FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 89
Ilova
(mavzuni ta’lim jarayonida amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha metodik
tavsiyalar)
3
K I R I S H
Dissertatsiya mavzuning asoslanishi va dolzarbligi.
Yaxlit bir poetik
solnoma, butun g‘oyaviy-estetik hodisa tarzida tarixga evrilgan XX asr
o‘zbek nasri murakkab mafkuraviy-maishiy muammolarni imkoniyat
darajasida tahlil obyektiga aylantirdi. Binobarin, ijodiy o‘ziga xoslik va
ijtimoiy sifat ko‘rsatkichi barobarlashgan sharoitda ba’zan zamonasozlik
hamda murosasozlik ohanglari-da qabarib ko‘rinadi. Ayni paytda, haqiqat va
ma’naviy muhit ziddiyatlarini batafsil ifodalashga moyil, axloqiy mezon
atmosferasini belgilaydigan san’at namunalari ham yuzaga keldi. Ijod
maqomi hamda badiiyat taqozosini omuxtalashtirgan poetik talqinda badiiy
so‘z mohiyati ancha teranlashdi. Shaxs manfaat-ehtiyojlari, maqsad-
intilishlarini davr ruhiga hamohang tasvirlash ijodiy an’ana tusiga kirdi.
Aslida har bir yozuvchi “o‘z iste’dodi bilan odamlarning ongi va
dunyoqarashi, madaniy saviyasini yuksaltirish, xalq qalbining kuychisi
bo‘lishdek og‘ir va murakkab, ulug‘ bir vazifani zimmasiga olgan ekan,
avvalo, el-yurt oldidagi farzandlik burchini, grajdanlik pozitsiyasi va
mas’uliyatini chuqur sezishi, anglashi hal qiluvchi ahamiyat”
1
kasb etadi. Shu
ma’noda, jiddiy o‘zgargan shakl va mazmun, takomillashgan obrazlar
taqvimi hamda yangilangan estetik ideal davr ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-
axloqiy manzarasini suvratlashi, muayyan tadqiqot sahniga olib chiqishi va
falsafiy umumlashmalar yaratishi nuqtai nazaridan reallashdi. Uning ma’rifiy
xususiyati, ayniqsa, tahlil hamda talqin vositasida baholash mezonlariga
aniqlik kiritishda yorqin namoyon bo‘ladi. Tabiiyki, bu jarayonda jamiyat
hayotini sog‘lomlashtirish va dunyoqarashni to‘gri yo‘lga solish yetakchi
mavqega erishadi.
1
Karimov I.A. Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor. –Toshkent: “O’zbekiston”, 2009. –B. 17.
4
Komporativistika, eng avvalo, voqelik san’at tiliga ko‘chishi, obraz
mohiyatida namoyon bo‘lishiga mustahkam zamin hozirlaydi. Aynan harakat
va holat aloqadorligini ta’minlovchi omil, u adabiy talqinning milliy tizim
yoki jahon madaniyatida tutgan o‘rnini belgilash, yozuvchi o‘ziga xos
istedodini, mahoratini va ifoda uslubini aniqlash barobarida ijod
qonuniyatlariga daxldor tipologik xususiyatlarni ham oydinlashtirish
imkonini beradi. Unda hodisa ruhiyatini turli rakurslardan kuzatish, muayyan
qadriyaviy o‘lchamda tahlil qilish va baholash mezoni vujudga keladi.
Mavjud holat tasvir predmetini teranroq ifodalashga yo‘l ochadi. Qiyoslash
adabiyot spesifikasini asosiy planga chiqaradi.
XX asr insoniyat tamaddunida keskin yuksalish, tub o‘zgarishlar,
olamshumul kashfiyotlaryni hosil qildi. Jiddiy yangilangan odamzod
dunyoqarashi ma’naviy tannazzul, ommaviy qirg‘inbarotlar, ocharchilik
hamda vabo kabi ofatlar bilan to‘qniashdi. Shunday balolardan biri
“qatag‘on” balosi sanaladi. Albatta, jarayon tarixchi-olimlar tomonidan
atroflicha tadqiq qilinganidek, badiiy adabiyotda ham mazkur muammoga
munosabat bildirildi.
Biz ilmiy ishimizda romanlarda qatag‘on jarayoni mohiyati, uning
sabab-oqibatlari va inson shaxsiga tajovuzi to‘g‘risida ilmiy mushohada
yuritamiz. Joriy holat mohiyatini yoritish maqsadida taqdim etilayotgan
tadqiqotda Shuhratning “Oltin zanglamas” va O‘tkir Hoshimovning “Tushda
kechgan umrlar” romanlari tipologiyasini muammo poetik talqini misolida
nazariy umumlashtirish asosiy obyekt sifatida belgilab olindi.
Munaqqid O.Sharafiddinov yozadi: “Bugungi adabiyot, badiiy
tafakkurimizda erishishimiz kerak bo‘lgan eng muhim jihat – voqelikka
dunyoga munosabatda yangi aspektlarga chiqish, dunyoni yangicha,
chuqurroq, yuksakroq idrok qilishga o‘tish. Binobarin, dunyoning,
jamiyatning, insonning mohiyatini kengroq ochishga harakat qilishimiz
5
kerak”
1
. Darhaqiqat, ijtimoiy hayotda yuzaga kelgan pirovard o‘zgarishlar
jamiyatni, ma’lum davr murakkab qirralarini yangicha tamoyillar asosida
talqin qilar ekan, shaxs konsepsiyasini baholash me’yorlari ham o‘zgaradi.
Estetik tamoyillar o‘zgaruvi, inson xarakteridagi ziddiyatlarni, ijtimoiy muhit
o‘rtasidagi vujudga kelayotgan qarama-qarshiliklarni davrlararo mafkura
nuqtai nazaridan talqin etish ikki romannavis ijodida ham o‘ziga xos ifodasini
topgan. Ana shu mezonlar asosida roman haqidagi qarashlarni
umumlashtirish mavzu tanlovi dolzarbligini belgilaydi. Adabiyot nazariyasi
va estetikasida o‘zbek romanlarida qatag‘on mavzui qiyosiy-tipologik
aspektda maxsus o‘rganilmagan. Analogik talqin masala mohiyatini
to‘laqonli tasavvur qilishga yordam beradi. Mana shu jihat tadqiqot mavzu
dolzarbligi va nazariy qiymatini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |