O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
UMUMIY MATEMATIKA KAFEDRASI
Matematika va informatika (sirtqi) ta’lim yo’nalishi talabasi
XXXXXXXXXXX ning
Simmetrik ko’phadlar va ularning xossalari
mavzusidagi
KURS ISHI
Bajardi: XXXXXXX.Y.
Ilmiy rahbar: YYYYYYY.X.
TOSHKENT – 2023
MUNDARIJA
KIRISH 3
1.Ko'p noma'lumli ko'phadlar haqida umumiy ma'lumot 5
2.Simmetrik ko'phad va asosiy simmetrik ko'phadlar 11
3.Simmetrik ko'phadlar haqidagi asosiy teorema. 13
4.Simetrik ko'phadni asosiy simmetrik ko'phadlar orqali ifodalashga doir misollar 22
XULOSA 24
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI 26
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: O‘zbekistоn Respublikasida amalga оshirilayotgan ta’lim sоhasidagi islоhоtlar o‘ziga xоs jamiyati hayotini yangilashda muhim o‘rin tutadi.
Tarixiy haqiqat shu narsani e’tirof etadiki, jamiyat, ijtimoiy – siyosiy hayotdagi har qanday o’zgarish fan maorif, ta’lim tarbiya strukturasiga o’z ta’sirini o’tkazadi. O’z kelajagini milliy ravnaqini o’ylagan har qanday xalq, har qanday tuzum eng avval ta’lim – tarbiya maskanlari, ziyolilar haqida qayg’uradi. Ma’rifat ishini rivojlanishining eng muhim bo’g’imlaridan biri, samarali nazorat usullarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqlashtirishdir. Respublikamizning mustaqillikka erishishi bizni jahon fani va ma’rifatining eng ilgari fikrlariga hamkor qildi. Ana shunday hamkorlikning bitta ko’rinishi bu respublikamiz oliy o’quv yurtlariga kirish imkoniyatining testlar bilan almashtirilishi va barcha bitirish va ko’chirish imtixonlarining kam testlar bilan almashtirilishi mo’ljallanganligidir. Jamiyatni ijtimоiy iqtisоdiy, ma’naviy-madaniy taraqqiyotining asоsi bugungi kunda ta’lim muassasalarida taxsil оlayotgan yoshlarning bilim darajasi va egallagan ko‘nikmalariga bоg‘liq.
Oliy ta’limda ta`lim olayotgan iqtidorli o`quvchilarni maqsadli tayyorlash va ularning noyob iste`dodini ro`yobga chiqarish jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnalogiyalarni joriy etish zarurati paydo bo`ladi. «Oliy ta’lim o`quvchilariga, birinchi navbatda iqtidorli, yuksak iste`dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo`nalishlari bo`yicha o`z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o`zlaridagi noyob iste`dodni ro`yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratildi». Ushbu yo`nalishlarda dunyoning turli mamlakatlari mutaxassislari kabi Respublikamiz mutaxassislari ham samarali izlanishlar olib bormoqda. Ular tomonidan turli tavsiyalar, maxsus psixologik, matematik testlar, iqtidorli o`quvchilarni maqsadli tayyorlashga mo`ljallangan maxsus o`quv dasturlari va progressiv pedagogik texnologiyalar, o`quv ijodiy, tarbiyaviy muammolar yechimlari ishlab chiqilmoqda.
Ma`lumki, oliy ta’lim o`qitishning boshidan oxirigacha matematik masalalar o`quvchilarga matematik tushunchalarni to`g`ri shakllantirishga, uni o`rab turgan muhitning o`zaro aloqadorligining turli tomonlarini chuqurroq aniqlashga yordam beradi, o`rganilayotgan nazariy qoidalarni qo`llanish, kuzatilayotgan hodisalarda har xil sonli bog`lanishlarni o`rnatish imkonini beradi. Shu bilan birga masalalar yechish o`quvchi tafakkurining rivojlanishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |