Oltinchi mashq. Uyquni yaxshilash.
Meni hech narsa xavotirga sololmaydi. Menda o‘y-tashvish yo‘q, tanam uvushib ketayapti. Tinchlik mudroqqa o‘rin bermoqda. Mudrash mayin va juda yoqimli. Huzurbaxsh mudroq butun miyamni o‘rab olmoqda va fikrimning o‘rnini sokin uyqu bosmoqda. Men uyquga ketyapman. Men yoqimli, huzurbaxsh va shirin uyquga ketdim.
Men uyg'oqlikda o‘zimni aniq, ravshan va yorqin tasawur qilaman. Men juda tetikman, bosiq va vazminman, g'alabaga erishuvchanman. Men hamma vaqt shunday boMaman. Menda qayg‘uga, hasratga, tartibsizlikka, muvaffaqiyatsizlikka moyillik yo‘q. Men sog‘lom va chidamliman, doimo a’lo kayfiyatda boMaman.
Men hozir hech narsani sezmayman. Meni hech narsa xavotirga sololmaydi. Men chuqur, chuqur uyquga ketayapman. Men rohatbaxsh uyquga g‘arq boMib ketayapman. Uxla, uxla, uxla. Men, aksincha, uyg‘onmasdan chuqur va chuqur uyquga ketdim. Men magnitofonni o‘chirdim, o‘chirdim.
Do'stlaringiz bilan baham: |