Bog'liq Yadroviy zanjir reaksiyalari, yadro rektori.Yadroviy zanjir reaksiyalari, yadro rektori.
Bo’linish reaksiyasi. Zanjir reaksiya. Yadro reaktori Bir kimyoviy elementning boshqa kimyoviy elementga aylanishi yadrodagi ichki jarayon, ya’ni atom yadrolari ichida ro’y beradigan o’zgarishlar sababli bo’ladi. Shu munosabat bilan atom yadrolariga ta’sir qilib, bir kimyoviy elementlarni boshqalariga sun’iy aylantirish uchun urinib ko’rildi. Bunday ta’sirning effektiv vositasi atom yadrolarini katta energiyali (bir necha milliondan o’n milliard elektron - voltlargacha) zarrachalar bilan bombardimon qilishdir.
Dastlab bombardimon qiluvchi zarrachalar sifatida radioaktiv nurlanishning - zarrachalaridan foydalanilgan. Keyinchalik, maxsus tezlatgichlarda, masalan, siklotronlarda juda katta tezlik (kinetik energiya) berilgan boshqa zarrachalarni ham qo’llanila boshlandi. Bundan tashqari endilikda yadro reaktorlarida hosil qilinadigan zaryadlangan va neytral zarrachalar oqimidan ham foydalaniladi.
Atom yadrolarining tez elementar zarrachalar (yoki boshqa atomlarning yadrolari) ta’siri sababli bo’ladigan aylanish jarayoni yadro reaksiyasi deb ataladi.
Birinchi sun’iy yadroviy reaksiyani 1919 yilda Rezerford amalga oshirdi, u azot atomlari yadrolarini kislorod izotopi yadrolariga aylantirdi; bombardimon qiluvchi zarrachalar sifatida tabiiy radioaktiv nurlanishning - zarrachalaridan foydalandi. Reaksiyani azot bilan to’ldirilgan Vilson kamerasida o’tkazildi. - yoritishdan keyin kameraning ishchi hajmida kislorod izotopi atomlari va vodorod atomi yadrolari, ya’ni protonlar hosil bo’ldi.
Neytronni payqashga olib kelgan yana bir yadro reaksiyasini (1932 yilda ingliz fizigi Chedvik o’tkazgan) qarab chiqaylik. Berilliy plastinkasini - zarralar bilan bombardimon qilganda berilliy yadrosi - zarrani o’ziga qo’shib oladi va n neytronni chiqarib, uglerod yadrosiga aylanadi
Faqat uyg’ongan yadrogina ikki qismga bo’linishi yoki parchalanishi mumkin. Yadroni uyg’otish uchun masalan, uni zarralar yoki protonlar bilan otish (bombardimon qilish) usuli bilan unga yetarlicha energiya (uyg’onish energiyasi) sarflash zarur. Avval qayd qilinganidek, eng katta effektiv “snaryadlar” neytronlardir, chunki ular elektr jihatdan neytral bo’lgani uchun yadro tomonidan elektrostatik itarishga duch kelmaydi.
1938-1939 yillarda bir qancha olimlarning ishlari tufayli neytronlar bilan bombardimon qilinayotgan uran yadrosining bo’linish reaksiyasi kashf qilindi. Yadroning tomchi modeliga asoslanib, bu reaksiyani quyidagicha bayonlash mumkin.
Neytron ni o’ziga qo’shgan uran yadrosi uyg’ongan bo’lib qoladi va deformasiyalanadi. Agar uyg’onish unchalik katta bo’lmasa, u vaqtda yadro fotonlar yoki neytron chiqarish yo’li bilan oshiqcha enegiyadan ozod bo’lib, turg’un holiga qaytadi. Agar uyg’otish energiyasi yetarlicha katta bo’lsa, u vaqtda yadroda ikkiga bo’linayotgan suyuqlik tomchisining ikki qismi orasidagi cho’zilishga o’xshash cho’zilish (yoyilish) paydo bo’ladi.
Cho’zilayotgan yadroning juda ingichka qismida ta’sir qilayotgan yadro kuchlari endilikda yadroning bir xil ishorali zaryadlangan qismlarining kulon itarishish kuchlariga qarshi turolmaydi. Natijada cho’zilgan yadro uziladi va qarama-qarshi tomonga katta tezlik bilan uchib ketadigan ikkita (parchaga) yemiriladi. Bundan tashqari bo’linish momentida yadrodan.