Mavzu: Kirish. «O’zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi» fanining
maqsad va vazifalari.
Ingliz, rus va o’zbek tillarini qiyoslab o‘rganish bo‘yicha bir qancha nazariy va amaliy ishlarni bajargan tilshunos olim J.Bo‘ronovning ta’riflashicha, qiyosiy tipologiya umumiy lingvistik tipologiyaning bir qismi bo‘lib, «u ikki yoki undan ortiq aniq tillar sistemalarini, tillardagi ma’lum kategoriyalarni deduktiv ravishda alohida o‘rganadi, tillar sistemalaridagi lingvistik hodisalarni birbiri bilan taqqoslab, umumiy tipologik qoida va qonunlar yaratadi.
Ikki til sistemasini ikki yoqlama qiyoslashda har bir qiyoslanayotgan til sistemasining bayon etilgan materiali alohida-alohida qiyoslanadi. Har bir qatlam birligining o‘ziga xos xususiyati, boshqa qatlamlardagi birliklarning o‘o’zaro aloqalari hisobga olinadi» (J.Bo‘ronov. Ingliz va o’zbek tillari qiyosiy grammatikasi. – T., 1973. 70-bet).
Qiyosiy tipologiya harakterologiya hamda universal grammatika kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Bu yo‘nalishlarning har ikkalasi ham tilarni qiyoslash bilan shug‘ullanadi. Biroq ularning farqli jihatlari ham mavjud bo‘lib, harakterologiya tilardagi faqat bir xil qatlamlarni taqqoslaydi, universal grammatika esa tillarni taqqoslashda grammatik vositalardan tashqari leksik vositalarni ham inobatga oladi.
Olim M.Irisqulovning e‘tirof etishicha, ko‘plik kategoriyasi universal grammatika nuqtai nazaridan quyidagi vositalarni o‘z ichiga oladi:
Ko‘plik shaklini hosil qiluvchi qo‘shimchalar.
Son turkumiga kiruvchi so‘zlar.
Ayrim olmoshlar.
Jamlovchi otlar.
So‘zshakllarni o‘zgartiruvchi fonetik hodisalar (mas. flektiv tillarda).
Universal grammatika qardosh bo‘lmagan tillar sistemalarini qiyoslashda qo‘l keladi. Shuningdek, u tarjima nazariyasi, leksikografiya, metodika fanlari uchun juda muhim asos yaratib beradi. Bundan tashqari, qiyosiy tipologik tadqiqotlar natijasida olingan til sistemasiga oid dalillar tillar universaliyalari va umumiy tipologik qonun yaratishda ishlatiladi. Qiyosiy tipologiya faqat tillar sitemasidagi o‘xshashliklarga tayanibgina qolmay, balki sistema birliklaridagi turlilik va ma‘lum kategorial ma‘nolar ifodalanishidagi qatlamlararo farqlarini ham o‘ganadi.
Ma‘lumki, o’zbek tili Oltoy tillar oilasining turkiy guruhiga mansub bo‘lib, tipologik jihatdan u agglyutinativ tillar guruhiga kiradi. Rus tili esa dunyodagi eng yirik oila hisobo’langan HindYevropa tillari oilasining slavyan guruhiga mansub bo‘lib, tipologik tasnifga ko‘ra, flektiv til hisobo’lanadi.
«O’zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi» fani filologik mutaxassisliklar uchun asosiy fanlardan biridir. Ushbu fan o’zbek va rus tillarining zotiy tabiati, qurilish qonuniyatlari, ularni qiyoslab, chog‘ishtirib o‘rganish metodologiyasi va metodlari, o’zbek va rus tillari sistemalaridagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlash kabi masalalar haqidagi fandir. Fanning asosiy maqsadi qiyosiy tipologiya, agglutinativ va flektiv tillar, ularning qurilish qonuniyatlari, ular o‘o’rtasidagi umumiylik va xususiyliklarni aniqlash, ularni chog‘ishtirib, qiyoslab o‘rganish haqida bilim berishdir.
«O’zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi» bosh maqsadga bo‘ysundirilgan quyidagilar haqida ma‘lumot berishni vazifa qilib qo‘yadi:
- qiyosiy tipologiya haqida umumiy ma‘lumot;
-agglutinativ va flektiv tillarning o‘ziga xos xususiyatlari;
- tillarni qiyoslab o‘rganish metodologiyasi;
- ikki tilga xos fonemalarni qiyoslab o‘rganish;
- o’zbek va rus tillarining lug‘aviy tarkibini qiyoslab o‘rganish;
- tillarning morfologik sathiga oid farqlarni aniqlash;
-qiyoslash yordamida tillar o‘o’rtasidagi sintaktik umumiylik va xususiyliklarni aniqlash.
Tilni o‘rganish va tavsiflash turli usul va uslubo’lar bilan amalga oshiriladi. Masalan, «Hozirgi o’zbek adabiy tili» kursi bir tilni tavsiflash namunasi hisobo’lanadi. Bunda o’zbek tiliga mansub xususiyatlar, uning qurilish qonuniyatlari faqat bir til, ya‘ni o’zbek tili misolida bayon qilinadi. Tilni bunday o‘rganish fanda xususiy tilshunoslik deb yuritiladi. Qiyosiy tipologiya esa umumiy tilshunoslikning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, unda tillar o‘o’rtasidagi umumiyliklar va har bir tilning o‘ziga xos xususiyatlari, o‘xshashliklar va farqlar o‘rganilib, tillarning qiymati belgilanadi. Masalan, hozirgi kunda Yevropaning bir qator rivojlangan mamlakatlarida qabul qilingan yevro pul birligining qiymati uni boshqa shunday birliklar, masalan, AQSH dollari yoki Angliya funtsterlingi bilan qiyoslanganda ma‘lum bo‘ladi.
Bundan xulosa chiqarish mumkinki, qiyosiy tipologiya ma‘lum tilning qiymatini, o‘ziga xosliklarini, qo‘llanish va taraqqiy etish imkoniyatlarini, unda mavjud belgilarning mohiyatlarini aniqlashda qo‘l keladi.
Ma‘lumki, sobiq Ittifoq davrida «tilimizning davr talabiga mos ravishda takomillashib borishida asosiy rol o‘ynagan» rus tilining qonuniyatlarini o’zbek tiliga ham tiqishtirish, ular o‘o’rtasidagi o‘xshashliklarni izlash hollari yuz berdi. Ammo keyingi o‘no‘n besh yil ichida, ayniqsa, mustaqillik yillarida o’zbek tilshunosligining taraqqiyoti yo‘lida qilingan ishlar, xususan, tilga sistema sifatida yondashish, tilning qurilish qonuniyatlarini struktural jihatdan o‘rganish, til birliklari o‘o’rtasidagi turlicha semantik (paradigmatik, graduonimik, partonimik, iyerarxik va h.k.) munosabatlarni aniqlash yordamida o’zbek tilining yangi imkoniyatlari, lug‘aviy va grammatik birliklarning mohiyati, flektiv tillarda bo‘lmagan xususiyatlari kashf etildi.
Shu bois, tilshunoslikda to‘plangan ma‘lumotlar asosida o’zbek va rus tillarini yangicha nuqtai nazardan chog‘ishtirib o‘rganish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri hisobo’lanadi.
«O’zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi» fani tilshunoslik fanlari, shuningdek tarjima nazariyasi, etnologiya, etnografiya va barcha filologik fanlar bilan aloqadorlikka ega va unda o‘rganiladigan masalalar bu fanlardagi muammolar bilan bog’lanadi.
Fanning asosiy bo‘limlari kirish, fonetika, leksika, morfologiya va sintaksisdan iborat.
Bu boimlarda, agglutinativ va flektiv tillar, o’zbek va rus tillarining fonetik, leksik, morfologik va sintaktik sathlariga xos bo‘lgan xususiyatlar o‘o’rtasidagi umumiyliklar va farqli jihatlar qiyosiy usul bilan o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |