Yakuniy nazorat ishi.
№15
1.O`zbekistonda “Elektron hukumat” tizimini boshqaruv sxemasi
2.AKTni moliyalashtirishning turli usullari
3.”Litsenziya” axborot xizmati
1. O`zbekiston Respublikasida “elektron hukumat” tizimini boshqaruv sxemasi Birinchi navbatda O`zbekiston Respublikasi bosh vaziri tomonidan boshqariladi . Bosh Vazir Bu ishni Respublika komisssiyasiga yuklaydi. Respublika Komissiyasi esa Bu ishni O`zbekiston Respublikasi ATKR vazirligiga va boshqa vazirlik va idoralarga yuklaydi. O`zbekiston Respublikasi ATKR vazirligi bu ishni elektron hukumatni rivojlantirish markaziga , axborot xavfsizligi markaziga data sentrga yuklaydi. Axborot xavfsizligi markazi boshqa tizimli integratorlarga yukaydi. Boshqa vazirliklar o`z vazifalarini O`zlarining Akt bo`limlariga yuklaydilar. Akt bo`limlari datasentrga murojaat qiladilar. Demak bundan biz ko`rishimiz mumkinki. Elektron hukumatni boshqaruv sxemasi bir biriga jambarchas bog`liq.elektron hukumatni rivojlantirish masalalari oldindan oldimizga qo`yilgan maqsadlarimizdan biri edi. Shu bilan birgalikda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2017-2021 yilga mo`ljallangan “Harakatlar strategiyasi”da Elektron hukumatni rivojlantirishga keng urg`u berish haqida gapirgandilar/ Va har bir shu ishga bog`liq organlarga vazifalar berilgandi. Yana bu qaror buyruqlarni ko`chaytirgan holatda Prezidentimiz 2030 yilgaca bizda raqamli iqtisodiyotga bog`liq muammo bo`lmasligi kerak deb aytdilar. Bundan kelib chiqadiki nbiz bu vaqtgaca elektron hukumatga oid muammolarimizni hal qilishimiz zarur bo`ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi -O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349-son Farmoniga muvofiq tashkil qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatining asosiy vazifalari va yo'nalishlari quyidagilardan iborat:
- axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida, “elektron hukumat”ni joriy etishda yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, axborot texnologiyalarini rivojlantirishning jahon darajasidan kelib chiqqan holda milliy axborot-kommunikatsiya tizimini tatbiq etish va rivojlantirish yuzasidan kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish, shu jumladan, Internet tarmog‘iga keng polosali ulanishni kengaytirish, telefon aloqasi, televideniye va radioeshittirishning raqamli tizimlariga to‘liq o‘tishni ta’minlash, aloqa va telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni, shuningdek, radiochastotali spektrdan foydalanishni davlat yo‘li bilan boshqarish, litsenziyalash va nazorat qilish borasidagi funksiyalarni amalga oshirish;
- “elektron hukumat”ni tatbiq etish, vazirliklar, idoralar, kompaniyalar va uyushmalarning, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborotlashtirish va interaktiv davlat xizmatlarini takomillashtirish borasidagi faoliyatini idoralararo muvofiqlashtirish, monitoring qilish, baholash va nazorat qilish bo‘yicha davlat dasturlarining amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek, davlat axborot resurslari hamda ma’lumot bazalarini shakllantirish, saqlash va foydalanishning yagona tizimini vujudga keltirish, idoralararo axborot tizimlarini yaratish va boshqarish;
- Internet tarmog‘ining milliy segmenti yanada shakllantirilishini ta’minlash, mamlakatimizning turli yo‘nalishlardagi zamonaviy veb-resurslarini, shu jumladan, aholining, xususan, yosh avlodning axborotga bo‘lgan va intellektual talab-ehtiyojlarini qondirish maqsadida tarmoq resurslarini rivojlantirish uchun zarur texnik va qulay shart-sharoitlarni yaratish;
-raqobatdosh dasturiy mahsulotlarning mamlakatimizda ishlab chiqarilishini va ichki bozorini hamda ularga ko‘rsatiladigan xizmatlarni rivojlantirishga ko‘maklashish va uning muvofiqlashtirilishini ta’minlash, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida va iste’molchilarda zamonaviy dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va axborot resurslarini joriy etish;
-axborot xavfsizligini ta’minlash va kommunikatsiya tarmoqlari, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va resurslarini himoya qilishning zamonaviy texnologiyalarini tatbiq etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, axborot resurslarini himoya qilish bo‘yicha texnik infratuzilmani yanada rivojlantirish;
-zamonaviy kommunikatsiya vositalari sohasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini ishlab chiqish va tatbiq etish, axborot xavfsizligini ta’minlash va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining boshqa sohalarida shunday ishlarni tashkil etish;
- aloqa, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ustuvor loyihalarni amalga oshirish, radiochastotalik spektrdan samarali foydalanish uchun hamda vazirlik faoliyati doirasiga kiruvchi boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha xorijiy investitsiyalarni jalb etish.
Elektron hukumatni rivojlantruvchi markaz- data. Gov.uz hisoblanadi. 2020-yil 11-mayda bo`lgan yig`ilishga ko`ra raqamlashtrishda bizga muammolar borligini internet qamrovini kengaytrishimiz kerakligini aytdilar . Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga ijtimoiy ob’ektlarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash, tezkor mobil internet qamrovini yil yakunigacha 90 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi.Bugungi kunda mavjud serverlar to‘lib borayotgani, sohadagi 300 dan ortiq loyihani amalga oshirish uchun 10 baravar ko‘p quvvatli serverlar zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Axborotlarni qayta ishlaydigan markazlarni ko‘paytirish, xorijiy kreditlar jalb etib, loyiha qiymati 30 million dollarlik “data sentr” qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.Bizda hozirca datasentrlar yo`q lekin yaqin kelajakda qurish niyatimiz borligi uchun boshqaruv sxemasiga kiritilgan
2.Elektron hukumatga oid qonunning 30-moddasida . elektron hukumatni shakllanrtrishda va rivojlantrishga doir faoliyatni moliyalashtrish. Elektron hukumatni shakllantrishga va rivojlantrishaga doir faoliyatni moliyalashtrish O`zbekiston respublikasining davlat budjeti mablag`lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Aktni moliyalashtrishning turli usullari bor:
1.Telekomunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berilgani uchun davlat boji to`plashdan tushuvchi mablag`ning 50%;
2.2018 yil 1-yanvargaca abonent raqamidanfoydalanganlik uchun haq to`lashdan tushgan mablag`ning 20%;
3.Aloqa sohasida normativ-huquqiy hujjatlar talablari, standartlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun mulkchilik shakllari va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, aloqa sohasida faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaxslardan jarima jazolari sifatida undiriladigan mablag‘larning 45 foizi, raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun solinadigan iqtisodiy jazolar va jarimalar bundan mustasno;
4.Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq bank depozitlari shaklida va boshqa shakllarda joylashtirishdan tushgan daromadlar;
5.YUridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek xalqaro tashkilotlarning xayriya ehsonlari.
AKT ni moliyalashtirish jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari
Beg‘araz moliyaviy qo‘yilmalar va grantlar, tasdiqlangan xarajatlar smetalari doirasida maqsadli beg‘araz moliyalashtirish;
Jamg‘arma tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining maxsus komissiyasi tanlovidan va Aksiyadorlik tijorat «Aloqabank»da ekspertizadan o‘tgan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida rivojlantirish loyihalari uchun beriladigan qarzlar;
Jamg‘armaning aksiyadorlik tijorat «Aloqabank»da ochilgan kredit liniyasi orqali kreditlar shaklida ajratiladi. Rivojlanish jarayonida hukumat va boshqa ishtirokchilar AKTni rivojlantirish uchun turli moliyalashtirish manbalariga tayanadi. Qoida tariqasida, hukumat davlat g‘aznasi mablag‘laridan AKT infratuzilmasini moliyalashtirish va elektron hukumat xizmatlari kabi xizmatlarni investitsiyalashga bog‘liq. Boshqa moliyalashtirish manbalari davlat va hususiy tadbirkorlik o‘rtasidagi hamkorlik natijasida yuzaga keladi.
Rostini aytish kerakki AKT sohasi hali yurtimizda uncha keng tarqalmagan. Aholi o`rtasida keng tarqalmagan . shu uchun Aktni moliyalashtrish dolzarb , muommoli vaziyatlardan biri hisoblanadi. Misol tariqasida o`zimiz o`qiyotgan Toshkent axborot texnologiyalar universitetini olaylik , butun dunyo bo`yicha axborot komunikatsiya sohasiga talab katta bo`lsa ham , bizni universitetimizni moliyalashtrish ucun homiy topish masalasi mushkul hisoblanadi. Davlat ajratmasa tadbirkorlar , korxonalar ajaratishi qiyinroq. Ammo biroz xursand bo`larlik tarafi bu masala asta sekin yechilyapti. Akt sohasini moliyalashtrish ucun o`zimizda ko`proq davlat o`z budjetidan ko`proq mablag` ajratadi. Shuning uchun ko`p korxonalri o`zlariga xomiy qidirsh ilinjida izlanishlar olib boryaptilar. Va qator yutuqlarga ham erishdilar. Ko`plab loyihalr olib bordilar. Yurtimizda Aktni rivojlantrish jamg`armasi bor. U turli xil loyihalarni saralab moliyalashtradi. 2019- yil yurtimizda O`zTelecom ko`p yutimizga investitsiyalarni jalb etdi.Koreya , Yaponiya, Xitoy davlatlari bilan shartnomalar imzoladi. Ular bizga qurilmalar yetkazib berish bo`yica kelishuvlar imzoladilar. Yan bir haqiqat Rossiyalik Biznesmen A. Usmonov o`tgan yili Akt sohasini rivojlantirish uchun investitsiya kiritdi. Bu investitsiya Namangan viloyatiga yo`naltirildi.
3.
«Litsenziya» axborot tizimlari kompleksi 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalar asosida ishlab chiqilgan.Loyiha doirasida Elektron litsenziyalash portali yaratilib, Internet tarmog‘idagi license.gov.uz manzilida ishga tushirilgan. Hozirgi kunda mazkur portal orqali 40 ta faoliyat turi bo‘yicha litsenziya va ruxsatnomalar olish uchun elektron shaklda ariza topshirish, arizani ko‘rib chiqish holatlarini kuzatib borish, litsenziyalash va ruxsatnomalar berish jarayonlarini avtomatlashtirilgan holda amalga oshirish imkoniyatlari yaratilgan.2016 yilning dekabr oyidan sinov rejimida ishga tushirilgan mazkur “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksiga 46 ta davlat organlari va ularning tarkibiy tashkilotlari hamda barcha mahalliy davlat hokimiyat organlari ulangan bo‘lib, qisqa davr ichida u orqali bugungi kungacha 600 ga yaqin ziyod arizalar qayta ishlangan va 41 mingdan ziyod litsenziyalar va ruxsatnomalar reestri kiritilgan.Jumladan, ayni paytda tadbirkorlarga transport, arxitektura va qurilish, birja, ko‘chmas mulk, savdo, tibbiyot, dorixona, ta’lim, madaniyat, sport, turizm va reklama kabi yo‘nalishlarda faoliyat olib borishlari uchun litsenziyalar elektron usulda taqdim etilmoqda.
“Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi 2017 yil davomida barcha ruxsatnomalar beruvchi davlat idoralarida bosqichma-bosqich joriy qilinadi. Natijada, 2018 yilning 1 yanvaridan ruxsatnomalar berish jarayonlari avtomatlashtirilib, litsenziya olish uchun zarur ruxsat beruvchi hujjatlar elektron tizim orqali olinadi.
“Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi litsenziya va ruxsat berish jarayonlarini avtomatlashtirish orqali litsenziyalovchi organ va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik samaradorligini oshirib, faoliyat turlarini litsenziyalash bo‘yicha ma’lumotlarning, shu jumladan litsenziyalar reestriga kiritilgan ma’lumotlarning ochiqligini ta’minlaydi, mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini faol rivojlantirish, tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.Elektron litsenziyalash portali orqali quyidagi ma’lumotlarni olish, litsenziyani hamda ushbu yo‘nalishlarda ruxsat beruvchi jarayonlarni amalga oshirish mumkin:
Transport ,arxitektura va qurilish ,birja, rielterlik faoliyati, lombard, lotereya, madaniyat, noshirlik faoliyati, reklama ,qimmatbaho metall va toshlar aylanmasi , savdo , bojxona , bank, sug‘urta qilish, qimmatli qog‘ozlar, mikrokreditlash; neftegaz kompleksi va mineral resurslar , tibbiyot, farmatsevtika, veterinariya , xavfli mahsulot va narsalar aylanmasi ,audit, baholash xizmati va advokatlik faoliyati ,axborot texnologiyalari, kriptohimoyalash, EHM uchun dastur va tizimlar , ta’lim, sport va turizm, boshqalar. Biz shu xizmatlarda litsinziyash xizmatidan foydalanishimiz mumkin. Bizga litsenziya electron tarzda beriladi. Bu juda qulaydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |