Y. Hamrayeva O‘zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi


-Mavzu: O’zbek va rus tillarida yordamchi



Download 0,58 Mb.
bet30/36
Sana08.04.2022
Hajmi0,58 Mb.
#536701
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36
Bog'liq
Y. Hamrayeva O‘zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi (ma’

9-Mavzu: O’zbek va rus tillarida yordamchi
so’z turkumlari
Ko‘makchi. O‘zbek va rys tillarida mavjud yordamchi so‘z turkumlari qiyoslanganda, o‘zbek tilida rus tilidagi predloglarning, rus tilida esa o‘zbekcha ko‘makchilarga aynan o‘xshash birliklarning yo‘qligi ma’lum bo‘ladi. Rus tilidagi predloglar o‘zi bog‘langan so‘zdan oldin keladi. O‘zbek tilidagi ko‘makchi esa hamma vaqt o‘zi bog‘langan so‘zdan keyin keladi. Shuning uchun ham turkiy tillarga oid ruscha ilmiy manbalarda o‘zbek va boshqa turkiy tillarga xos bo‘lgan ko‘makchilar posleloglar deb yuritiladi.
Har ikki tilda ham ko‘makchi alohida gap bo‘lagi bo‘lolmaydi, o‘zi bog‘lanib kelgan so’z bilan birgalikda gapning biror bo‘lagi vazifasida keladi. O‘zbek tilidagi ko‘makchi ham, rus tilidagi predlog ham so‘zdan ajratib yoziladi.
O‘zbek tilida ko‘makchilar ikki guruhga ajratiladi: 1) sof ko‘makchilar; 2) ko‘makchi vazifasidagi so‘zlar.
Sof ko‘makchilarga bilan, uchun, sari, sayin, qadar, uzra, kabi, singari, yanglig‘, dovur, oid so‘zlari kiradi. Ular mustaqil ma’nosini yo‘qotgan bo‘lib, faqat grammatik ma’no ifodalaydi. Shu jihati bilan ular rus tilidagi predloglarga o‘xshab ketadi.
Ko’makchilar bilan predloglarning o’ziga xos hususiyati ularning ma’lum kelishikdagi so‘z bilan bog‘lanib kelishida namoyon bo‘ladi. O‘zbek tilida bilan, uchun, sayin, orqali, kabi, singari,yanglig‘, sari, bo‘ylab, uzra, ichra, osha, bo‘ylab kabi ko‘makchilar bosh kelishikdagi so‘z (ba’zan qaratqich kelishigidagi olmosh) bilan; tomon, qadar, qarshi, ko‘ra, qarab, qaraganda, yarasha, doir, binoan, asosan, muvofiq kabilar, odatda, jo‘nalish kelishigidagi so‘z bilan; avval, keyin, so‘ng, boshqa, bo‘lak, tashqari, ilgari, burun, beri, buyon, boshlab, tortib kabilar chiqish kelishigidagi so‘z bilan; ot, sifat va boshqa so‘z turkumlaridan ko‘chib o‘tgan ost, tag, ust, old, orqa, yon, qarshi, ich, o‘rta kabi ko‘makchilar belgili va belgisiz qaratqich kelishigidagi so‘z bilan bog‘lanib keladi.
Rus tilida har qanday predlog bosh kelishikdan tashqari ma’lum kelishikda shakllangan so‘z bilan birga ishlatiladi.
Bog’lovchi. Bog’lovchilar ham yordamchi so’zlarning bir turi bo’lib, ular o’zbek va rus tillarida gap bo’laklarini yoki qo’shma gap qismlarini bir-biriga bog’lab keladi. Ikkala tilda ham ular ikki guruhga birlashadi: a) teng bog’lovchilar va ergashtiruvchi bog’lovchilar.
O’zbek tilida biriktiruvchi bog’lovchilardan eng ko’p ishla tiladigani — va, rus tilida esa i yordamchi so’zidir. Bunday bog’lovchilar vositasi bilan narsa, kishi yoki boshqa otlar nomma-nom atalib ko’rsatiladi: kitob va daftar — kniga i tetrad; Layli va Majnun – Leyli i Medjnun.
O’zbek tilida va bog’lovchisi bilan bog’lanib kelgan so’zlardagi son, kelishik, egalik affikslari har bir so’zga yoki eng keyingi so’zgagina qo’'shilib kelishi mumkin, rus tilida esa i bilan bog’lanib kelgan so’zlarning har qaysisi kerakli grammatik shaklda bo’lishi shart. Masalan: Sizga qni-qshni va dstlaringizdan salom. — Vam privet ot sosedey i druzey.
Ergashtiruvchi bog’lovchilar qo’shma gapdagi ergash gapni bosh gap bilan bog’lashda xizmat qiladi.
Yuklama. Yuklamalar har ikki tilda predmetlik ma‘nosini yo’qotgan yordamchi so’zlar bo’lib, butun bir gapga yoki uning ayrim bo’laklariga turli qo’shimcha ma‘no ottenkalarini qo’shadi. Yuklamalar gap bo’lagi bo’la olmaydi.
Modal so’zlar. Har ikki tilda ham modal so’zlar harakatning voqelikka munosabatini yoki so’zlovchining o’z nutqiga bo’lgan munosabatini ifodalaydi. Modal so’zlarga qo’yidagilar kiradi:

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish