Fonetika test 1
Y1 shaklidagi test
1.O‘g‘lim, sen uzumini yegin-u, bog’ini
surishtirma.
Ushbu gapda tarkibidagi barcha undoshlari
jarangli til undoshlariga mansub bo‘lgan so‘z
qanday sintaktik vazifa bajargan?
A) kesim B) undalma
C) ega D) to‘ldiruvchi
2. Qaysi gapdagi ega vazifasidagi so‘z tarkibida
ishtirok etgan undoshlarning barchasi jarangli
til undoshlari sanaladi?
A) Ilm olish oson ish emas, unga har kim
chidayvermaydi.
B) Javohir yo‘lda adashib qolgan bir cholni
ko‘rib qoldi.
C) Ustoz ko‘rmagan shogird har maqomga
yo‘rg‘alar.
D) Shunda botir o‘g‘lonlar yurt himoyasiga
otlanibdilar.
3. Quyida berilganlardan tarkibidagi barcha
undoshlari jarangli til undoshlariga mansub
bo‘lgan yasama so‘zlarni aniqlang.
1) yolg‘izlik; 2) teshik; 3) guldor; 4) yozgi;
5) jigarrang; 6) diyor.
A) 1, 3, 4, 5 В) 1, 2, 3, 6
C) 3, 4, 5 D) 4, 5, 6
4. Quyida berilganlardan tarkibidagi barcha
undoshlari jarangli til undoshlariga mansub
bo‘lgan yasama so‘zlarni aniqlang.
1) yig‘in; 2) tushuncha; 3) ozg‘in; 4) g‘ildirak;
5) ezgu; 6) yog‘li.
A) 1, 3, 6 В) 1, 2, 4, 5, 6
С) 1, 3, 5, 6 D) 2, 4, 5
5. Quyida berilganlardan tarkibida ng harflar
birikmasi ishtirok etgan so‘zlarni aniqlang.
1) dengiz; 2) singan; 3) kongress; 4) ko‘rdingiz;
5) tonggi; 6) osmonga.
A) 1, 4, 5, 6 B) 2, 3, 5, 6
С) 1, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4, 6
6. Quyida berilganlardan tarkibida ng harflar
birikmasi ishtirok etmagan so‘zlarni aniqlang.
1) sening; 2) donga; 3) shtanga; 4) qonguncha;
5) yengil; 6) ko‘ngach.
A) 2, 3, 5, 6 В) 1, 3, 4, 5
C) 2, 3, 4, 6 D) 1, 2, 4, 6
7. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar tarkibida til orqa burun undoshi qatnashgan?
A) so‘nggi, kongress, tungi
B) jarang, singil, bugungi
C) tong, shtanga, ko‘rdingiz
D) tongi, yengildi, dengiz
8. Ko‘p tilni bilish bitta qulfni ocha oladigan
bir nechta kalitga ega bo'lishdir.
Ushbu gapdagi tarkibida jarangsiz lab undoshi
qatnashgan so‘zlar qaysi turkumga oid?
A) ravish, fe’l, ot
B) ravish, ot
C) fe’l, ot, olmosh
D) ot, olmosh
9. Odobli, bilimdon, aqlli, mehnatsevar va
iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning,
balki butun jamiyatning katta boyligidir.
Ushbu gapdagi ot yasovchi qo‘shimchalar
tarkibida nechta til oldi jarangli undosh
ishtirok etgan?
A) 3 ta B) 2 ta
C) 6 ta D) 1 ta
10. Sovuqdan dag‘-dag‘ qaltirayotgan cho‘pon
uzoqdan miltiqning ovozini eshitdi.
Ushbu gapda qatnashgan taqlid so‘z
tarkibidagi undoshlar haqida berilgan qaysi
ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Jarangsiz lab undoshi ishtirok etgan.
B) Til oldi undoshi 2 o‘rinda ishtirok etgan.
C) Chuqur til orqa undoshi 2 o‘rinda
ishtirok etgan.
D) Jarangli undoshlar ishtirok etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |