Monopoliya
Monopoliya atamasining kelib chiqishi
bozorga oid tushunchalardan (yaʼni,
grekcha „monoc“ — yagona, bitta va
„poleo“ — sotaman) tarkib topsada, uning
iqtisodiy asoslari aslida ishlab
chiqarishga borib taqaladi. Monopoliyani
quyidagicha taʼriflash oʻrinli:
monopoliya — monopol yuqori narxlarni
oʻrnatish hamda monopol yuqori foyda
olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va
yaxlit makroiqtisodiyot ustidan
hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik
korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning
birlashmalari.
Monopoliya (yun. mono — tanho, poleo —
sotaman) — iqtisodiyotning bir sohasida
tanho hukmronlik; bozorni tashkil etish
shakli. Bunday bozorlarda yagona
sotuvchi oʻz tovari bilan fa-oliyat
koʻrsatadi, boshqa tarmoqlarda bunday
tovarning oʻrinbosari boʻlmaydi. M. ishlab
chiqarish vositalari, ish kuchi va
yaratilgan mahsulotlar asosiy qismining
ozchilik korxonalar, so-hibkor shaxslar
yoki davlat qoʻlida toʻplanishi natijasida
paydo boʻladi. M. koʻrinishlari qadimdan
mavjud. Noyob mahsulot yetishtiriladigan
yerlar, konlar, suv havzalari, oʻrmonlar va
boshqa tabiiy manbalar ozchilik qoʻlida
toʻplanib, egalariga monopol mavqe
bergan, ular maʼlum mahsulotni
bozorgatanho yetkazib beruvchilarga
aylanib, u yerda hukmron boʻlganlar. M.
oʻz tabiatiga koʻra ishlab chiqarish da
turgʻunlik paydo qiladi, chunki monopol
mavqega tayanib, sarflarni kamaytirmay
foyda koʻrish, raqobatning yoʻqligi yoki
zaifligidan foydalanib bozorga oʻz izmini
oʻtkazish mumkin. M. bozor
munosabatlarini cheklaydi, shu sababli
hatto bozor iqtisodiyoti hukmron
davlatlar mono-poliyaga qarshi
choratadbirlarni koʻradilar. M.ning asosiy
shakllari — kartel, sindikat, trest,
konsernlar hisoblanadi.
[1]
Monopoliyalar vujudga kelishining
moddiy asosi ishlab chiqarishning
toʻplanishi hisoblanadi. Ishlab
chiqarishning toʻplanishi ishlab chiqarish
vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot
ishlab chiqarish hajmining yirik
korxonalarda toʻplanishini namoyon
etadi.
©GM Uzbekistan
Manbalar
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-
yil
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Iqtisodiyot va moliyaga oid ushbu
maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Monopoliya&oldid=2030228
"
dan olindi
So‘nggi tahrir 11 oylar avval anonim foydalanuvchi tomonidan amalga oshirildi
Do'stlaringiz bilan baham: |