Y abdullaev moliya va kredit


Kreditga bo‘lgan talabning paydo bo‘lishi



Download 0,73 Mb.
bet4/54
Sana20.05.2023
Hajmi0,73 Mb.
#941852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
Укув-кулланма-Абдуллаев

1.2. Kreditga bo‘lgan talabning paydo bo‘lishi
Tovar-pul munosabatlari sharoitida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoni natural va pul (mehnat mahsuli va pul harakati) shaklida ifodalanadi. Qiymatning harakatida pul shakli tovar shakliga, tovar shakli unumli tovar shakliga, unumli tovar shakli esa tovar shakliga va tovar shakli yangilangan pul shakliga almashadi. YAlpi ijtimoiy mahsulot qiymatining almashuvi, birinchidan, iqtisodiyotning bitta bo‘g‘inida pul mablag‘larining vaqtinchalik bo‘sh turishini, ikkinchidan, boshqa bo‘g‘inlarda bo‘sh turgan pul mablag‘lariga bo‘lgan talabning shakllanishini kuzatish mumkin.
Ijtimoiy mahsulot qiymatining tovar shaklidan pul shakliga o‘tshida pul mablag‘larining bo‘sh turish holati yuzaga keladi. Bunda moddiy ishlab chiqarish sohasi tayyor mahsulot ishlab chiqarish va sotish, muomala sohasi esa tovar shakli bilan xarakterlanadi. Mablag‘lar bo‘sh turishining iqtisodiy tabiatiga ishlab chiqarishning mavsumiyligi, mahsulot turlarini tayyorlashning texnologik xususiyatlari, mol etkazib beruvchilardan xaridorlargacha bo‘lgan masofaning uzoqligi sabab bo‘ladi. Ushbu omillarning ta’siri mablag‘lar doiraviy aylanishining tezligiga mos kelmaydi, natijada moddiy vositalar va pul mablag‘larining muayyan bir qismi nisbatan bo‘lsa-da bo‘sh turib qoladi.
Iqtisodiyotda vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larining shakllanishi bilan bir qatorda bu mablag‘larga talab paydo bo‘ladi. Korxonalar (banklar) - o‘zining moliyaviy xo‘jalik faoliyatini kengaytirish uchun, aholi – o‘zining turmush farovonligini oshirish uchun, davlat - kredit resurslariga bo‘lgan talabini ta’minlash uchun pul mablag‘larini jamg‘arib boradi. Kreditga bo‘lgan talab o‘z navbatida kishilarning hayotiy vositalariga bo‘lgan zaruriyatini belgilovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning barcha bosqichlari uchun umumiy va doimiy bo‘lib kelgan. U hamon mustaqil iqtisodiy kategoriya sifatida harakat qilib keladi. Demak, kreditga bo‘lgan talab – bu pul mablag‘lari bilan ta’minlangan yoki to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan ehtiyoj ekan. Ehtiyoj kerakli miqdordagi pul mablag‘lari bilan ta’minlanmas ekan, u keyin ham «xohish» yoki «istak» bo‘lib qolaveradi.
Pul mablag‘lari doiraviy aylanishining birinchi fazasida aylanma mablag‘larning pul shaklidan tovar shakliga o‘tishida aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda kreditga talab paydo bo‘ladi. Bu talab asosan uy- ro‘zg‘or buyumlari, xom ashyo va materiallar, konstruksiya va detallar, yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, yoqilg‘ilar, ehtiyot qismlar va boshqa mahsulotlar turlari bo‘lishi mumkin. Ma’lumki, aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida minimal zahiralarni shakllantrish uchun etarli darajada aylanma mablag‘lar mavjud bo‘lishi lozim. Pul mablag‘larisiz ular o‘zining hayot faoliyatini davom ettirishlari mumkin emas. SHu sababli aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar kredit vositalarisiz o‘zining oldiga qo‘ygan rejali vazifalarini bajarishi mumkin emas. Kredit mavsumiy xom ashyo, uy ro‘zg‘or buyumalari va boshqa turdagi materiallarni shakllantirish uchun aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ehtiyojlari uchun beriladi.
Vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini jamg‘arish va taqsimlash jarayoni tovar-pul munosabatlarining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib, ular kredit asosida amalga oshiriladi. Bitta bo‘g‘indagi harakatsiz pul reurslari iqtisodiyotning boshqa bo‘g‘inidagi takror ishlab chiqarish xarajatlarining sarfini qoplash uchun ishlatilishi mumkin.
Ijtimoiy mahsulot (milliy daromad)ni yaratish va taqsimlash qoidasiga ko‘ra, sub’ektlarda iqtisodiy munosabtalarning xilma-xilligi kredit turlari (iste’mol krediti, davlat krediti, bank krediti, xalqaro kredit)ni oldindan belgilab beradi. Kreditning turlari asosida aholi, korxonalar, banklar, hukumat va chet el mamlakatlari o‘rtasida o‘zaro kredit munosabatalari shakllanadi.
Takror ishlab chiqarish jarayonining asosiy sub’ekti – bu iqtisodiyotni tashkil etish funksiyasini bajaruvchi mamlakat bo‘lib hisoblanadi. Bu funksiya kredit tizimi va jamiyatning pul mablag‘larini boshqarish bilan o‘zaro uzluksiz bog‘liq.

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish