Y. R. Toshmatov, Sh. A. Sulaymonov, G’. O. Mamajanov Namangan-2017



Download 4,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/126
Sana31.01.2022
Hajmi4,81 Mb.
#420344
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   126
Bog'liq
glikozidlar

Geografik tarqalishi.
Aloening har xil turlari Janubiy va Sharqiy 
Afrikaning yarimcho’llarida uchraydigan kserofit o’simlikdir. 
Tibbiyotda ishlatish maqsadida yuqorida ko’rsatib o’tilgan aloyning 1 
turi — daraxtsimon aloy Gruziyada bir yillik o’simlik sifatida o’stiriladi. 
Odatda, aloyning yon kurtaklarini yoz bo’yi qirqib olib, parniklarga 
o’tqaziladi. Bahorda esa ularni ochiq yerga o’tqizib, kuzda yig’ibolinadi. 
Aloe xonalarda o’stiriladi. 
Mahsulot tayyorlash.
Aloe turlaridan sabur olinadi. Daraxtsimon 
aloening quritilmagan va quritilgan barglari hamda quritil-magan yon 
novdalari tayyorlanadi. 
Ochiq dalaga o’tqizilgan aloydan apreldan to noyabr oyigacha o’sib 
chiqqan barglari va yon novdalari yig’iladi. Yig’ilgan barglardan biogen 
stimulaterlarga boy barglar tayyorlanib, keyinchalik ulardan ekstraktlar, suyuq 
surtma — liniment va bir qismini quritib, tabletka tayyorlanadi. Yon 
novdalardan aloy shirasi va sharbati, sharbatidan esa temirli aloy sharbati 
(anemiya-kamqonlik kasalligida ishlatiladi) olinadi. 
Mahsulotning tashqi ko’rinishi. Quritilmagan barglar sershira, poyani 
o’rab oluvchi qinli, qilichsimon, ustki tomoni botiq, pastki tomonidan bo’rtib 
chiqqan, cheti tikanli tishsimon qirrali bo’lib, uzunligi 15-45 sm, eni 2-5,5 
sm, qalinligi 0,7-1,5 sm. Bargi yashil, qini och jigarrang, tishlari yashil-sariq, 
kuchsiz hidli va achchiq mazali. 
Yon novdalari 3-12 bargli bo’ladi. Poyasining yo’g’onligi 6-12 mm, 
novdaning uzunligi 3-15 sm, barglariniki 5-25 sm, eni 1-2,5 sm. Mahsulot 
och yashil-qo’ng’irrangli, hidi kuchsiz, mazasi - achchiq. 


97 
Aloe bargi va yort novdalaridan quyidagi preparatlar olinadi: 
1. Sabur - aloy turlari bargning quritilgan shirasi. O’stiriladigan aloe 
bargini yig’ib olib, presslash usuli bilan shirasi ajratiladi va bu shirani 
bug’latib, sabur olinadi. 
Afrikada va Amerikada aloe turlarining katta va sersuv barglarini kesib
kesilgan tomoni bilan chuqurchalarga solib qo’yiladi. Oqib chiqqan suyuqlik 
chuqurcha tagiga solib qo’yilgan narsa (mol terisi yoki taxta) ustida qurib, 
saburga aylanadi. Bu jarayon 6 soatgacha davom etadi. 
Sabur har xil shakldagi qora-qo’ng’ir bo’lakchalardan iborat bo’lib, 
yoqimsiz hidi va achchiq mazasi bor. Sabur 60% li spirtda yaxshi, efirda kam 
eriydi, xloroformda erimaydi. 
Quritilmagan shira. Aloening yangi yig’ilgan bargidan yoki novdalardan 
presslash usuli bilan olinadi. Bu shiraning 80 qismiga 20 qism spirt qo’shib, 
konservatsiya qilinadi. Shiraning hidi yoqimli, mazasi achchiq. 
Biogen stimulatorlarga boy preparatlar. Akademik V. P. Filatovning 
ko’rsatishicha, har qanday o’simlik yoki hayvon to’qimasini organizmdan 
ajratib olib, noqulay (lekin o’ldirmaydigan) sharoitda saqlansa, to’qimada 
chuqur biokimyoviy o’zgarishlar yuz beradi. Normal moddalar 
almashinuvi jarayoni buziladi va hayot faoliyati so’na boshlaydi. To’qima o’z 
hayot faoliyatini tiklashi uchun maxsus modda ishlab chiqaradi. Ana shu 
modda biogen stimulator deb ataladi. 

Download 4,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish