104
3- A xalqaning 5-va 7-hamda B-xalqaning 4-holatlaridagi gidroksil guruhlari
ishtirok etadi.
Flavonoid glikozidlar tarkibida
monosaharidlardan D-glyukoza, D-
galaktoza, D-ksiloza, L-ramnoza, L-arabinoza va D-glyukuron kislotasi
ko’proq uchraydi. Glikozid tarkibida aytib o’tilgan qandlar piranoza yoki
furanoza (asosan L-arabinoza) shaklida uchrab, flavonoid molekulasidagi
fenol gidroksiliga β-yoki ba`zan α-bog`lanish orqali birikadi. Odatda
monosaharid molekulalari glikozid hosil qilishda 1 ta (monoglikozid) yoki
bir vaqtning o’zida 2 ta (diglikozid) gidroksil guruhi bilan birlashishi
mumkin. Diglikozidlar tarkibidagi qandlar bir xil qandning 2
ta molekulasi
yoki ikki xil qandning bittadan molekulasidan tashkil topgan bo’lishi
mumkin.
Flavonoid glikozidlari tarkibida monosaharidlardan tashqari di-, tri-va
boshqa oligosaharidlar uchrashi mumkin. Flavonoid glikozidlar tarkibiga
kiruvchi oligosaharidlarning 30 dan ortiqturlari ma`lum. Ulardan rutinoza (6-
O-α-L-ramnozil-βD-glyukoza),
robinobioza
(6-O-α-L-ramnozil-D-
galaktoza), soforoza (6-O-β-D-glyukozil-D-glyukoza), gentibioza (6-O-β-D-
glyukozil-D-glyukoza), neogesperidoza (2-O-α-L-ramnozil-D-glyukoza)
keng tarqalgan.
O’simliklar tarkibida aksariyat flavonoidlarning O-glikozidlari (qand
molekulasi aglikon bilan gidroksil guruhining kislorodi orqali, efir tipida
birikadi) va qisman C-glikozidlari (qand molekulasi to’g`ridan-to’g`ri flavon
molekulasidagi uglerod atomiga birikadi) uchraydi.
105
Gullar, mevalar va barglar tarkibida flavonoidlar ko’pincha glikozid
holida, po’stloqda hamda ildizlarning yog`ochlangan to’qimalari tarkibida sof
aglikon holida uchraydi.
Odatda o’simliklar tarkibida bir vaqtning o’zida bir nechta (ba`zan 25
tagacha) flavonoidlar bo’ladi. Kamdan-kam hollarda o’simliklar
tarkibida
bitta flavonoid uchrashi mumkin.
Flavonlar uchun ko’proq 7-O-glikozidlar harakterli, kamroq
hollarda
4`-O va 3`-O-glikozidlar ham uchraydi. Flavonollarda 3 va 7 holatlarda
gidroksil guruxlarning glikozidlanishi keng tarqalgan.
Ko’pchilik flavonoid C-glikozidlarda uglevod qoldig`i 5,7-
dioksiflavonoidlarning 6 va 8-holatlariga birikkan bo’ladi (3-jadval).
Flavonoid C-glikozidlar tarkibiga kiruvchi monosaharidlardan D-glyukoza
eng ko’p tarqalgan. Bundan tashqari tarkibida D-galaktoza, L-ramnoza, D-
ksiloza va L-arabinoza qoldiqlarini saqlovchi flavonoid-C-glikozidlar ham
uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: