Fanga «temperament» tushunchasini birinchi bo‘lib kim kirit- gan?
*a) Gippokrat b) Ibn Sino
Platon
Aristotel
Sportchining xulq-atvori va qiziqishlari qaysi uslub yordamida o‘rganiladi?
*a) kuzatish b) suhbat
laboratoriya
tabiiy
«SPORT PSIXOLOGIYASI»GA OID ATAMALARNING
IZOHLI LUG‘ATI
Adaptatsiya - (lot. adaptatio - to‘g‘rilanmoq, moslanmoq, sozlanmoq) - adaptatsiya; sezgi organlarining turli sharoitlarga moslashuvi.
Analiz — (yunon.analysis - parchalash, bo'lish) -analiz, tahlil; tekshirish, obyektini fikran tarkibiy qismlarga aj'ratib tadqiq qilish usuli; aksi sintez.
Analizator — tashqi va ichki muhitdan keladigan ta’sirlami qabul qilib olib, fiziologik jarayon bo'lgan qo‘zg‘alishni psixik (ruhiy) jarayonga, ya’ni sezgilarga aylantiruvchi asab mexanizmlari tizimi.
Antipatiya — (yunon. antipotheia — ko‘ngilsizlik, xushlamaslik, yoqtirmaslik) - antipatiya, mas., sportchining sport mashg‘ulotida mashqqa, raqibiga, jamoadoshlariga yoki biror kimsaga nisbatan boigan salbiy munosabatidan kelib chiqadigan va uni ifodalaydigan yoqimsiz hissiyot.
Affekt — (lot.affectus — ruhiy hayajon, ehtiros) — affect, sportchida tez va kuchli paydo bo‘lib, shiddat bilan o‘tadigan qisqa muddatli emotsional holat. Mas., affekt holatidagi sportchining ruhiyati keskin o‘zgaradi, ixtiyorsiz harakatlar paydo boMadi, ong doirasi torayadi, xulqini nazorat qilish qobiliyati yo‘qoladi.
Autogencha mashq — sportchilarni fikran ichki imkoniyatlaridan foydalangan holda aniq bir maqsadga yo‘naltiruvchi mashq. Bu uslub nemis psixolog olimi 1. G. Shuls tomonidan ishlab chiqilgan.
Biotok — miyada paydo bo‘ladigan elektromagnit to‘lqinlari.
Didaktika - (yunon. didaktikos - o‘rgatuvchi) - didaktika, peda- gogikadagi ta’lim nazariyasining qonun va qoidalarini o‘rganuvchi soha, ta’lim nazariyasi haqidagi fan.
Dinamika — (yunon. dinamikos -o‘zgarish, o‘sish, rivojlanish sur’ati) dinamika, voqea, hodisa, jarayon va sh.k.dagi jo‘shqinlik.
Ehtiros — muayyan faoliyat turiga kuchli intilish bilan bog'liq bo‘lgan emotsional holat.
Emotsiya — (lot. emovco - hayajonlantiraman, iztiroblayman) — emotsiya, his-tuyg‘u, kechinma; bu termin o‘rnida o‘zbek tilida “hissiyot”termini ishlatiladi. Hissiyot shaxsning voqeilikka bo‘lgan o‘z munosabatini his qilishdan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli va yoqimsiz kechinmalaridir.
Emotsional xotira — voqelikdagi narsa va hodisalardan,o‘z-o‘zimizga bo‘lgan munosabatimizdan kelib chiqadigan yoqimli Уа yoqimsiz kechinmalarini esda qoldirish va esga tushirishdan iborat xotira turi.
Do'stlaringiz bilan baham: |