72-bob. Alohida sharoitlarda soliq majburiyatlarini bajarish
481-modda. Alohida sharoitlarda qo‘shimcha vakolatlar berish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2020-yilning alohida sharoitlarida quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga haqlidir:
1) ushbu Kodeksda va “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan ayrim soliqlar va yig‘imlar (bundan qo‘shilgan qiymat solig‘i va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq mustasno) stavkalarini o‘zgartirish;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni.
2) ushbu Kodeksda belgilangan soliqlar, shu jumladan ular bo‘yicha bo‘nak va joriy to‘lovlar hamda yig‘imlarni to‘lash muddatlarini uzaytirish;
3) soliq, moliyaviy hisobotlarni va (yoki) soliqlarni hisoblab chiqarish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni, shuningdek ularni taqdim etmaganlik (o‘z vaqtida taqdim etmaganlik) uchun javobgarlikni qo‘llamaslik asoslari va (yoki) shartlarini taqdim etish muddatlarini uzaytirish;
4) soliqlar, penyalar va jarimalarni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish, shuningdek ularni berish tartibi va shartlarini qayta ko‘rib chiqish;
5) soliqlar, yig‘imlar, penyalar va jarimalarni to‘lash to‘g‘risidagi talabnomalarni jo‘natish va ijro etish muddatlarini, shuningdek soliqlar, yig‘imlar, penyalar, jarimalarni undirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish muddatlarini uzaytirish;
6) soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha (bundan qo‘shilgan qiymat solig‘i va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq mustasno) soliq imtiyozlarini berish;
7) soliqlar, penyalar va jarimalarni majburiy undirish choralarini to‘xtatib turish.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishi davrida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar ushbu normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
482-modda. Soliqlarni, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha foizsiz to‘lashni kechiktirishning yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashni qo‘llashning va alohida sharoitlarda soliq majburiyatlarini bajarishning vaqtinchalik tartibi
Soliqlarni, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari bo‘yicha foizsiz kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati quyidagilar bo‘yicha beriladi:
ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 6, 7 va 8-bandlarida ko‘rsatilgan soliqlar bo‘yicha — mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, agar ushbu qismning uchinchi xatboshisida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa. Ko‘rsatilgan soliqlarga nisbatan kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati 2020-yil 31-dekabrga qadar soddalashtirilgan asosda, olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga berilishi mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 6 — 9-bandlarida ko‘rsatilgan soliqlar va aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha — o‘z faoliyatini to‘xtatgan va (yoki) tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan tushumlar miqdori 2020-yilning birinchi choragida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi o‘rtacha oylik ko‘rsatkichga nisbatan 50 foizdan ko‘proqqa kamayadigan mikrofirmalar, kichik korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga. Bunday soliqlarga nisbatan ushbu moddaning beshinchi qismida belgilangan tartibda 2020-yil 31-dekabrga qadar kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkoniyati berilib, kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkoniyati berilgan soliqlar summalari keyinchalik to‘lanadi.
(482-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-714-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2021-y., 03/21/714/0874-son — 2021-yil 1-yanvardan e’tiboran yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi)
LexUZ sharhi
Do'stlaringiz bilan baham: |