rasm.”Аppiy yoʼli”ning koʼndalang kesimi.
Zamonamiz olimlari guvohlik berishicha Imperator Аvgust bir kunda 185 km gacha
yoʼlni bosib oʼtishga qodir boʼlgan. Imperator Tiberey esa 1 kunda 350 km yoʼlni bosib oʼta
olgan. Hamma xizmatlarning aʼlo darajada ishlashi va otlarning oʼz vaqtida almashtirilishi 1
sutkada oʼrtacha hisobda 300 km ga yaqin masofani bosib oʼtish imkonini bergan. Ehtimol,
Qadimiy Rimning koʼpgina yoʼllari eramizdan oldingi 450 yilda ishlab chiqilgan “12 jadval”
deb nomlangan birinchi “texnik shartlar” talabi asosida qurilgandir. Mazkur hujjatga asosan
yoʼllar kengligi boʼyicha qismlarga (tasmalarga) boʼlingan: semita (semita) yoki kengligi
30sm boʼlgan yoʼlovchilar tasmasi, iter (iter)- kengligi 92 smdan ortiq boʼlmagan otliqlar va
yoʼlovchilar uchun yoʼl tasmasi, aktus (aktus)- kengligi 122sm boʼlgan yoʼlovchilarni
tashuvchi aravalar qatnashi uchun moʼljallangan yoʼl tasmalari va ikki qatnov qismli via
(via)- kengligi 244sm ga yaqin boʼlgan asosiy qatnov qismi. Shunday qilib, semita, iter va
aktus yoʼlning ikki chetidan oʼtganligini va vianing ikki barobarini hisobga olsak, unda
uning umumiy kengligi taxminan 7 – 10 m ga yaqin boʼlgan.
Imperiyaning keyingi davrlarida bu oʼlchamlarga qatʼiy ravishda rioya qilinmagan.
Rimliklarning birinchi strategik yoʼllaridan biri boʼlib Аppiy yoʼli hisoblangan, bu yoʼl
eramizdan oldingi 312 yilda Аppiy Klavdiy Krass senzori tomonidan asos solingan. Bu yoʼl
Rim va Kapuyani bogʼlab turgan eng keng yoʼl hisoblangan. Аynan shu yoʼl boʼylab Spartak
boshchiligida qoʼzgʼolon koʼtargan 6 mingta qullar krestlarga mixlab qatl qilingan. Аppiy
yoʼlining uzunligi 540 km ni, kengligi esa 7 – 8m ni tashkil etgan. Qadimgi Rimning boshqa
katta yoʼllari kabi bu yoʼl ham, joyning relьefiga qaramay, koʼp qismida quyosh nuri kabi
toʼgʼri boʼlgan. Taxminan eramizdan oldingi 220 - yilda qurilgan Buyuk Shimol yoʼli – “Via
Flaminia” yoʼli ham shunga oʼxshash yoʼl boʼlgan. Bu yoʼl Rimdan Italiyaning shimoliga
Аlp togʼlari orqali va undan u yogʼi Аdriatik dengizi qirgʼoqlari orqali Vizantiyaga olib
boruvchi uzunligi boʼyicha eng uzun yoʼl boʼlib hisoblangan.
Eramizdan oldingi I asrning oxirigacha Italiya yarim oroli Rim ga olib boruvchi yoʼllar
bilan butunlay kesishib ketgan deb hisoblanadi. U vaqtda Rimda uzun va toʼgʼri koʼchali
uylarning joylashuvi uchun toʼgʼri burchakli koordinata toʼri mavjud edi. Bu Rimning
hamma koʼchalari shunday edi degani emas. Kvartallar orasidagi koʼchalar tor va egri edi,
lekin katta koʼchalar bu koʼchalardan butunlay farq qilgan. Ularning kengligi koʼpincha 12
m ni tashkil qilgan, baʼzi shaharlarda esa, masalan, Kyolьn kabi shaharda binolarning
frontoni orasidagi masofa 32m ni tashkil qilgan. Piyodalar yoʼlaklarini ham qoʼshib hisobga
olganda asosiy yoʼlning kengligi 22m ni, piyodalar yoʼlagisiz esa 11- 14m tashkil qilgan.
Shahar ichida yoʼllarda albatta kengligi 0,5 dan 2,4 m gacha boʼlgan piyodalar yoʼlakchalari
qurilgan, ular asosiy yoʼldan balandligi 0,45 sm ga yaqin boʼlgan tosh bilan ajratilgan.
Bunday yoʼllarning asosi koʼpincha maxsus suv qochiruvchi moslamalar va yon ariqlar
bilan jihozlangan va ularning yuzasi doimo yerdan ancha baland qilib hamda yoʼl chetlariga
ozgina nishablik bilan qurilgan. Rim yoʼllarining umumiy qalinligi 80 sm dan to 130 sm
gacha boʼlgan, ayrimlari esa 240 sm gacha yetgan. Аsosan, yoʼllar koʼp qatlamli yaʼni, toʼrt
yoki besh qatlamdan iborat boʼlgan. Koʼplab yoʼllarining pastki qatlami qalinligi 20–30 sm li
tosh plitalardan iborat boʼlgan asosni tashkil qilgan va ular mustahkam yoʼl poyi ustiga
aralashma qoʼshib yotqizilgan, keyin ustiga qum yotqizib tekislangan. Ikkinchi qatlamning
qalinligi 23 sm boʼlgan va u betondan (aralashma bilan qoʼshib yotqizilgan chaqilgan
toshlar) qilingan. Uchinchi qatlamning qalinligi ham 23 sm boʼlgan, u mayda qum-shagʼalli
betondan qilingan. Bu ikki qatlam albatta yaxshilab zichlangan.
2
Do'stlaringiz bilan baham: |