Yaimni hisoblash usullari



Download 34,33 Kb.
bet2/2
Sana22.07.2022
Hajmi34,33 Kb.
#837185
1   2
Bog'liq
YAIMNI HISOBLASH USULLARI

IshIab chiqarish usuli — bunda yalpi ichki mahsulot barcha qo’shilgan qiymatlar yig'indisi sifatida aniqlanadi.

Yalpi ichki mahsulot Z '7'7

  1. Xarajatlar usuli — bunda yakuniy iste'molchilarning xarajatlari yig'indisi sifatida aniqlanadi.

Yalpi ichki mahsulot = C + I G Xn
Bu erda S — shaxsiy iste'mol xarajatlari; I— investitsiya xarajatlari ya'ni xususiy ichki investitsiyalar ; G — davlat xarajatlari ya'ni tovar va xizmatlarnin davlat xaridi ; Xn — chet elliklarning xarajatlari, ya'ni sof eksport;
3 ) Daromadlar usuli — bunda yalpi ichki mahsulot barcha yakuniy iste'molchilarning daromadlari yig'indisi sifatida aniqlanadi. Shu bilan birga yalpi ichki mahsulot tarkibiga biznesga egri soliqlar va amortizatsiya ham kiritiladi.
YaIM = amortizatsiya biznesga egri soliqlar + ijara haqi foiz ko'rinishidagi daromadlar + yollanma ishchilarning ish haqi + yakka tartibdagi qo'yi1malardan daromadlar korporatsiya foydasiga soliqlar + dividentlar + korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi.
Ko'p1ar YaIMni iqtisodiyot ahvolini eng yaxshi ko'rsatkichi deb hisoblaydilar. AQSh iqtisodiyot vazirligi tomonidan xar uch oyda hisoblanadigan statistik ma'lumotlar iqtisodiy faoliyat natijalarini yagona qiymat ko'rsatkichida aks ettirishga mo’ljallangan. YaIM ni aniqroq quyidagicha tasavvur etish mumkin:

  • Barcha iqtisodiy agentlarning yalpi daromadi;

  • Tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga xarajatlarning umumiy hajmi.

YaIM iqtisodiyot ahvolini tavsiflashi mumkin, chunki odamlar kam daromadga qaraganda ko’prog'ini afzal ko'radilar. Shunga o’xshash, tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish hajmi qanchalik yuqori bo’isa, shaxsiy, ishlab chiqarish va davlat ehtiyojlarini qondirish darajasi shunchalik yuqori bo’ladi.
YaIM bir vaqtning o'zida ham iqtisodiyotdagi daromadni, ham ishlab
chiqarishga xarajatlar hajmini o’lchaydi, chunki oxir-oqibat bu miqdorlar bir xil: butun iqtisodiyot uchun daromadlar hajmi xarajatlar hajmiga teng bo’lishi lozim. Bunga ishonch hosil qilish uchun, biz milliy hisobchilikni, YaIM va u bilan bog'1iq boshqa bir qator ko’rsatkichlarni o'lchashning statistik tizimini o’rganishimiz lozim.
YaIM iqtisodiyotdagi pul oqimlarini ifodalaydi. Biz uni ikki usul bilan hisoblashimiz mumkin. YaIM — bu non ishlab chiqarishdan olingan yalpi daromad bo'1ib, u ish haqi va foyda yiqindisiga teng- pullar doiraviy aylanish chizmasining yuqoridagi yarmi. Shu bilan bir vaqtda, YaIM — bu nonni sotib olishga qilingan xarajatlarning umumiy hajmidir-pullar doiraviy aylanish chizmasining pastki yarmi. Shunday qilib, biz yo firmalardan uy xo’jaliklariga pullar oqimini yoki uy xo'ja1iklaridan fırmalarga pullar oqimini olishimiz mumkin.
Daromadlar va xarajatlar tengligi hisobga olish qoidalaridan kelib chiqadi: mahsulotlarni sotib olishga barcha xarajatlar albatta bu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarning daromadi hisoblanadi. Bu qoidaga muvofıq, xarajatlar hajmi o’zgarishi yuz beradigan xar qanday bitim natijasida daromad o'zgarishi ham yuz beradi va daromad o’zgarishiga olib keluvchi xar qanday bitim natijasida xarajatlar hajmi o’zgarishi yuz beradi. Faraz qilaylik, masalan firma uy xo’jaliklariga 1 ta nonni ko’proq ishlab chiqaradi va sotadi. Bu operatsiyada nonga xarajatlarning umumiy miqdori ko'payadi, biroq bunda daromadlarning umumiy hajmi ham o’zgaradi. Agar fırmaga qo'shimcha nonni ishlab chiqarish uchun qo’shimcha xodimlarni yollash talab etilsa, unda ish haqining umumiy miqdori oshadi. Agar firma qo'shimcha nonni qo'shimcha xodimlarni jalb etmay ishlab chiqarsa (ishlab chiqarish jarayonini samaraliroq qilib), unda foyda ko'payadi. Ikkala holda ham xarajatlar ham, daromadlar ham bir xil miqdorga ko’payadi.
Faqat non ishlab chiqarilayotgan gipotetik iqtisodiyotda biz YaIMni nonni sotib olishga qilingan barcha xarajatlarni qo’shib oddiygina hisoblashimiz mumkin. AQSh YaIMni hisoblash ancha qiyin vazifani o’zida aks ettiradi. Bunday yirik va murakkab iqtisodiyotda YaIMni hisoblashda tovar va xizmatlarga qilingan xarajatlarni to’g’ridan to’g'ri qo’shiladi deb fıkr yuritib bo'lmaydi. Bu kitobda biz YaIMni hisoblashning to'liq uslubiyatiga kirib bormasakda, YaIM tushunchasi haqida to’g'ri tasavvurga ega bo'lish uchun uni shakllantirishning asosiy tamoyillarini bilish kerak.
Faraz qilaylik,faqat bitta tovar turi ishlab chiqarilayotgan iqtisodiyotda firma nonni ishlab chiqarishni ko’paytirish uchun qo’shimcha ishchilarni yollaydi, ularga ish haqi to'laydi, keyin esa qo’shimcha ishlab chiqarilgan nonni firma sota olmaydi. Bu YaIM miqdoriga qanday ta'sir etadi?
Bu savolga javob sotilmay qolgan non bilan nima yuz berishiga bog'liq. Bir tomondan, agar non tashlab yuborilgan bo'lsa, unda firmaning foydasi qo'shimcha
to'langan ish haqi miqdoriga kamayadi- firma ish haqi sifatida katta miqdorni to'ladi, biroq o'zi uchun bundan hech qanday naf olmadi. Bu operatsiya xarajatlar hajmiga ham, daromad darajasiga ham ta'sir ko’rsatmaganligi sababli YaIM miqdori (uning ish haqi ulushiga to’g’ri keladigan qismi endi ko’p, foyda hissasiga to’g’ri keladigan qismi kam bo’lishiga qaramay) o'zgarmay qoladi. Boshqa tomondan, agar non uni keyinroq sotish uchun zahiraga olib qo'yilgan bo’isa, unda milliy hisobchilik tamoyillariga muvofıq, bu operatsiya boshqacha hisobga olinadi. Bu holda foyda qisqarmaydi, chunki bu firma egalari firma zahiralari uchun non “sotib olishi” bilan bir xildir. Shunday qilib, YaIM miqdori ortadi: yuqoriroq ish haqi tufayli daromad oshadi, zahiralar jamg'arilishi sababli esa xarajatlar miqdori ko'payadi.
Umumiy qoida shundan iboratki, firma tovarlar zahiralarini ko’paytirganda, zahiralarga investitsiyalar hajmi ham xarajatlar tarkibiga, ham daromadlar tarkibiga kiritiladi. Shunday qilib, agar ishlab chiqarish natijasida zahiralar qo'shimcha o'sishi yuz bersa, bunda YaIM xuddi bevosita sotish uchun ishlab chiqarilgani kabi ortadi.
Biz YaIM tahlilini iqtisodiyotda ishlab chiqariladigan yagon tovar non hisoblangandagi taklifdan boshladik. Haqiqatda esa iqtisodiyotda sezilarli miqdordagi turli-tuman tovarlar va xizmatlar: non, gamburgerlar, avtomobillar, sartaroshlik xizmatlari va shu kabilar ishlab chiqariladi. YaIMda bu turli tovarlar qiymati bitta yig'i1gan ko'rsatkichda ifoda etiladi. Iqtisodiyotda ishlab chiqarilayotgan tovarlarning turli-tumanligi YaIMni hisoblashni qiyinlashtiradi, chunki barcha bu tovarlar turli qiymatga egalar.
Faraz qilaylik, misol uchun, iqtisodiyotda uchta apelsin va to'rtta olma ishlab chiqariladi. Biz YaIMni qanday hisoblaymiz? Biz olma va apelsinlar miqdorini oddiygina qo’shib, YaIM mevalarning etti birligiga ega deyishimiz mumkin. Biroq bu faqat olmalar va apelsinlar bir xil qiymatga ega bo'1gan holdagina ma'noga ega bo'lishi mumkin, bu esa noto’g’ri. (bu misol agar biz iqtisodiyotda to’rtta tarvuz va uchta greypfrut ishlab chiqariladi deb faraz qilganimizda yanada yaqqolroq bo’lardi).
Turli tovarlar umumiy qiymatini hisoblash uchun biz ular qiymatini ifodasi sifatida ularning bozor narxini qo'1laymiz. Bozor narxi qo'llanilishining sababi, u odamlar muayyan tovar yoki xizmatlar uchun to'1ashga tayyor bo'1gan pul miqdorini o’zida aks ettiradi. Agar olsalar donasi 50 tsent tursa, apelsinlar esa donasi 1 dollar tursa, unda YaIM quyidagiga teng bo'1adi:

YaIM = (olma narxi *olsalar miqdori) + (apelsin narxi * apelsinlar miqdori)=


= (0,50*4) (1,00*3)= 5,00
YaIM 5 dollarga teng, ya'ni barcha olsalar qiymati (2 dollar) qo’shuv barcha apelsinlar qiymati (3 dollar)
Ko'plab tovarlarni ishlab chiqarish bir qancha bosqichlardan o’tadi: bir firmada xom ashyo oraliq mahsulotlarga aylanadi va keyin boshqa firmaga tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun sotiladi.Biz bunday tovarlarni YaIMni hisoblashda qanday hisobga olishimiz lozim? Faraz qilaylik fermer MakDonaldsga 0,50 dollarga go’shtning chorak funtini sotadi, MakDonalds esa keyin Sizga gamburgerlarni 1, 50 dollardan sotadi. YaIM da ham go'shtni, ham gamburgerni qiymati (2 dollar miqdorida) hisobga olinishi lozimmi yoki faqat gamburger qiymati (1, 5 dollar) mi?
Bu savolga javob quyidagicha bo'ladi: YaIMga faqat yakuniy mahsulotlar qiymati kiritiladi. Shunday qilib, gamburger qiymati YaIMning bir qismi hisoblanadi, go'sht qiymati esa yo’q; YaIM 2 dollarga emas, faqat 1,5 dollarga ko'payadi. Buning sababi shundan iboratki, oraliq mahsulotning qiymati yakuniy mahsulot qiymatiga kiritib bo'lingan. Oraliq mahsulot qiymatini yakuniy mahsulot qiymatiga qo'shish ikki marta hisobga olishga olib keladi-ya'ni bita go’sht ikki marta hisobga olingan bo'ladi. Shunday qilib, YaIM- yakuniy mahsulotva xizmatlar umumiy qiymati.
Download 34,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish