Evkalipt bargi va moyi - Folia et oleum Eucalypti
Zangori (sharsimon) evkalipt - Eucaliptus globulus kulrang evkalipt -
Eucalyptus cinerea. Mirtadoshlar - Myrtaseae - E. Viminalis - chiviksimon
evkalipt olilasiga kiradi.
Zangori evkalipt bo’yi 50 - 70 m ga yetadigan doim yashil daraxt.
Barglari ikki xil, o’simlikning yosh barglari
zangori, tuxumsimon, qalin mum qavati bilan
qoplangan bo’lib poyada bandsiz qarama -
qarshi joylashagan. 3 - 4 yilgi barglari esa to’q
yashil, ingichka lantsetsimon, o’roqqa o’xshab
egilgan bo’lib poyada qisqa bandlari bilan ketma
- ket bo’lib yerga nisbatan tik joylashgan. Shuning uchun evkalipt yerga
yaxshi soya bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |