Bog'liq Kichik koptok,granata,disk,yadro va nayza uloqtirish texnikalari
Disk uloqtirish texnikasini o‘rgatish uslubiyati Disk uloqtirishni aylanishga yaroqli qattiq tekis erda yoki musobaqa qoidasiga binoan tayyorlangan uloqtirish doirasida o‘rgatiladi.
Disk uloqtirish o‘rgatilayotganda ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish zarur. Mashg‘ulot jarayonida disk faqat bir tomonga uloqtiriladi. Disk uloqtirish joylari iloji boricha bir-biridan olisroq bo‘lishi lozim.
Guruh bo‘lib o‘rgatish vaqtida, musobaqa qoidasida ko‘rsatilganidek, uloqtirish doirasini va shu doiradan belgilangan masofani arg‘amchi yoki sim to‘r bilan o‘rab olish maqsadga muvofiqdir.
Bordi-yu, uloqtirish uchun o‘ralgan doiralar bo‘lmasa, u holda disk navbatma-navbat uloqtirilishi va diskni olish uchun harakat qilishga faqat uloqtirish tugagandan keyingina ruxsat berish lozim.
Quyida o‘rgatish vazifalari va ularni bajarish uchun zarur bo‘lgan vositalar hamda uslubiy ko‘rsatmalar berilgan.
1-vazifa. SHug‘ullanuvchilarni disk uloqtirish texnikasi bilan tanishtirish.
Vositalari:
1. Disk va uni uloqtirish qoidalari bilan tanishtirish.
2. Doirada tanishtirish, diskni uloqtirishni ko‘rsatish va tushuntirish.
3. Ko‘rgazmali qurollar orqali (kinogramma, o‘quv filmlari, kinohalqalar) namoyish etish.
4. Talab me’yorlari (razryad, o‘quv me’yorlari, reyting talablari) bilan tanishtirish.
5. Erishilgan rekord darajalari bilan tanishtirish.
6. Disk uloqtirish natijasi bilan bog‘liq omillar bilan tanishtirish.
7. Disk uloqtirish fazalari, ularning ahamiyati bilan tanishtirish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Disk uloqtirish joyi bilan tanishtirish. Disk qaysi materiallardan iboratligini tushuntirish, musobaqa qoidasining shug‘ullanuvchilar bilan ijro etilishiga e’tibor qaratish. Texnika xavf-sizligi qoidalarini tushuntirish.
2-vazifa. SHug‘ullanuvchilarni disk ushlash va uloqtirishga o‘rgatish.
Vositalari:
1. Diskni ushlash usulini ko‘rsatishni tushuntirish.
2. Qo‘lni disk bilan tebratish.
3. Diskni erda dumalatish.
4. Diskni yuqoriga otish.
5. Uloqtirish yo‘nalishiga qarab oyoqlar elka kengligida turadi. Disk chap qo‘l bilan oldida ushlagan holda o‘ng qo‘l yuqorida. Disk bilan o‘ng tomonga tebranib, keyinchalik oldinga uloqtirish.
6. D.h. – yuqoridagidek. Tebranish kengligi, belning burilishi va bir vaqtning o‘zida oyoqni egish hisobiga oshirish.
7. Uloqtirish yo‘nalishiga qarab turgan holatdan diskni uloqtirish. CHap oyoq oldinda, o‘ng – orqada.
8. Disk bilan har xil tebranishdagi figuralarni (sakkizlik va h.k.) bajarish.
9. 5-6-7 mashqlarni har xil predmetlar bilan: yog‘och, tosh, supurgi, shtanga bo‘lagi va b.q. bilan bajarish.
10. Tezkorlikni rivojlantiruvchi mashqlar berish.
11. Kuchni rivojlantiruvchi mashqlar berish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Diskni ushlashda barmoqlar holatiga e’tibor berish. Diskni chiqarishda ko‘rsatkich barmoqqa va diskning soat millari bo‘yicha aylanishiga e’tibor berish. Disk uloqtirish tomoniga (o‘ngga) yarim doirada turib uloqtirish, oyoqlarni elka kengligidan kengroq, qaddini tiklash, tovonlarni bir oz yon tomonga ochishga e’tibor qaratish.
3-vazifa. Final kuchlanishi fazasiga (qaytishdan keyingi, tugallovchi harakatga) o‘rgatish.
Vositalari:
1. Uloqtirish yo‘nalishiga chap tomon bilan turgan holatda diskni uloqtirish.
2. SHuning o‘zini uloqtirish yo‘nalishiga orqa bilan turgan holatda uloqtirish.
3. SHuning o‘zini o‘ng oyoqda turgan holatda chap oyoqni erga tushirish bilan uloqtirish.
4. Predmetsiz va predmetlar bilan final kuchlanishi fazasini taqlid qilish.
5. O‘ng oyoqda turib, chap oyoqni erga qo‘ymasdan diskni uloqtirish.
6. Xuddi shuning o‘zi, chap oyoqda turgan holatda.
7. 1, 2, 3 (asosiy) mashqlarni har xil predmetlar bilan bajarish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Gavda qismlarini: “oyoq-tos-gavda-ko‘krak-qo‘l”, ketma-ketligiga alohida e’tibor berish. Diskning yumshoq, tekis tezlanish olishiga erishish. Oxirgi kuch berishni o‘rgatishda rezinali tayoq, faner raketka, daraxt shoxchasi bilan mashq bajarish maqsadga muvofiqdir. Disk og‘irligidan ortiq tosh yoki boshqa buyumlardan foydalanish mumkin
4-vazifa. Disk bilan aylanishga o‘rgatish.
Vositalari:
1. Qayrilish texnikasini ko‘rsatish va tushuntirish.
2. D.h. – uloqtirish yo‘nalishiga orqa bilan turib, oyoqlar elka kengligida, qayrilishga kirishni ichki tovon orqali bajarish.
3. D.h. – shuning o‘zi. CHap oyoq atrofida 360o o‘ng oyoqni erdan uzib, yana d.h. ga qaytish.
4. D.h. – o‘ng oyoq bilan uloqtirish yo‘nalishiga qarab turgan holda, chap oyoqni engil oldinga qo‘yish. Gavda og‘irligini chap oyoqqa o‘tkaza turib, u bilan depsinib, o‘ng son bilan oldinga-yuqoriga qarab siltanib sakrash va bukilgan o‘ng oyoq bilan orqaga tushish.
5. D.h. shuning o‘zi. 4-mashqqa o‘xshatib, o‘ng oyoq bilan yarim biqinda erga tushish.
6. SHu mashqning o‘zi, 180o ga qaytish bilan.
7. SHu mashqni uloqtirishga taqlid qilib bajarish.
8. Qaytishni qismlar va belgilar bo‘yicha bajarish.
9. Har xil aylanma harakatlarni chap va o‘ng oyoq bilan yurgan holda bajarish.
10. Har xil predmetlar bilan qayrilish qismlarini va umuman qayrilishni bajarish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Uloqtirish maromiga e’tibor berish. Uloqti-rilayotgan qo‘lning siltanishiga e’tibor berish. Aylanish avvalo disksiz, keyin esa disk yoki boshqa narsalar bilan o‘rgatiladi. Aylanishni dastlabki holatiga e’tibor berish lozim. Aylanish maromining ijrosiga ahamiyat berish lozim.
5-vazifa. Aylanishdan disk uloqtirishga o‘tishni o‘rgatish.
Vositalari:
1. Diskni aylanishda uloqtirish.
2. Diskni kichik tezlikda doiradan uloqtirish.
3. SHuning o‘zini tezlanish bilan natijaga uloqtirish.
4. Disk bilan va disksiz aylanishlar.
5. Rezinali va yog‘och tayoqchalar, daraxt shoxchasi, ip bog‘langan to‘plar bilan bajarish.
6. Natija uchun uloqtirish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Uloqtirishni yo‘nalish bo‘yicha turgan holatdan boshlab, asta-sekin qayrilishga kirish amplitudasini oshirib boriladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlikni oshirishga e’tibor qaratish lozim.
6-vazifa. Diskni uloqtirishni takomillashtirish va shug‘ullanuv-chilarning shaxsiy xususiyatlarini aniqlash.
Vositalari:
1. Har xil d.h. da aylanish bilan diskni uloqtirish.
2. SHamolning yo‘nalishiga qarab har xil yo‘nalishda doira ichidan diskni uloqtirish.
3. Har xil sharoitda disk uloqtirish.
4. Diskni natijaga uloqtirish va musobaqalarda qatnashish.
5. Og‘ir predmetlar bilan (toshlar, qadoqtoshlar, shtanga diski va b.q.) mashq qilish.
6. Egiluvchanlikni tarbiyalash uchun mashqlar bajarish.
7. Kuchni tarbiyalash uchun mashqlar berish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Musobaqa qoidalarini bajarishga e’tibor berish. SHug‘ullanuvchilar musobaqa qoidasiga e’tibor berib, hakamlik qilish va texnik xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rishlari lozim. Musobaqa o‘tkaziladigan joyni talabga javob beradigan holatda tayyorlash xavfsizlikni ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Musobaqa qatnashchilarining soniga qarab disklarning sonini ham e’tiborga olish zarur (91-rasm).