Yadrosiz zona


Bir mamlakat xavfsizligi boshqa davlat hisobidan ta’minlanishi mumkin emas!



Download 40,94 Kb.
bet2/3
Sana05.07.2021
Hajmi40,94 Kb.
#109745
1   2   3
Bog'liq
9-seminargatayyorgarlik

Bir mamlakat xavfsizligi boshqa davlat hisobidan ta’minlanishi mumkin emas!


 Dunyo miqyosida terrorizm, ekstremizm, narkobiznes, ommaviy qirg‘in qurollari tarqalishiga va boshqa xavf-xatarlarga qarshi keng miqyosda kurash olib borilayotir. Ayni paytda yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaga 182 ta davlat imzo chekkan bo‘lib, ulardan 153 tasi, shu jumladan, AQSH, Rossiya Federatsiyasi va Fransiya uni ratifikatsiya qilgan.

Shartnomada qayd etilganidek, 44 mamlakat yadro salohiyat va texnikasiga egadir. Ushbu hujjatning o‘zi hanuzgacha kuchga kirgani yo‘q. 1996 yildan shartnomaning tayyorgarlik komissiyasi ish olib boryapti. Byudjet mablag‘i 120 million dollarga teng. Bu idorada 260 ga yaqin xodim faoliyat yuritmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1989 yildan buyon yadro sinovlari o‘tkazilmayotir. Dalil va raqamlar shuni ko‘rsatadiki, AQSH 1032 ta (1945-1992), sobiq Sovet Ittifoqi 715 ta (1949-1990), Buyuk Britaniya 45 ta (1952-1991), Fransiya 210 ta (1960-1996), XXR 45 ta (1964-1996) yadro quroli sinovini amalga oshirgan. Bu ko‘rsatkich 1945 yildan 1996 yilgacha 2 mingtadan ortiqqa teng. 1996 yilning sentyabrida shartnoma imzolanishiga bir bahya qolgan paytda 10 ga yaqin yadro quroli portlashlari o‘tkazilgan.

Yadrosiz hududlar xususida so‘z borganda, hozir ular soni 6 taga yetganligini ta’kidlash joiz. Bular - Antarktikada (1959 yildagi shartnoma), Lotin Amerikasida (1967 yildagi Tlatelolko shartnomasi), Tinch Okeanining Janubiy qismida (1985 yildagi Rorotonga (Rorotonga) shartnomasi), Janubiy-Sharqiy Osiyoda 1995 yildagi Bangkok shartnomasi), Afrikada (1996-yildagi Pelindaba shartnomasi) va nihoyat, Markaziy Osiyoda (2006 yil Semipalatinsk shartnomasi).

O‘zbekiston 1992 yilning may oyida Markaziy Osiyo respublikalari orasida birinchi bo‘lib yadro qurollarini tarqatmaslik shartnomasini imzolagan. Hozirgi zamon voqeligi shundayki, bir mamlakatning xavfsizligi boshqa davlat hisobidan ta’minlanishi mumkin emas. Mintaqa xavfsizligini butun jahon xavfsizligi muammolaridan ajralgan holda ko‘rib bo‘lmaydi. Shunga asoslanib, O‘zbekiston yadro qurolining batamom tugatilishi uchun, yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaning samarali harakat qilishi va uning hech bir muddatsiz uzaytirilishi uchun harakat qiladi. O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasining yadrosiz zona deb e’lon qilinishining qat’iy tarafdoridir.

O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish bo‘yicha da’vati mintaqa davlatlarining yadrosiz rivojlanish hamda ommaviy qirg‘in qurollarining nazoratsiz tarqalishi tahdidlariga qarshi faol kurash yo‘lidagi hayotiy manfaatlariga to‘liq javob beradi. 2014-yilning 6 may kuni BMTning Nyu-York qarogohida besh yadroviy davlat – AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, XXR va Rossiya davlatlari tomonidan Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona barpo etish haqidagi shartnomaga ko‘ra xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi protokol imzolandi. Mazkur olamshumul hujjat, bu – Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash va yadroviy qurollarning global tarzda tarqalishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Barcha yadro quroliga ega davlatlar bilan ilk marotaba bir vaqtning o‘zida bu protokolning imzolanishi jahon tajribasida hali kuzatilmagan. Yadro qurolidan xoli zonaning tashkil etilishi mintaqa tinchligi va xavfsizligi ta’minlanishining muhim omili bo‘ldi.

Yadro qurolidan holi hudud bu xavfsizlik kafolatidir.

Markaziy Osiyodagi O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlatlari endi shartnomada ko‘zda tutilganidek, yadro qurollarini ishlab chiqarish, sotib olish, joylashtirishga qarshi shartnoma majburiyatiga qat’iy rioya qiladi. Tomonlarga yadro energetikasini tinch maqsadda rivojlantirish huquqi berilgan.

1997-2002 yillarda BMTning qurolsizlanish masalalari va xalqaro atom energiyasi tashkiloti –MAGATEning ekspertlari ishtirokida Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli zonaga aylantirish masalasi bo‘yicha Jeneva, Ashxobod, Toshkent, Sapporo va Samarqand shaharlarida amaliy uchrashuv o‘tkazildi.

Markaziy Osiyo mintaqasi Shimoliy Yarim shardagi birinchi yadro qurolidan xoli hudud ekanligini alohida ta’kidlash lozim. Bu makon quruqlik bilan o‘ralgan bo‘lib, dengizga chiqishning imkoni yo‘q. Qolaversa, yadro quroliga ega Rossiya va XXRdek ikki
qudratli mamlakatlar bilan chegaradoshdir. Shuningdek, yadro quroli bor mamlakatlar ro‘yxatida turgan Hindiston va Pokistonga ham tutashgan.

O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan tashabbus BMT xavfsizlik kengashida 2004 yili qabul qilingan 1540 rezolyutsiyasi yadro qurolini sotib olish va tarqatish, yadro, kimyoviy qurollar hamda ularning terrorchilar qo‘liga borib yetmasligining oldini olishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

O‘zbekiston 2011 yilning mart oyidan buyon Markaziy Osiyo yadro qurolidan xoli hudud shartnomasini tadbiq etish masalasi bo‘yicha koordinatorlik vazifasini bajarib kelayotganligini unutmaslik darkor.

Markaziy Osiyo yadro qurolidan xoli hudud shartnomasini ratifikatsiya qilish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2007 yilning 26 yanvarida qonun qabul qilindi. 2007 yilning 30 martida Senat tomonidan mazkur qonun ma’qullangan. 2007 yilning 2 aprelida “Markaziy Osiyo yadro qurolidan xoli zona to‘g‘risida”gi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirdi.

Download 40,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish