Yahudiylik
Yahudiylik
mavzusidagi maqolalar
Kategoriya
Yahudiylar · Yahudiylik ·
Maz hablar
Yahudiy f alsaf a
Diniy mat nlar
Muqaddas shaharlar
Muhim shaxslar
Hayot t arz i
Ravvin
Sinagog
Yahudiylik va boshqa dinlar
Antisem itizm ·
Filosem itizm
·
Yeshiva
Xolokost
Iudaizm, iudaizm — asosan, yahudiylar
oʻrtasida tarqalgan eng qad. dinlardan biri.
Mil. av. 1ming yillik boshlarida Quddus
(Falastin)da vujudga kelgan. Arabiston
yarim orolningshimolida koʻchib yurgan
yahudiy qabilalari mil. av. 13-asrda
Falastinni bosib oldilar va mil. av. 10-asrda
Isroil — Yaxudiya davlatini tuzdilar. I. ana
shu qabilalarning diniy urf-odatlari va
Falastin xalqparining ayrim eʼtiqodlarini
oʻzida mujassamlashtirgan. I. nomi Yahudo
(Iuda) kabilasining nomidan olingan.
Dastlab I. koʻpxudolik (politeistik) dini
boʻlgan. Mil. av. 10—6-asrlarda I.
yakkaxudolik (monoteistik) dinga
aylangan. Olamni yaratuvchi xudo Yaxvega
eʼtiqod qilish, Yaxve va yaxudiylar
oʻrtasidagi ahs (shartnoma)ga shak
keltirmaslik, yahudiylar xudoning mumtoz
bandalari ekaniga, Muso (Moisey) ning
paygʻambarligiga va unga ilohiy kitob
Tavrot yuborilganligiga, narigi dunyoga,
mahdiy (messiya)ning kelishiga, oxirat kuni
barchaning tirili-shiga, jannat va doʻzaxga,
gunohkorlarning jazolanishi va savob ish
qilganlarning ragʻbatlantirilishiga ishonish
I.ning asosiy aqidalaridir. I. dinida xilmaxil
ibodatlar, duolar, urf-odatlar, roʻza tutish,
.xatna qilish, oziq-ovqat sohasidagi
taqiklar, shanba kuni hech qanday ish bilan
shugʻullanmaslik, diniy soliklar va yigʻimlar
kabi talablar juda qatʼiy qilib qoʻyilgan.
I.ning asosiy diniy kitoblari — Tavrot va
Talmudsa belgilangan bun-day
koʻrsatmalar orqali dindor yahudiylarning
turmushi, axloqiy va huquqiy hayoti nazorat
ostiga olingan.
Fanda I.ning 4 bosqichi aniqlangan: eng
qadimiy I. (Bibliya davri), klassik I. (mil. av.
536 — mil. 70-yillar), ravvinlar davri va
yangi davr I.i (modernistik I.). Eng qadimiy
I., dastlab Falastindagi ikki davlat — Isroil
va Yaxudiya davlatlari (mil. av. 11 — 10-
asrlar)ning , keyinroq ular birlashgach,
yagona yahudiy davlatining dini boʻlgan. Bu
davr Tavrot (Tora)da aks etgan.
Tadqiqotlarda aniqlanishicha, uning
tarkibiga kirgan matnlar ogʻza-ki tarzda
mil. av. 11—6-asr oʻrtasida shakllangan.
Mil. av. 5-asrda yozib olingan. Bundan
keyin I.ning klassik davri boshlanadi. Mil.
av. 586 y. yangi Bo-bil podshosi
Navuxodonosor 11 Yaxudi-yani yakson
qildi, salkam 30 ming yahudiyni asirga oldi.
50 y. davom etgan "Bobil asirligi" va undan
keyingi davrlarda minglab yahudiylar
Falastinni tark etdilar. "Kdsimgi axd"
matnlarining asosiy qismi ana shu davrda
yozilgan. Mil. 70-y. Quddus
ibodatxonasining qulashi va Talmudning
yozilishi orasidagi vaqt ravvinlar davridir.
Yahudiy ruhoniylari Tavrotni talqin va tavsif
qilish jarayonida vujudga kelgan
Talmudning oxirgi tahriri ikki variantda:
Quddus Talmudi — 4-asrda, Bobil Talmudi
— 5-asrda eʼlon qilindi.
7—17-asrlarda yahudiy ruhoniylari
(ravvinlar) diniy yozuvlar — Tavrot va
Talmudni targʻib qilishni davom ettirdilar.
Bu davrni aks ettirgan juda koʻp ravvin
adabiyoti vujudga kelgan. 18-asrdan diniy
talablarni davrga moslashtirish,
soddalashtirish va yengillashtirish
harakatlari avj oldi.
I.da qadim zamonlardan boshlab, xilma-xil
mazhablar va oqimlar vujudga kelgan, ular
oʻrtasida keskin kurash borgan. Mil. av. 2-
asrdan milodning 2-asrigacha farisey,
saddukey, yes-sey, qumronlar jamoasi kabi
oqimlar vujudga kelgan. Ortodoksal I. bilan
bu mazhablar oʻrtasida kurash borgan.
Milodning 1—2-asrlarida ortodoksal I.ga
muxolif boʻlgan ayrim oqimlar (yahudiy-
xristian sektalari)ning borgan sayin I.dan
yiroklashib borishi jarayenida xristian dini
mustaqil din sifatida ajralib chiqqan
(qarang Xristianlik).
I.ga eʼtiqod qiluvchilar 18 mln.ga yaqin,
ularning uchdan bir qismi AQSH dadir.
[1]
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Dunyo dinlaridan biri haqidagi ushbu
maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Manbalar
Soʻnggi tahrir 12 oylar avval PlanespotterA320 tomonidan amalga oshirildi
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index.
php?
title=Yahudiylik&oldid=2069144
"
dan olindi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Do'stlaringiz bilan baham: |