Yakuniy nazorat 921-13,931-13 guruhlar. Tatu Urganch filiali 30. 06. 2014 A. O’rta arifmetik



Download 96.5 Kb.
Sana20.02.2017
Hajmi96.5 Kb.

Yakuniy nazorat 921-13,931-13 guruhlar. Tatu Urganch filiali 30.06.2014

A.O’rta arifmetik.

Bir o’lchamli sonli massiv berilgan. Sizning vazifangiz uning toq qiymatli elementlarining o’rta arifmetigini topishdan iborat.



Kiruvchi ma’lumotlar

Bitta qatorda bitta butun son n – massiv elementlari soni berilgan(1≤n≤1000). Ikkinchi qatorda n ta butun son – massiv elementlari bitta probel bilan ajratib berilgan. Massiv elementlari qiymatlari 1 dan 1000 gacha bo’ladi. Massivda kamida bitta toq qiymatli son bo’lishi kafolatlanadi.



Chiquvchi ma’lumotlar

Toq qiymatli elementlarning o’rta arifmerigini 10-3 aniqlikda chiqaring.





Kiruvchi ma’lumotlar.

Chiquvchi ma’lumotlar.

1.

5

5 2 4 3 9



5.667

B.Teskari tartib.

Sizga bir o’lchamli sonli massiv berilgan. Sizning vazifangiz uning elementlarini teskari tartibda chiqaruvchi dastur tuzishdan iborat.



Kiruvchi ma’lumotlar

Birinchi qatorda bitta butun son − ketma-ketlik elementlari soni n(1≤n≤100) berilgan. Ikkinchi qatorda n ta butun son, massiv elementlari bitta probel bilan ajratilib berilgan. Bu sonlar modul jihatdan 9∙1018 dan oshmaydi.



Chiquvchi ma’lumotlar

Bitta qatorda massiv elementlarini teskari tartibda bitta probel bilan ajratib chiqaring.





Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

1

3

1 2 3


3 2 1

2

5

5 -4 -2 4 9



9 4 -2 -4 5

C. Ustunlar yig’indisi

nxm matritsa berilgan. Sizning vazifangiz uning har bir ustundagi elementlar yig’indilarini topuvchi dastur tuzishdan iborat.

Kiruvchi ma’lumotlar

Birinchi qatorda n va m butun sonlari berilgan(1≤n,m≤100). Keyingi n ta qatorda har birida m ta sondan – matritsa elementlari bitta berilgan. Matritsa elementlari butun va modul jihatdan 1000 dan oshmaydi.



Chiquvchi ma’lumotlar

m sonni – 1 dan m gacha ustun elementlari yig’indilarini bitta probel bilan ajratib chiqaring.





Kiruvchi ma’lumotlar.

Chiquvchi ma’lumotlar.

1.

3 4

4 -5 6 1


7 1 -8 19

0 10 9 7


11 6 7 27

D.Dastlabki harflar.

Bilag’on bir kuni unga berilgan matnga etibor bilan qarab matndagi har bir so’zning birinchi harflaridan yangi so’z yaratdi.Lekin u ana shu so’zni hech kimga ko’rsatmadi.Uning do’sti Bilmasvoy ushbu so’zni qanday ekanligiga juda qiziqyapti lekin o’zi ana shu matndan foydalanib ana shu so’zni tuzish olmadi. Siz Bilmasvoy uchun ana shu so’zni hosil qiluvchi dastur tuzing.



Kiruvchi ma’lumotlar

Bitta qatorda matn berilgan va uning uzunligi 10000 dan oshmaydi. Matndagi so’z probel bilan ajratilgan.



Chiquvchi ma’lumotlar

Berilgan matndagi so’zlarning dastlabki harflaridan hosil bo’lgan so’zni chiqaring.





Kiruvchi ma’lumotlar.

Chiquvchi ma’lumotlar.

1.

Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Urganch Filiali


TATUUF

2.

North Eastern European Regional Contest


NEERC

3.

International Collegiate Programming Contest


ICPC

E.Eng katta son.

Bilag’on bir kuni Bilmasvoyga NxM lik matritsa berib undagi eng katta son juftmi toqmi deb so’radi.Bilmasvoy matritsani unchalik ham yaxsh tushunmaydi shuning uchun u sizdan unga matritsadagi eng kata sonning juft yoki toqligini aniqlaydig an dastur tuzib berishingizni so’rayapti.Unga yordam bering.



Kiruvchi ma’lumotlar

Kiruvchi malumotlarning birinchi qatorida matritsaning o’lchamlari ikkita butun son N(1<=N<=1000) va M(1<=M<=1000) berilgan.Keyingi N ta qatorda M tadan butun son matritsa elementlari a[i][j](-1000<=a[i][j]<=1000) berilgan.Eng katta son nol bo’lmasligi kafolatlanadi.



Chiquvchi ma’lumotlar

Agar matritsaning eng k atta elementi toq son bo’lsa “Toq” so’zini aks holda esa “Juft” so’zini chiqaring.





Kiruvchi ma’lumotlar.

Chiquvchi ma’lumotlar.

1.

3 4

1 -2 3 2


-9 6 12 -6

8 -3 -7 13



Toq

2.

3 5

1 5 -3 8 -4

-12 7 13 -78 24

0 34 -8 56 34



Juft

3.

2 1

2

-3



Juft

F. Aylana va to’g’ri chiziq.

Ikki o’lchamli koordinatalar sistemasida markazi (x0, y0) nuqatada va radiyusi r ga teng bo’lgan aylana berilgan. Tekislik orqali (x1, y1) va (x2, y2) nuqtalar orqali o’tuvchi to’g’ri chiziq o’tkazilgan. To’g’ri chiziq aylanani kesib o’tadi. Aylana ikkita qismga ajralgan. Bu ikki qismning yuzalarini toping.





Kiruvchi ma’lumotlar

Birinchi qatorda 7 ta butun son – x0, y0, r, x1, y1, x2, y2 sonlari berilgan(1≤r≤5000, -5000≤x0,y0,x1,y1,x2,y2≤5000). (x1,y1) va (x2,y2) nuqtalar ustma-ust tushmaydi. To’g’ri chiziq aylana bilan kamida bitta umumiy nuqtaga ega.



Chiquvchi ma’lumotlar

Aylananing to’g’ri chiziq orqali ajralgan ikkita qismning yuzalarini 10-3 aniqlikda bitta probel bilan ajratib chiqaring. Avval kichik qismnig yuzasi chiqarilsin(qismlar teng bo’lsa buning ahamiyati yo’q).



Misollar



Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

1

5 4 5 -1 -1 11 8

35.274 43.266

G.EKUB

Sizga to’rtta natural a, b, c, d sonlari berilgan. Sizning vazifangiz bu to’rtta sonning EKUB(eng kichik umumiy bo’luvchi) ini topuvchi dastur tuzishdan iborat.



Kiruvchi ma’lumotlar

a, b, c, d sonlari berilgan.(1<=a, b, c, d<=109).



Chiquvchi ma’lumotlar

Shu to’rtta sonning EKUBini chiqaring.





Kiruvchi ma’lumotlar.

Chiquvchi ma’lumotlar.

1

16 24 48 100

4

H.Funksiya.

H funksiya quyidagi ishni bajaradi:






Quyidagi ifodani hisoblang:

F=H(2*x,y*y+2*y+5)+H(y*y,z+x)-x*y*z;

Kiruvchi ma’lumotlar

Uchta butun son x,y va z (1<=x,y,z<=100) berilgan.



Chiquvchi ma’lumotlar

Ifodani qiymatini chiqaring.





Kiruvchi ma’lumotlar.

Chiquvchi ma’lumotlar.

1.

3 4 5


370

I.Yig’indi.

Sizga bir o’lchamli sonli massiv berilgan. Sizning vazifangiz undagi musbat sonlarning yig’indisini topishdan iborat.



Kiruvchi ma’lumotlar

Bitta qatorda bitta butun son n – massiv elementlari soni berilgan(1≤n≤1000). Ikkinchi qatorda n ta butun son – massiv elementlari bitta probel bilan ajratib berilgan. Massiv elementlari qiymatlari -1000 dan 1000 gacha bo’ladi. Massivda kamida bitta musbat son bo’lishi kafolatlanadi.



Chiquvchi ma’lumotlar

Eng katta sof foyda oladigan firma nomini chiqaring.





Kiruvchi ma’lumotlar.

Chiquvchi ma’lumotlar.

1.

4

-4 8 -7 5



13

2.

3

-3 -2 -1


0

J.Joriy baho

Talabalarning ismlari va ularning uchta fandan olgan joriy baholari berilgan.Ana shu joriy baholarga qarab hech bo’lmaganda bitta imtihondan o’tgan talabalarning nomlarini chiqaring.Talabaning joriy bahosi 56 dan past bo’lsa u shu fandan imtihondan o’ta olmagan hisoblanadi.



Kiruvchi ma’lumotlar

Birinchi qatorda bitta butun son N(1<=N<=100) –talabalar soni berilgan.Keyingi N ta qatorda har bir talabaning nomi va uning uchta fandan olgan joriy baholari (1<=s[i].length()<=100, 1<=x[i]<=100, 1<=y[i]<=100,1<=z[i]<=100) probel bilan ajratilgan holda berilgan.



Chiquvchi ma’lumotlar

Hech bo’lmagandan bitta fandan o’tgan talabalarning nomlarini alohida qatorlarda ular berilgan taribda chiqaring.





Kiruvchi ma’lumotlar.

Chiquvchi ma’lumotlar.

1.

3

Abdulla 45 53 67

Sadulla 55 20 45

Xayrulla 70 85 86



Abdulla

Xayrulla



2.

4

Xilola 34 48 50

Zilola 71 80 86

Sinora 75 61 90

Dinora 40 51 50


Zilola

Sinora



3.

2

Nurbek 23 40 42



Durbek 62 58 51

Durbek


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa