YAKUNIY NAZORAT UCHUN TEST SAVOLLARI ( Milliy uyg’onish davri adabiyoti )
YAKUNIY NAZORAT TESTLARI
(Миллий уйғониш даври адабиёти)
1-variant
1. Rus hukumati Turkistonga yurishlarida turkiy qavmlarning vakillaridan foydalangnlari ma’lum. SHular orasida qaysi biri keyinchalik “Turkiston viloyatining gazeti”ga ilk musulmon muharriri bo’lgan
A) Abubaqr Divaev
B) CHo’qon Valixonov
S) Sohibgaroy Yenikeev
D) SHohimardon Ibrohimov
2. Qaysi sharqshunos olim Rusiya “erli aholi ichidagi buzg’unchi odamlarni qo’lga olib, mahalliy xalqqa qarshi qo’yish” siyosatidan keng foydalanganini ta’kidlagan edi?
A) M.Ilminskiy
B) Ye.E.Bertels
S) V.V.Bartold
D) Abdurauf Fitrat
3. Turkistonda bo’lib o’tgan qo’zg’olonlarning eng yirigi, shubhasiz, 1898-yildagi Dukchi eshon voqeasi edi. Uning tashkilotchisi va rahbari bo’lgan Dukchi eshonning asl ismi kim bo’lgan
A) Sobir xalfa Mirvali o’g’li
B) Muhammad Ali xalfa Sobir o’g’li
S) Muhammad Ali xalfa Mirvali o’g’li
D) Muhammad Ali xalfa Poshshoxo’jaev
4. Turkiston general gubernatorligi tashkil topgach, Toshkent uning markazi sifatida taraqqiy topa boshlagani ma’lum. Qachon Toshkentda bosmaxona ochilgan?
A). 1870.
B) 1871-y.
S) 1873-y.
D) 1868-y
5. Qachondan boshlab Toshkentda kitob chiqa boshlagan?
A) 1873-y.
B) 1868-y.
S) 1871-y.
D) 1870-y.
6. Nechanchi yilda Toshkentda xalq kutubxonasi ochilgan?
A) 1868-y.
B) 1871-y.
S) 1873-y.
D) 1870-y.
7. Yangidan maydonga kelgan janr vaysi javob ichida mavjud?
A) g’azal, ruboiy, tuyuq, ta’rix,
B) g’azal, ruboiy, tuyuq, muammo, muxammas, musaddas
S) g’azal, ruboiy, tuyuq, musamman, masnaviy
D) g’azal, ruboiy, tuyuq, sayohatnoma
8. Qaysi shoirlar ko’proq diniy-tasavvufiy she’rlari bilan shuhrat topdilar?
A) Komil, Furqat
B) Yusuf Saryomiy, Ziyovuddin Haziniy
S) Siddiqiy Ajziy, Siddiqiy Vasliy
D) Ahmad Donish, Anbar otin
9. Qaysi shaxsning Boku, Xarkov, Moskva, Peterburga sayohati xotiralari “Turkiston viloyatining gazeti”, 1888-yil, 4—7-sonlarida bosilgan?
A) Toshmuhammad Isomuhammedov
B) Mirzo Buxoriy
S) Sattorxon Abdug’afforov
D) Orifxo’janing
10. Toshkentda mashhur hind eposi “Kalila va Dimna” asarining tarjimasyni qaysi shoir amalga oshirdi?
A) Murodxo’ja domla
B) Sidqiy Xondayliqiy (1884-1934)
S) Fazlulloh Almaiy
D) Saidrasul Aziziy
11. Xorazmlik qaysi adibdan “SHajarayi Xorazmshohiy” va “Xorazm tarixi” kitoblari hamda 4 tarjima asari qolgan?
A) Komil Xorazmiy
B) Muhammadrasul Mirzo
S) Muhammad Bayoniy
D) Rojiy
12. 1871-yilda Buxoroda tuzilgan “Tuhfatul-ahbob fi tazkira-til-as’hob” tazkirfsining muallifi kim?
A) Afzal Pirmastiy (1915- y.v.e.)
B) Qori Rahmatulloh Vozeh (1818-1894)
S) Ne’matulla Muhtaram (1920-y. v. e.)
D) Mirsiddiq Hashmat
13. Ahmad Donishning “Navodir ul-vaqoe” asarining qaysi bobida Bedil baytlari berilgan?
A) 10-bob
B) 15-bob
S) 20-bob
D) 5-bob
14. Furqatning qaysi asarilarida rus istibdodi ochiqdan-ochiq qoralandi?
A) “Adashganman” “Fasli navbahor o’ldi” she’rlarida
B) “Suvorov”, “Bal xususinda” masnaviylari
S) “Bormasmiz”, “Kam-kam bo’lur” g’azallarida
D) “Munojoti musaddas”i, “Begim” radifli g’azali
15. “Maktubchai xon”, “Jangnoma”, “Badavlatnoma yoki tarixi Xo’qand” nomliasarlarbitgan adibni aniqlang.
A) Sidqiy Xondayliqiy
B) Fazlulloh Almaiy
S) Umidiy-Havoiy
D) Saidrasul Aziziy
16. “Aynul-adab” (“Odob ko’zi”), “Ganjinai hikmat” (“Hikmat xazinasi”) kabi she’riy to’plamlar, “Anjumani arvoh” (“Ruhlar yig’ini”), “Mir’oti ibrat” (“Ibrat oynasi”) kabi dostonlar yozib, chop ettirgan adibni aniqlang.
A) Siddiqiy-Ajziy
B) Fazlulloh Almaiy
S) Sidqiy Xondayliqiy
D) Saidrasul Aziziy
17. Uning “Ustozi avval”i - birinchi o’zbekcha alifbe darsligi. 1900-yili yozilib, 1902-yili bosilib chiqdi. 17 marotaba nashr qilindi. Ushbu ma’lumot qaysi adib haqida?
A) Umidiy-Havoiy
B) Saidrasul Aziziy
S) Sidqiy Xondayliqiy
D) Siddiqiy-Ajziy
18. “Ayn”u “shin”u “qof”inga to bo’ldi ko’nglum mubtalo, “Dol”u “ro”u “dol”u hajringdin dame erman judo, - deb boshlanadi Komilning bir g’azali. Ya’ni “ayn”, “shin”, “qof” - “ishq”inga ko’nglum mubtalo bo’lganidan buyon “dol”, “ro”, “dol” - “dard”u hijroningdin bir nafas (dame) ham xoli emasmen, demoqda shoir. Bunda qanday badiiy san’atni ko’rish mumkin?
A) tarse’
B) kitobat
S) istiora
D) talmeh
19. Yuzung mus’hafi sharhi o’lg’ay necha –Kitobu kitobu kitobu kitob. Bu baytda qanday badiiy san’atni ko’rish mumkin?
A) tarse’
B) kitobat
S) mukarrar
D) talmeh
20.Nodirabegimning “Ehtiyoj” radifli g’azali ta’sirida qaysi she’rlari bitilgan?
A) “Tama’” va “Ro’za”
B) “Fuzalo”
S) “Juhalo”
D) “So’zing”
21.Xorazmlik buyuk xonanda Komiljon Otaniyozovdan boshlab yuzlarcha hofizlarning eng sevimli xonishlaridan biri Komil qalamiga mansub qaysi she’r bo’lgan?
A) “Oftob”
B) “Qaysi falak burjining”
S) “Ahbob”
D) “So’zing”
22. Komilning“Dar bayoni ta’rifi va tavsifi Toshkand” qasidasi aruzning qaysi bahrida?
A) rajazi musammani mahzuf
B) ramali musammani mahzuf
A) hazaji musammani mahzuf
A) mutaqoribi musammani mahzuf
23. Qaysi shoir Xorazmda adabiyot, san’at, ilm-fan va maorifni rivojlantirishga rahnamolik qilgan?
A) Feruz
B) Muhammad Bayoniy
S) Komil
D) AhmadTabibiy
24. Ushbu manbalar - Ogahiyning “SHohidul-iqbol”, Bayoniyning “SHajarayi Xorazmshohiy”, Ahmad Tabibiyning “Majmuatush-shuaroi Feruzshohiy”, Hasanmurod Laffasiyning “Xiva shoir va adabiyotchilarining tarjimai holi”, Bobojon Tarrohning “Xorazm navozandalari” kabi asarlarida kim haqida ko’proq ma’lumot berilgan?
A) Komyob
B) Muhammad Rasul Mirzo
S) Komil Xorazmiy
D) Feruz
25. Komil Xorazmiyning “Latoyifuz-zaroyif” asarida Feruzning qaysi qobiliyatiga yuksak baho beradi?
A) shoirlik
B) musiqashunoslik
S) xattotlik
D) musavvirlik
26. Ushbu ta’rif muallifi kim? “Feruz - mashhur lirik shoir, musiqashunos, kompozitor, yaxshi tarjimon. Umarxon singari o’z zamonasining shoirlarini o’rdasiga yiqqan. 1873 yilda bosmaxona sotib olib, Xorazmda birinchi kitob bostirgan odam?
A) Oybek
B) Shayxzoda
S) Abdulla Qahhor
D) Matyoqud Qo’shjonov
27. Kim Feruzga bag’ishlab 92 baytdan iborat “Mav’izatnoma” yozgan?
A) Komil Xorazmiy
B) Muhammad Rasul Mirzo
S) Ogahiy
D) Komyob
28. Ma’lumki, 1891-yili Xivada “usuli savtiya” metodiga asoslangan maktab ochildi.Maktab kimning tashabbusi bilan ochilgan?
A) Ahmad Tabibiyning
B) Feruzning
S) Komil Xorazmiyning
D) Muhammad Bayoniyning
29. Feruz lirik merosining hajmi qancha va qaysi janrdagi she’rlardan iborat?
A) 2534 misradan - 98 g’azal, 7 muxammas, 2 musaddas, 4 masnaviy, 7 ruboiydan iborat
B) 2535 misradan - 98 g’azal, 6 muxammas, 2 musaddas, 4 masnaviy, 7 ruboiydan iborat
S) 2538 misradan – 9.8 g’azal, 7 muxammas, 5 musaddas, 4 masnaviy, 7 ruboiydan iborat
D) 2532 misradan - 96 g’azal, 7 muxammas, 2 musaddas, 4 masnaviy, 7 ruboiydan iborat
30. Qaysi shoir adabiy merosida 706 misrani o’z ichiga olgan to’rt masnaviy mavjud?
A) Ogahiy
B) Muhammad Rasul Mirzo
S) Komil Xorazmiy
D) Feruz
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
13
|
14
|
15
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
16
|
17
|
18
|
19
|
20
|
21
|
22
|
23
|
24
|
25
|
26
|
27
|
28
|
29
|
30
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |