18-Savol.
Mas`uliyati cheklangan jamiyatda boshqaruv organlari qaysilar? Normativ-huquqiy hujjatlar asosida fikringizni tahlil qiling.
MAS’ULIYATI CHEKLANGAN HAMDA QO‘SHIMCHA MAS’ULIYATLI JAMIYATLAR TO‘G‘RISIDAgi O`zbekiston Respublikasi qonuni.
IV BOB. JAMIYATDA BOShQARUV
29-modda. Jamiyatning boshqaruv organlari
Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi jamiyat boshqaruvining oliy organi hisoblanadi.
Jamiyatning ustavida jamiyatning kuzatuv kengashini tuzish nazarda tutilishi mumkin.
Jamiyatning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi tomonidan yoki jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi tomonidan amalga oshiriladi. Jamiyatning ijro etuvchi organi jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishiga va, agar tuzilishi jamiyatning ustavida nazarda tutilgan bo‘lsa, jamiyatning kuzatuv kengashiga hisobdordir.
30-modda. Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining vakolatlari
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining vakolatlari jamiyatning ustavi bilan ushbu Qonunga muvofiq belgilanadi.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash, shuningdek tijorat tashkilotlarining boshqa birlashmalarida ishtirok etish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdorini o‘zgartirish;
ta’sis hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish;
jamiyatning ijro etuvchi organlarini tuzish va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
jamiyatning taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash va uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
agar jamiyatning ustavida kuzatuv kengashini tuzish nazarda tutilgan bo‘lsa, uni saylash va uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
yillik hisobotlarni va yillik buxgalteriya balanslarini tasdiqlash;
jamiyatning sof foydasini jamiyat ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash to‘g‘risida qaror qabul qilish;
jamiyat organlarining faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlash (qabul qilish);
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish, auditorlik tashkilotlari hamda ularning xizmatlariga to‘lanadigan haqning eng ko‘p miqdorini aniqlash;
boshqa yuridik shaxslarni, vakolatxonalar va filiallarni tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
jamiyatni qayta tashkil etish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
tugatuvchini tayinlash va tugatish balanslarini tasdiqlash;
ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal qilish.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, uning tomonidan jamiyatning kuzatuv kengashi hal etishi uchun, shuningdek jamiyatning ijro etuvchi organi hal etishi uchun topshirilishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |