Zamonaviy kompyuterlarning shinalari va ularning ishlash tamoillari
Kompyuter texnikasi va texnologiyalarining rivojlanishi davomida, keng va ko‘p vaqtlar davomida qo‘llanib kelingan, hamda hozirda ham keng qo‘llanilib kelayotgan shinalar sifatida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin: Omnibus (PDP-8), Unibus (PDP-11), Multibus (8086), IBM PC (PC/XT), ISA (PC/AT), EISA (80386), MicroChannel (PC/2), PCI (turli xildagi shaxsiy kompyuterlarda), SCSI (turli xildagi shaxsiy kompyuterlarda va ishchi stansiyalarda), Nubus (Macintosh), Universal Serial Bus (zamonaviy shaxsiy kompyuterlarda), Fire Wire (maishiy elektronika qurilmalarida), VME (fizika xonalaridagi qurilmalarda) va Samas (yuqori energiyalar fizikasi qurilmalarida). Ushbu o‘quv qo‘llanmada ISA, PCI, PCI Express va USB shinalariga oid ma’lumotlar keltirilgan. Avval ta’kidlaganimizdek, zamonaviy kompyuterlarda ma’lumotlarni parallel va ketma-ket tarzda uzatuvchi shinalardan foydalanilmoqda [1,2,26]. Ma’lumotlarni parallel tarzda uzatuvchi shinalar: - boshqarish signallari uchun mo‘ljallangan liniyalar (chiziqlar); - adreslar uchun mo‘ljallangan liniyalar; - ma’lumotlar uchun mo‘ljallangan liniyalardan iborat bo‘ladi (5.7-rasm). Shinaga ulangan biron-bir qurilma, masalan - protsessor, boshqa bir qurilmadan, masalan - asosiy xotiradan, ma’lumot olishi (yoki unga uzatishi) uchun, avval boshqarish signallari yordamida uni ogohlantiradi. Protsessor asosiy xotiradan ma’lumotlarni o‘qimoqchi bo‘lsa, MREQ 130 (xotiraga murojaat qilish) va RD (xotiradan o‘qish) kabi boshqarish signallari bilan unga murojaat qiladi. Ushbu signallardan so‘ng, xotiraning o‘qilishi kerak bo‘lgan adresi, shina orqali unga uzatiladi. Adresni uzatish parallel tarzda amalga oshiriladi – 16 bit (64 Kbaytli xotira uchun), 20 bit (1 Mbaytli xotira uchun) va 32 bit (4 Gbaytli xotira uchun). Ma’lum bir vaqt oralig‘i o‘tgandan so‘ng (T3 siklining yarim davri) asosiy xotiradan o‘qilgan ma’lumotlarni protsessor tomonidan qabul qilib olish amalga oshiriladi. Parallel tarzda qabul qilinayotgan ma’lumotlarning uzunliklari – 8, 16, 32, 64 yoki 128 bit bo‘lishi mumkin. Ushbu jarayon sinxron va asinxron tarzda amalga oshirilishi mumkin, ya’ni kompyuter shinalarining sinxron va asinxron xillari mavjud. 5.8 va 5.9-rasmlarda sinxron va asinxron shinalar orqali ma’lumotlarni o‘qish jarayonining vaqt diagramalari keltirilgan.
Sinxron shinada bu jarayon kvarsli generator hosil qilgan taktli impulslar yordamida boshqariladi. Generator hosil qilayotgan impulslarning chastotalari 5 MGs dan, 100 MGs gacha bo‘lishi mumkin. Asinxron shinalarda taktlar impulslari generatori ishlatilmaydi. ISA shinasi IBM PC/AT kompyuterlarida qo‘llanilgan, u 8,33 MGs chastotada ishlaydi. Shina orqali bitta sikl davomida ikki bayt uzatiladi, bu esa uning maksimal tezligi 16,7 Mbayt/sek ga teng degani bo‘ladi. EISA shina ham 8,33 MGs chastotada ishlaydi va u orqali bitta sikl davomida to‘rt bayt uzatiladi. Demak uning tezligi 33,3 Mbayt/sek ni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |