K. Tomas «Kooperatsiya» sining mohiyati nimadan iborat?
K. Tomas jamoadagi nizolarni qanday holatlarga ajratib о ‘iganadi? Sizningcha, ularni qanday bartaraf etish mumkin ?
Jamoa a’zolari o'rtasidagi ziddiyatlarning oldini olish va bartaraf qilishning ijtimoiy-psixologik omillari haqida gapirib bering.
Jamoada murabbiy bilan sportchi о ‘rtasida do ‘stona munosabatlarni tashkil etishda ijtimoiy-psixologik treninglar qanday o‘rin tutadi?
Trening xizmati qanday bosqichlardan iborat?
Jamoa a ’zolari о ‘rtasidagi ziddiyatlarning oldini olish va uni bartaraf etishning ijtimoiy-psixologik omillari haqida gapirib bering.
SPORTCHILARNING INDIVIDUAL - PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARINI 0‘RGANISH
TEMPERAMENTLAR TO‘G‘RISIDA KUZATISHLAR
OLIB BORISH
Biz sportchilarerishayotgan yutuqlarni o‘rganish va tahlil etishjara- yonida ularning kelajakda nimalarga qodir yoki qodir emasligi haqida ma’lum darajada tasavvurga ega bo'lamiz. Ammo sportchi ruhiy olamining aqliy, axloqiy, ma’naviy imkoniyatlari to‘g‘risida oldindan bashorat qilish qiyin.
Amerika Qo'shma Shtatlarining Aydaxo universitetida o‘tkazilgan sotsiologik so'rovlarda ishtirok etishgan yigit-qizlarning aksariyati sportchilarbilan turmush qurmasliklarini bildirishdi. Buning sabablarini o‘rganishga bel bog‘lagan universitet sotsiologi doktor Keylin Xeysning fikriga qaraganda so‘rovda ishtirok etgan qizlarning 80 foizi: «Sportchilar bilart do‘stlashish mumkin, lekin turmush qurib bo'lmaydi, chunki ular xushchaqchaq, jismonan baquvvat bo ‘Isalar-da, ко ‘pincha, qo ‘polliklari va o'zlarini hammadan yuqori qo‘yishlari bilan ajralib turishadi», — degan fikrni bildiradilar.
Sportchilarda irodalilik, g‘alabaga intiluvchanlik, epchillik, o‘zini tuta bilishlik, chidamlilik kabi sifatlarning shakllanishida sport mashg'ulotlarining ahamiyati katta. Shu ma’noda sportchiga xos xarakter-xislatlar sport faoliyatida asta-sekin vujudga kela borib, keyinchalik bu xislatlar uning doimiy xarakteriga aylanadi. Masalan, irodaviy sifatlari yaxshi rivojlangan sportchi musobaqalarda yuqori natijalarga erishadi. Bu sportchining ham irodaviy, ham jismoniy jihatdan chiniqqanligidan, ham mustahkam xarakterga ega ekanligidan dalolat beradi. Ammo uning barqaror xarakter xislatlari, ijobiy axloqiy va irodaviy sifatlari sport mashg'ulotlari va musobaqalarda, ta’lim va tarbiya jarayonida, mehnatda shakllanib boradi. Ushbu jarayonning uzluksiz davom etishi esa sportchining yanada yuqori natijalarga erishishiga sabab bo‘ladi. Aksincha, sportchining mashg'ulotlarda intizomsizligi, bilim olishga layoqatsizligi, o‘qish va mehnatdan bo‘yin tovlashi, qo‘polligi yoki aldamchiligi kabi salbiy sifatlari uning ham sportda, ham hayotda to‘siqlarga bardosh bera olmaslikka, ruhiy tushkunlikka olib keladi. Ibn Sino ta’biricha, kishidagi eng yaxshi sifatlar, awalo, chidamlilik, axloqiylik va mardlikda ko‘rinadi. Mana shu uch ijobiy xislat birgalikda uning xarakterida adolat va mo‘tadillikni yuzaga keltiradi. Agar kishida mana shu sifatlar bo‘lsa, u hech qachon yomon yo'llarga kirmasdan, o‘zini faqat oilasi, jamoasi va jamiyat ravnaqini ta’minlovchi ishlarga bag‘ishlaydi.
Binobarin, hayotning har bir davri o'ziga xos go'zallikka ega. Shu ma’noda sportchi talabalik yillarida puxta bilim olishi, umuminsoniy xislatlarni o‘zida shakllantirishi, ijtimoiy hayotda faol bo‘lishi hamda qiyinchiliklardan qo‘rqmaydigan shaxs bo‘lib yetishishi uchun o‘z xarak- terini toblab borishi lozim. Buning uchun sportchi o‘zida quyidagi xarakter xislatlarni shakllantirishga erishmog‘i shart: l)hayotninghamma solialarida sermahsul mhiy faollik holatini vujudga keltirishga odatlanishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |