Xavfsizlik prinsipi. Bir foydalanuvchi resurslarini boshqa foydalanuvchidan himoyani, va hamma tizimni resurslarni faqat bitta foydalanuvchi egallab olishidan himoyani ko`zda tutadi., bundan tashqari bu printsip o`z ichiga, xuquqsiz murojaatdan himoyani ham oladi. NCSC (National Com`uter Security Center), 198y chiqarilgan “oranjivaya kniga” ga asosan, tizimlar 7 ta kategoriyaga: D, C1, C2, B1, B2, B3, A1 ga bo`linadi, bu yerda A maksimal ximoyalangan tizimdir. Aksariyat ko`pgina zamonaviy OT lar S2 sinfga mansubdir. Bu sinf quyidagilarni tahminlaydi.
Foydalanuvchini yagona nom va parol bilan tizimga kirishga imkon beradigan, maxfiy kirish vositalari. Resurs egasiga, uning resursidan foydalanishga kimning xuquqi bor-yo`qligini aniqlaydigan murojaatni tanlab nazorat qilish. Hisobga olish va kuzatish (audio) vositalari, ular tizimli resurslarga murojaat va tizim xavfsizligi bilan bog`liq bo`lgan xodisalarni aniqlash va to`ishga imkonni tahminlaydi. A sinfi tizimni, ma’lum xavfsizlik ko`rsatkichlariga formal, matematik jixatdan mosligini isbotlashini talab qiladi. A sinfida, xavfsizlikni boshqarish mexanizmi, protsessor vaqtining 90% ini band qiladi. OT da himoyani ta’minlashni bir nechta yo`nalishi amalga oshiriladi. Ulardan biri, `rotsessor ishini ikki kontekstda olib borish, ya’ni vaqtning har bir onida `rotsessor OT tarkibidagi dasturni yoki Ot tarkibiga kirmaydigan amaliy yoki xizmatchi dasturni bajarish mumkin. Har qanday bo`linadigan resurslarga foydalanuvchi va xizmatchi dasturlar tomonidan bevosita murojaatni tahqiqlash uchun, mashina kodlari tarkibiga, resurslarni taqsimlovchi va foydalanishni boshqaruvchi maxsus imtiyozli komandalar kiritiladi. Bu komandalarni faqat OT ga bajarish ruxsat etiladi. Ularning bajarilish nazorati apparat qismi tomonidan bajariladi. Bunday komandani bajarishga xarakat qilingan holda uzilish ro`y beradi, va protsessor imtiyozli rejimga o`tkaziladi. Himoya prinsipini amalga oshirish uchun, operativ xotiradagi dastur matni va ma’lumotlarni himoya qilish mexanizmidan foydalaniladi. Bunda eng Ko`p tarqalgan usul-kontekst himoyalanishidir. Dasturlar va foydalanuvchilar uchun xotiraning ma’lum qismi ajratiladi, va bu chegaradan chiqilsa himoya bo`yicha uzilish ro`y beradi. Nazorat mexanizmi, apparat tarzda, registrlar chegaralanganligi va xotira kalitlari asosida amalga oshiriladi. Fayllarda ma’lumotlarni saqlashning har xil himoya usullari qo`llaniladi.
Xulosa
OT uchun xos bo`lgan boshqa funksiyalar, xabarni o`zaro uzatish orqali muloqat qiluvchi, modulli qo`shimcha-jarayonlar sifatida loyihalanishi mumkin. Amalni bajarish uchun talabnoma olib, foydalanuvchi jarayoni (klient), xizmat qiluvchi jarayoniga (serverga) talabnoma jo`natadi, u o`z navbatida ishlov berib, javob qaytaradi. OT ni bo`laklarga bo`lish oqibatida, bo`laklarning har biri tizimning bir elementini boshqaradi, va har bir bo`lak kichik va boshqariluvchan bo`lib qoladi. Hamma serverlar foydalanuvchi rejimida jarayon kabi ishlagani uchun, ular qurilmalarga bevosita murojaat qila olmaydilar, shuning uchun tizim buzilishlarga qat’iy bo`lib qoladi. OT ning ba’zi funktsiyalari, m-n, kiritish-chiqarish qurilmalari registriga komandalarni yuklashni foydalanuvchi makonidagi dasturlardan bajarish amalda mumkin emas. Yechimlardan biri shundan iboratki, serverning kritik jarayonlari (m-n, qurilma drayverlari), yadro rejimidan ishga tushiriladi, ammo boshqa jarayonlar bilan axborotlarni uzatish ana’naviy sxemasi bo`yicha bog`lanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Таненбаум Э. Современные операционные системы – СПб.: Изд. Питер, 2002.
2. Satto’po’v A Info’rmatika va axbo’ro’t texno’lo’giyalari. To’shkent. "O’qituvchi". 2002 y
3.Ahmedo’v A, To’ylo’qo’v N. Info’rmatika. To’shkent. ―O’zbekisto’n. 2002 y 4. Леонтьев В.П. Новейшая энциклопедия персонального компьютера. –М:
5. www.google.com
6. www.wikipediya.com
7. www.habr.com
Do'stlaringiz bilan baham: |