Metodik tavsiyalar: agar bolalar maksimal ravishda faol
bo‘lsalar, mashg‘ulotning rivojlantiruvchi, to‘g‘rilovchi, shakllanti-
ruvchi, tarbiyalovchi, ta’lim beruvchi vazifalarini amalga oshirishda
tarbiyaviy samara yuqori bo‘ladi. Sinfdan tashqari mashg‘ulotda
bolalarni faollashtirishda darsdan farq qiladigan alohida emotsional
muhitni yaratish birinchi darajali ahamiyatga ega. Masalan,
bolalardan qo‘llarini ko‘tarish, o‘rinlaridan turish talab etilmaydi.
Intizomni saqlab turish uchun alohida qoidalar joriy qilinadi
(kiritiladi): strelka ko‘rsatgan, fant tushgan o‘quvchi javob beradi.
Bir masala yuzasidan bir necha o‘quvchi o‘z fikrini bildirishi eng
qulaydir. Pedagogning nutqida „to‘g‘ri“, „balli“, „ofarin“ kabi
rag‘batlantiruvchi so‘zlarning bo‘lmasligi, buning o‘rniga xayri-
xohlik, his-hayajon, pedagogning his-tuyg‘ularini ifodalovchi,
hayrat bilan aytilgan „ha“, „juda qiziqarli“, „yangi xabaring uchun
rahmat“, „shundaymi?“, „buni qarang-a!“ kabi iboralardan
foydalanish iliq, xayrixohlik muhitining yaratilishiga yordam beradi.
Agar pedagog xulq-atvorni shakllantirishning xilma-xil metod-
laridan (tarbiyalovchi mashqlardan foydalanish, o‘rgatish, topshi-
riqlar berish) iloji boricha ko‘p foydalansa, mashg‘ulotga turli xil
faoliyat turlari: mehnat, ijodiy ishlar, sport elementlari va hokazolarni
kiritsa, asosiy qismning samaradorligi oshib boradi. Pedagog xilma-
xil faoliyat turlarini tashkil etishda bolalarni komandalarga birlashtirar
ekan, ularni bir-birlari bilan erkin muomalada bo‘ladigan qilib
joylashtirishi, vazifalarni esa har bir ishtirokchi o‘zi uchun alohida
478
emas, balki o‘zini jamoaning bir qismi deb his etadigan qilib
taqsimlashi kerak. Òopshiriqni bajarish uchun vaqt berishda komandaga
uni bajarishni muhokama qilishga bir necha daqiqa vaqt ajratish va
komanda vakilidan tayyorligini so‘rash lozim. Shunday taqdirdagina
bolalarda faoliyatning umumiy maqsadi, xilma-xil vazifalar va
hamkorlik uchun sabab (motiv)lar bo‘ladi.
Ongni shakllantirish metodlari bolalarda e’tiqodning, amaliy
etik (axloqiy) tushunchalarning tarkib topishiga yordam berishi
kerak. Bu maqsadlarda hikoya metodini o‘quvchining axboroti,
dokladi (ma’ruzasi) tarzida o‘zgartirish, tez-tez munozaradan
foydalanish yaxshi samara beradi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy
ishlarning ommaviy shakllarida bolalarni munozara qoidalariga
o‘rgatish lozim:
1. Shuni yodda tutingki, bahslashuvchilar haqiqatni izlaydilar,
ammo uni turlicha tasavvur qiladilar; bahsda umumiy mazmunni
aniqlash, keyin esa qarashlardagi farqni oydinlashtirish va ularga
hurmat bilan munosabatda bo‘lish kerak.
2. Munozaraning maqsadi — tomonlardan birining haqligini
aniqlash emas, balki haqiqatni qaror toptirishdir.
3. Haqiqatni opponent shaxsiga ayblar qo‘yish bilan emas,
balki faktlar yordamida qidirish zarur.
4. So‘zlovchini avval diqqat bilan tinglash, keyin esa o‘z nuqtayi
nazarini bildirish lozim.
4. Mashg‘ulotning yakuniy qismi.
Pedagogik maqsad: bolalarni egallagan tajribalarini o‘zlarining
maktabdan tashqari hayotlarida amalda qo‘llashga moyil qilish
(xohish uyg‘otish) va mashg‘ulot g‘oyasini amalga oshirishga qan-
chalik muvaffaq bo‘lganligini aniqlash. Shunday qilib, yakunlovchi
qism pedagogning bolaga boshqa muhitda tarbiyaviy ta’sir ko‘rsa-
tishga imkon beradi.
Òiðik xatolar: bu qism umuman inkor qilinadi yoki „Yoq-
dimi?“, „Nimalarni bilib oldingiz?“ qabilidagi ikki savoldan iborat
bo‘lib qoladi.
Òavsiyalar: dastlabki natijalarni aniqlash uchun krossvord,
kichik viktorina, berilgan savolga uzoq o‘ylamay tez javob qaytarish,
o‘yin vaziyatlari kabi bolalarni qiziqtiradigan test xarakteridagi
kontrol topshiriqlar; bolalarning egallagan tajribalarini shaxsiy
hayotlarida qo‘llashga doir turli tavsiyalar berish. Bu esa mazkur
muammoga doir kitoblarni ko‘rsatish, bolalarning mashg‘ulotda
egallagan bilim, malaka va ko‘nikmalarini qo‘llashi mumkin bo‘lgan
479
vaziyatlarni muhokama qilish bo‘lishi mumkin. Hosil qilingan
tajribani qo‘llashga doir bolalarga maslahatlar: ular o‘z yaqinlariga
nimalarni gapirib berishlari, mazkur mavzu yuzasidan nimalar
haqida so‘rash mumkin; qayerga borish, u yerda nimalarga e’tibor
berish, qanday o‘yinlar o‘ynash, mustaqil ravishda nimalar qilish
mumkin va hokazo. Yakunlovchi qismda mashg‘ulot mavzusini
kelgusida yana yoritib berish zarurati bormi, bor bo‘lsa, buni
qanday yo‘l bilan amalga oshirish mumkinligini aniqlash maqsadga
muvofiqdir. Mashg‘ulotning yakunlovchi qismidan pedagog bundan
keyingi sinf mashg‘ulotlarini o‘tkazishda bolalar tashabbusini
rivojlantirish uchun ham foydalanishi mumkin.
Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning individual va ommaviy
shakllarini tashkil etish va o‘tkazishda ota-onalar bevosita ishtirok
etsalar, ularning tarbiyaviy ta’siri ancha samarali bo‘ladi.
Savol va topshiriqlar
1. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari olib boradigan sinfdan tashqari
tarbiyaviy ishlarga ta’rif bering.
2. Bo‘lg‘usi pedagog sifatida Siz sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar
haqida 1-, 2-¾ navbatda nimalarni bilishingiz kerak? (Mazkur
bob materiallari asosida ro‘yxat tuzing.) O‘zingiz tanlagan usul-
larni asoslab bering. Hech narsa kerak emas, shuning o‘zi yetarli
deb hisoblasangiz, bunda ham o‘z qaroringizni asoslang.
3. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning o‘ziga xos xususiyatlari
nimalardan iborat?
4. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning tashkil etilishiga doir qanday
talablarni eslab qolishni istardingiz? Nima uchun?
5. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning individual shakllarini tashkil
etish va o‘tkazishda mazkur bobdagi qaysi ko‘rsatmalardan foy-
dalanar edingiz?
6. Istalgan sinfda, istalgan mavzuda umumsinf tarbiyaviy mashg‘uloti
konspektini tuzing yoki mavjud konspektni mazkur bobda bayon
qilingan talablar nuqtayi nazaridan tahlil qiling.
7. Pedagogik vaziyatni hal etish algoritmi yordamida shaxsiy tajriban-
gizdagi istalgan bir vaziyatni tahlil qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |