Shuningdek, turkiy xalqlar orasida hind va arab folklori namunalari ham keng yoyildi. Masalan: ”Panchatantira”, ”Kalila va Dimna”, ”Romayana”, ”Maxobxarat”, “Ming Bir Kecha” shular jumlasidandir. Bu holat yangi eraning boshlanishiga to`g’ri keladi. Eng qadimiy janrlardan biri bu qo`shiq janridir. Qo`shiqlarning ham eng qadimiysi bu beshik qo`shiqlari hisoblanadi. Bola tug’ilib tili chiqqunga qadar kattalar ularga Alla aytib beradilar, tarbiyachilar turli mashg’ulotlar o`tkazadilar, turmushga zarur bo`lgan dastlabki hayotiy qoidalarni o`rgatadilar. Beshik qo`shiqlari hamma xalqlarda bor. Xususan, ming yillar ilgari ham beshik qo`shiqlari bo`lgan. M. Qoshg‘ariy, Ibn Sino asarlari orqali juda ko`p qo`shiqlar yetib kelgan. Ibn Sino allani bola tarbiyasi haqidagi rolini quyidagicha ifodalaydi: “Bolani mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo`llamoq kerak. Biri bolani beshigini sekin tebratmoq, ikkinchisi uni uxlatish uchun Alla aytishdir. Beshik qo`shiqlari hamma xalqlarda bor. Xususan, ming yillar ilgari ham beshik qo`shiqlari bo`lgan. M. Qoshg‘ariy, Ibn Sino asarlari orqali juda ko`p qo`shiqlar yetib kelgan. Ibn Sino allani bola tarbiyasi haqidagi rolini quyidagicha ifodalaydi: “Bolani mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo`llamoq kerak. Biri bolani beshigini sekin tebratmoq, ikkinchisi uni uxlatish uchun Alla aytishdir. O`zbek bolalar adabiyotining vujudga kelishida xalq og‘zaki ijodining o`rni alohida ahamiyat kasb etishini folklor namunalarini o`rganish davomida tanishib chiqdik.Yozma adabiyotning vujudga kelishi barobarida bolalar tarbiyasiga bag’ishlangan asarlar ham paydo bo`ldi. Lekin bu maxsus bolalar adabiyoti vujudga keldi degani emas. Negaki, bunday asarlarning aksariyati didaktik xarakterda bo`lib, ularda kattalarning hayot va tarbiya haqidagi mulohazalari berilgan. Bu xildagi asarlarni bolalar adabiyoti tarzida emas, bolalar kitobxonligi tarzida qarashni lozim deb bilamiz. Chunki bolalar adabiyoti tushunchasi bilan bolalar kitobxonligi tushunchasi bir-biridan farq qiladi. - O`zbek bolalar adabiyotining vujudga kelishida xalq og‘zaki ijodining o`rni alohida ahamiyat kasb etishini folklor namunalarini o`rganish davomida tanishib chiqdik.Yozma adabiyotning vujudga kelishi barobarida bolalar tarbiyasiga bag’ishlangan asarlar ham paydo bo`ldi. Lekin bu maxsus bolalar adabiyoti vujudga keldi degani emas. Negaki, bunday asarlarning aksariyati didaktik xarakterda bo`lib, ularda kattalarning hayot va tarbiya haqidagi mulohazalari berilgan. Bu xildagi asarlarni bolalar adabiyoti tarzida emas, bolalar kitobxonligi tarzida qarashni lozim deb bilamiz. Chunki bolalar adabiyoti tushunchasi bilan bolalar kitobxonligi tushunchasi bir-biridan farq qiladi.
ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!! - ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |