Emotsional holat — sportda: sportchining emotsional kuchi, tezligi va barqarorligi bilan belgilanadigan, voqelikka bo‘Igan munosabatida ifodalanadigan kechinmalari. E. h.ga kayflyat, ehtiros, ruhlanish, affekt kabilar kiradi.
Endokrin reaksiya - ichki qayta ta’sir ko‘rsatish.
Finish (ing.) - yugurish musobaqalarining va poygalaming hal qiluvchi qismi; shunday musobaqalarning oxirgi punkti; marra.
Harakat - kishi va narsalarning o‘z holatini o‘zgartirishi, tik turishga nisbatan qarama-qarshi holat.
Harakat tezligi — ma’lum masofada birinchi harakatning boshlanishidan uni tamom qilguncha sarflangan vaqt.
Hislarning manbalari —shaxsda muayyan hissiyotni keltirib chiqaruvchi obyektiv va subyektiv sabablar, narsa va hodisalar, ehtiyoj va intilishlar majmui.
Instinktiv — instinktga xos, instinct ravishda yuz beradigan; g‘ayrishuuriy.
Kinestetik sezgilar — gavdaning fazodagi holatini, ayrim organlaming harakatlarini aks ettiruvcid sezgi turi.
“Kooperatsiya” uslubi - sport faoliyatida sportchilarning o'zaro munosabatlarida ziddiyat, to‘qnashish holatlarining paydo bo‘lish mexanizmlarini o'rganuvchi uslub.
Maksimal — eng katta, eng ko‘p, to‘liq, mukammal; yuqori.
Malaka — ongli faoliyatning ko‘p takrorlanishi yoki ko‘p mashqlar natijasida hosil bo'lgan tez, rejali, to‘g‘ri, kam jismoniy va asabiy kuch sarflagan holda bajariladigan harakatlar.
Manyovr harakatlar — sportda: sportchining raqibiga zarba berish uchun qulay vaziyat topib ustamonlik bilan qilgan harakati.
Motiv (lot. moveo-harakatlantiraman) — motiv; odamni muayyan xatti-harakatlarga undaydigan bosh sabab.
Optimizm (lot.optimus - eng yaxshi) - optimizm; xushchaqchaqlik, tetiklik, kelajakka ishonch bilan to‘lib toshgan ijobiy xarakter hissiyotlari yoki emotsional holat.
Obekt (lot. objektum - buyum, narsa) - obyekt; tashqi moddiy bir qismi, inson, subyektning bilish hamda faoliyat predmeti.
Parametr (grek.) matematik formulaga kiradigan va o‘zining ma’lum qiymati shu tenglama bilan ifodalangan munosabatlardan muayyan biriga olib keladigan miqdor; sportda: sportchining asosiy xususiyatlarini miqdoriy xarakterlaydigan tushuncha.
Periferik asab tizimi (yunon.periperia — atrof, chet) — markaziy asab tizimini ta’surotni qabul qilib oladigan retseptorlar hamda javob ta’sirini qaytaruvchi organlar (mushak, bezlar) bilan bog‘laydigan sezuv- chi asab tizimi.
Psixika (yunon.psychikos - ruhiy jonga oid) - psixika; miyaning obyektiv olami alohida yo'sinda (sezgi, idrok, tasawur, fikr, hissiyot, irodaviy harakatlar tarzida) aks ettirish qobilyatiga ega bo‘lgan alohida xususiyati.
Psixik holatlar - shaxsning obyektiv voqelikdagi narsa va hodisalarga, o‘z-o‘ziga bo'lgan munosabatini ifodalovchi ijobiy hamda salbiy emotsional kechinmalari; mamnuniyat va g‘azab, ishonch va ishonchsizlik kabi hislar.
Psixik hodisalar — psixik hayotning sezgi, idrok, xotira, hayol, tafakkur kabi har biri alohida olingan aniq shakllari.
Reaksiya — reaksiya; organizmning muayyan tashqi yoki ichki qo‘zg‘ovchilarga nisbatan qaytaradigan javob harakati. Psixik reaksiya — tashqi yoki ichki taassurotga javob sifatida paydo bo‘ladigan har qanday psixik jarayon.
Sotsiometriya uslubi — ijtimoiy mazmundagi savollar orqali sport jamoasi, guruhlar vajamoa a’zolari o‘zaro munosabatlari xusussiyatlarini o‘rganuvchi uslub. Bu uslub amerikalik mikrosotsiologik Djon Mareno tomonidan ishlab chiqilgan.
Stixiyali — kishilarning irodasidan, xohishidan tashqari tabiiy ra- vishda yuzaga keladigan, idora qilib boMmaydigan.
Trening xizmati — (ing. training — o'rgatish, tarbiyalash, mashq qildirish) sportchining o‘z faoliyatini aniq tasawur etishi, harakat va xo- tirasini mustahkamlash hamda jamoadoshlari o‘rtasida kechadigan mu- nosabatlami yaxshi o'rganish maqsadida o‘tkaziladigan mashg'ulotlar tizimi, mashq, mashg‘ulotlar rejimi.
Tonus - tonus; organizmning yoki biror a’zoning hayotiy faollik darajasi. Mas., mushak tonusi.
Qiziqish — shaxsning muayyan narsa yoki hodisaga ega bo'lishga, bilishga faol vabarqaroryo‘nalishidan iborat individual xislati yoki faoliyat motivi.
Vaqt reaksiyasi - sportchining startdan otilib chiqish yoki tepilgan to‘pning harakat tezligi; sportchining dastlabki zo'rberib bajaigan harakat shiddati.
Xarakter (yunon. charaktir — belgi, nishon, xislat) — xarakter; ijtimoiy muhit ta’sirida tarkib topib, shaxsning atrofdagi voqelikka va o‘z- o‘ziga boMgan munosabatida ifodalanadigan, uning muayyan sharoitlardagi xatti-harakatlarini belgilab beradigan barqaror individual psixik xususiytlar yig'indisi.
BIBLIOGRAFIYA
Do'stlaringiz bilan baham: |