 foizini tashkil qildi. yalpi jamg`arilishning asosiy ulushini asosiy kapitalning yalpi jamg`arilishi tashkil qilib, iqtisodiyotda investitsion faollikni ifodalaydi. Mazkur ko`rsatkichning ulushi 1991 yildagi 25,1 foizdan 2016 yilda 27,8 foizgacha o`sdi.
Kuzatilayotgan davr mobaynida tovarlar va xizmatlar sof eksportining YAIM dagi ulushi o`rtacha 2 foizni tashkil qildi (eksport 30,5%, import 28,5% ).
So`nggi yillarda YAIM ning asosiy elementlarida barqaror o`sish tendentsiyasi kuzatilmoqda.
6-rasm. 2001-2016 yillarda asosiy kapitalning yalpi jamg`arilishi va yakuniy iste`mol xarajatlarining o`zgarish dinamikasi (2000-100%).
2001-2016 yillar mobaynida yakuniy iste`mol xarajatlarining o`rtacha yillik o`sishi 9,6% ni tashkil qildi va kuzatilayotgan davr mobaynida 4,3 baravardan ko`proqqa oshdi. Bu esa, asosan uy xo`jaliklari xarajatlarining 5,3 marta oshishi hisobiga ta`minlandi. Shuningdek, davlat boshqaruv organlarining yakka tartibdagi va jamoa xizmatlari uchun real xarajatlari sezilarli darajada, 2,3 martaga oshdi. Kuzatilayotgan davr mobaynida jamoat tashkilotlari (diniy, xayriya va x. k.) faoliyatining faollashishi va kengayishi UXXKNT real xarajatlarining 2,3 martaga o`sishiga imkon berdi.
Mamlakatda investitsion faoliyat rivojlanishining asosiy ko`rsatkichlari asosiy kapital jamg`arilishning mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o`zlashtirish hisobiga barqaror o`sib borayotganligidan dalolat beradi. So`nggi yillarda (2001-2016 yillar) asosiy kapitalning jamg`arilish me`yori YAIM ning 25 foizini tashkil etdi, bu esa dunyoning rivojlangan va jadal rivojlanayotgan mamlakatlari ko`rsatkichlariga mos keladi.
2001-2016 yillar davomida asosiy kapitalning yalpi jamg`arilishi 5,4 barobardan ko`proqqa ortdi, o`rtacha yillik o`sish sur`ati esa 11,5% tashkil etdi, bu esa kuzatilayotgan davrdagi YAIM ning o`rtacha yillik o`sish sur`ati (7,3%) dan ko`proqni tashkil etadi.
3.Mustaqillik yillarida milliy iqtisodiyotning hududiy jihatdan muvozanatlashganligini ta`minlash va mintaqaviy nomutanosibligini kamaytirish O`zbekistonda davlat siyosatining ustivor vazifasiga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |