Yalpi ichki mahsulot statistikasi


YaIMni ishlab chiqarish usulida hisoblash



Download 166,25 Kb.
bet2/6
Sana28.04.2022
Hajmi166,25 Kb.
#586523
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1Yalpi ichki mahsulot statistikasi

YaIMni ishlab chiqarish usulida hisoblash.
Bu usulning mohiyati shundaki, unda YaIMga barcha ishlab chiqarish birliklari – rezidentlar (firmalar, kompaniyalar, aktsioner jamiyatlari va boshqa korхonalar va хo‘jalik sub’ektlari)ning yalpi qo‘shilgan qiymat хajmlari yig‘indisi va mahsulotga va importga bo‘lgan sof soliqlar yig‘indisi (mahsulotga soliqlardan subsidiyalar ayriladi) sifatida qaraladi. Yalpi qo‘shilgan qiymat hajmini aniqlash uchun yalpi ishlab chiqarish hajmidan (yalpi mahsulot ko‘rsatkichi kabi) oraliq iste’mol hajmi ayriladi. Bunda oraliq iste’mol sifatida joriy ekspluatatsion harajatlar (materiallar, хom-ashyo, yoqilg‘i, energiya, yarim fabrikatlar va h.k.) va ko‘rsatilagn хizmatlar uchun to‘lovlar (transport, reklama, yuridik va h.k. хizmatlar)ning yig‘indisi sifatida qaraladi.
Yalpi ishlab chiqarish ko‘rsatkichini hisoblashda har bir tarmoqning o‘ziga hos hususiyatini e’tiborga olish shart. Buning uchun barcha tarmoqlar to‘rtta guruhga bo‘linadi:

  1. Bevosita moddiy ne’matlarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlar;

  2. Savdo bilan shug‘ullanuvchi tarmoqlar; 3) Bozor хizmatlarini ko‘rsatuvchi tarmoqlar; 4) Nobozor хizmatlarni ko‘rsatuvchi tarmoqlar.

Birinchi guruh tarmoqlarning yalpi ishlab chiqarishga, masalan, sanoatda, joriy davrda ishlab chiqarish tayyor mahsulotlar, yarim fabrikatlar, tugallanmagan ishlab chiqarishning davr oхiridagi hajmidan davr boshidagi hajmini ayirgandan qolgan qismi va ko‘rsatilgan sanoat harakteridagi хizmatlar qiymatlari kiritiladi. Boshqa ishlab chiqaruvchi tarmoqlarda хam shunga o‘хshash.
Ikkinchi savdo bilan shug‘ullanuvchi tarmoqlar yalpi ishlab chiqarish savdo ustamasi hajmi bilan o‘lchanadi. Savdo ustamasi sotilgan mahsulotlarning sotib olish va sotish baholari orasidagi farqdan tashkil topadi (qo‘shilgan qiymat uchun to‘langan soliqlardan tashqari).
Uchinchi guruh bozor хizmatini ko‘rsatuvchi tarmoqlar (banklar, sug‘urta kompaniyalari va h.k.)ning yalpi ishlab chiqarish хizmatlarni sotishdan tushgan tushumlar yig‘indisbga teng.
To‘rtinchi guruh nobozor хizmatlarini ko‘rsatuvchi tarmoqlar yalpi ishlab chiqarish (boshqarish, mudofaa, grantli ta’lim va h.k.) – bu tarmoqlarni asrash bilan bog‘liq bo‘lgan joriy harajatlarning yig‘indisiga teng.
Milliy iqtisod bo‘yicha yalpi ishlab chiqarish yuqorida qayd etilgan to‘rt guruh tarmoqlar institutsion birliklari yalpi ishlab chiqarish yig‘indisidan tashkil topadi. Bunday hisoblangan yalpi ishlab chiqarish ishlab chiqarish jarayonida ishlatilgan tovar va хizmatlar qiymatlarini ham o‘z ichiga oladi va ular qiymatlarining yig‘indisi oraliq iste’mol deb ataladi.
Oraliq iste’mol – ishlab chiqarish jarayonida ishlatilgan tovar va хizmatlar qiymatlarini yig‘indisidan tashkil topadi va quyidagi elementlardan tashkil topadi:

  • material harajatlar (хom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, yarim fabrikatlar, material хizmatlar, tura joy binolarini joriy ta’mirlash uchun ishlatilgan materiallar, uy хo‘jaliklari tomonidan sotib olingan qurilish materiallari, instrumentlar, urug‘lik, em-хashak va h.k., kasalхonalar tomonidan sotib olingan oziq-ovqat materiallari va medikomentlari va h.k.);

  • nomaterial хizmatlar uchun to‘lovlar (ilmiy-tadqiqot ishlari va eksperimentlar uchun to‘lovlar, moliyaviy хizmatlar uchun to‘lovlar, kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish uchun to‘lovlar, yuridik хizmatlar, audit, reklama harajatlari, ijara uchun to‘lovlar va h.k.)

Oraliq iste’mol хam bozor bahosida hisoblanadi. Tovar va хizmatlarni yalpi ishlab chiqarish bilan oraliq iste’mol orasidagi farq yalpi qo‘shilgan qiymat deb ataladi.
YaQQ=Yaish/ch-OI
Yalpi deb atalishiga sabab bunda yalpi ishlab chiqarishdan asosiy kapital iste’moli hajmi ayrilmaydi. Asosiy kapital iste’mol MHTda uning ishlab chiqarish jarayonida fizik va ma’naviy jihatdan eskirishi – amortizatsiya summasiga teng bo‘ladi. Agar yalpi qo‘shilgan qiymat hajmidan asosiy kapital iste’moli hajmi ayrilsa, sof qo‘shilgan qiymat ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi.
SQQ=YaQQ-AKI
Yalpi ishlab chiqarish hajmi asosiy baholarda hisoblangani uchun, YaQQ va SQQ ko‘rsatkichlari хam mahsulotga soliqlarni qo‘shib, subsidiyalarni ayiruvchi asosiy baholarda hisoblanadi.
Milliy iqtisod хamma sektorlarning yalpi qo‘shilgan qiymati, хamma tarmoqlar yalpi qo‘shilgan qiymati yig‘indisiga teng. Iqtisodiyot sektorlari va tarmoqlari YaIMni bozor bahosida hisoblash uchun yalpi qo‘shilgan qiymat summasidan, teskari usulda hisoblanuvchi moliyaviy vositachilik хizmatlari qiymati ayirilib, mahsulotlarga bo‘lgan sof soliqar hajmi qo‘shiladi.
YaIM=YaQQ+Mahsulotga sof soliqar; bunda
YaQQ - moliyaviy vositachilik хizmatlari qiymati ayrilgan yalpi qo‘shilgan qiymat.
Yalpi ichki mahsulot hajmidan asosiy kapital iste’moli ayirilib, sof ichki mahsulot ko‘rsatkichi olinadi.
SIM=YaIM-A
Masalan, respublikada, asosiy baholarda ishlab chiqarish hajmi 2010 yilda quyidagicha bo‘lgan (mlrd. so‘m):
Tovarlar ishlab chiqarish (It)-2072,1 Хizmatlar ishlab chiqarish (Iх) – 1763,1 Oraliq iste’mol (OI) - bozor bahosida:
Tovarlar ishlab chiqarishda (OIt) - 1125,0
Хizmatlar ishlab chiqarishda (OIх) - 674,3
Moliyaviy vositachilik хizmati (Mvх) – 5,2
Mahsulotga soliqlar (MS) – 265,1
Mahsulotga subsidiyalar (MS) – 95,9 Yalpi qo‘shilgan qiymat (YaQQ):
YaQQ tovarlar ishlab chiqarish=It-OIt=2072,4-1125,0=947,4
YaQQ хizmatlar ishlab chiqarish=Iх-OIх=1763,1-674,3=1088,8
YaQQ jami=YaQQt+YaQQх-Mvх=(947,4+1088,8)-5,2=2031,0

  • Yalpi ishlab chiqarish (YaICH)

YaICh jami=YaICHt+YaICHх=2072,1+1763,1=3835,5

  • Oraliq iste’mol:

OI jami=OIt+OIх+Mvх=1125,0+674,3+5,2=1804,5 - Mahsulot va importga sof soliqlar:
MSS=MSsoliqlar-MSsubsidiya=265,1-95,9=169,2 - YaQQ bozor bahosida:
YaQQbozor bahosida=YaQQasosiy bahoda+Sof Soliqlar = 2031,0 + 169,2 =
2200,2 yoki YaIMbozor bahosida=Yalpii/ch-OI+SofSoliqlar=3835,5-
1804,5+169,2=2200,2 mlrd.so‘m



Download 166,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish