Xxi-asrda islom postmodern dunyoda qiblani topish



Download 397,89 Kb.
bet32/83
Sana13.06.2022
Hajmi397,89 Kb.
#665661
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83
Bog'liq
XXI

ICHKI FAOLLIK
Biz bu tartibsizlikka qanday barham berishimiz kerak? Biz ishni islomning asli nima ekanini esga tushirishdan boshlashimiz lozim. Oldinroq qayd etib o‘tganimizday, dinimiz izchil amal qilinganda, jannatga yo‘llanma beradigan qoidalar qo‘llanmasi emas.
Aksincha, u inson qalbini tozalashni maqsad qilib olgan ijtimoiy, intellektual va ma'naviy texnologiyalar majmuidir. Alloh taolo Qur'onda, qiyomat kuni sog‘lom qalb (qalbun salimun)dan boshqa biror narsaning foydasi bo‘lmaydi[486], deydi. Payg‘ambarning - unga Allohning rahmati va salomi bo‘lsin - mashhur hadisida bunday deyiladi:
Tanada shunday bir a'zo bor, agar u sog‘ bo‘lsa, tana sog‘lomdir, agar u buzilgan bo‘lsa, butun tana buzilgandir. U qalbdir.
Islomning boshqa barcha amrlari mana shu amrga bo‘ysunishini va ularga ma'no yuklashini yodda tutgan islom ulamolari yurakning «holatlari»ni o‘rganuvchi ilmni va uni sog‘lom holatga olib keladigan usullarni yaratishdi. O'z vaqtida ushbu ilm tasavvuf nomini oldi. U ingliz tilida sufizm deb ataladi. Bu o‘sha ilmning an'anaviy otidir. Biz uni bugungi kunda yanayam tushunarli qilib «Islom psixologiyasi» deb nomlaymiz.
Mana shu nuqtada ko‘pchilik patini yoygan tovusday hurpayib olib, qayta-qayta mashq qilib olingan e'tirozlarini bildiradi. Hukmron tasavvuf na aqidalar sistemasi va na tafakkur maktabi - mazhab bo‘lganini tushunib olish muhim ahamiyatga ega. Aksincha, u turli islomiy mazhablarga mansub kishilar rioya qilgan tushuncha va amallar majmuidir; boshqacha aytganda, u mazhab emas, ilmdir. Xuddi boshqa islomiy ilmlar singari u ham payg‘ambar - unga Allohning rahmati va salomi bo‘lsin - hamda uning sahobalari zamonida tasavvuf yoki keyinchalik paydo bo‘lgan shakli sifatida mavjud bo‘lmagan. Bu hol uning ahamiyatni pasaytirmaydi. Payg‘ambar zamonasidan ko‘p yillar o‘tib paydo bo‘lgan talaygina ilmlar bor. Bular sirasiga usul ul-fiqh yoki hadis ilmining son-sanoqsiz texnik sohalarini kiritish mumkin.
Albatta, bu hozir bizni sunnat va bid'atning noto‘g‘ri talqin qilingan sohalariga yetaklab ketadi. Zamonaviy din faollari ko‘pincha mutlaqo noto‘g‘ri talqin qilinayotgan ushbu ikki tushunchani o‘zlarining o‘tmas quroliga aylantirib olgan. Sharqshunoslarga xos bo‘lgan odatiy tezisga ko‘ra, islom «samarasiz somiy din» sifatida o‘z rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan mexanizmlarni ishga tushira olmadi va u o‘z asoschisining vafotidan so‘ng boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Ammo bu dastlabki sharqshunos sintezchilar (Muir, Le Bon, Renan, Kaetani)ning qarashlarini shakllantirgan 19-asr tarixchilarining etnik determinizmiga asoslangan bema'nilikdir. Oxir zamon dini sifatida paydo bo‘lgan islom amalda keskin o‘zgarib ketayotgan va tarixning intihosi va eng "entropik"(burilish, evrilish - Tarj. ) bosqichi sifatida tavsiflanayotgan sharoitga bemalol moslashishi mumkinligini isbot qilib berdi.
Islom qonuni - fiqhning klassik ta'rifiga ko‘ra, bid'at nimani anglatadi? Hammamiz mana bu mashhur hadisni bilamiz:
Yangi boshlangan narsalardan ehtiyot bo‘linglar, har bir yangi narsa bid'atdir, har bir bid'at noto‘g‘ri yo‘lga boshlashdir, har bir noto‘g‘ri yo‘lga boshlash esa jahannamga yetaklaydi[487].
Bu hol islomda keyinchalik joriy etilgan, ammo ilk musulmonlar avlodi davrida ma'lum bo‘lmagan narsalar rad etilishini anglatadimi? Klassik ulamolar bunday harfxo‘r talqinni inkor etadi. Keling, Imom ash-Shofiiyning sunniy islomda to‘la tan olingan ta'rifini olib ko‘raylik. Imom ash-Shofiiy bunday yozadi:
Joriy etilgan narsalar (muhdasat) ikki xil bo‘ladi. Ulardan biri Qur'on matni, yoki Sunnatga yoxud ilk musulmonlarning asarlariga va yoki musulmonlarning murosa
(ijmo) siga zid keladi: u "noto‘g‘ri yo‘lga boshlash bid'ati" (bid'at dalolat)dir. Ikkinchi narsa esa yaxshi bo‘lib, o‘sha mo‘‘tabar narsalarning birortasiga ham zid kelmaydi: u "qoralab bo‘lmaydigan bid'at" (bid'ati g‘ayr mazmuma) dir[488].
Klassik ulamolarning deyarli barchasi bid'atning maqbul va nomaqbul ko‘rinishlari o‘rtasidagi asosiy tafovutni tan oladi. Masalan, Al-Izz ibn Abdulsalom (islom tarixining 5-6 yoki ulkan mujtahidlaridan) shunday ulamolardan biridir. Unga ko‘ra, bid'atlar shariatning 5 ta aksiologik yo‘nalishi - majburiy (vojib), tavsiya qilingan (mandub), ijozat berilgan (muboh), qoralanuvchi (makruh) va taqiqlangan (harom) - ichiga kirib ketadi[489].
Ibn Abdusalom "majburiy bid'at" kategoriyasiga oid qilib quyidagi misollarni keltiradi:
Qur'on va islom qonunini yo‘qolib ketishidan qo‘rqib, yozuvda qayd etib qo‘yish,
Qur'ondagi ziddiyatlarni hal etish uchun arab sarfu nahvini o‘rganish va mo‘‘tazilalarning da'volarini rad etish uchun falsafiy ilohiyotshunoslik (kalom)ni rivojlantirish.
Ikkinchi kategoriya «tavsiya qilingan bid'at»dir. Ulamolar ushbu yo‘nalishga madrasalar qurish, islomning yaxshilikka undovchi jihatlari xususida kitoblar yozish, arab tilshunosligini sinchiklab o‘rganish singari faoliyat turlarini kiritadi.
Uchinchi kategoriya «ijozat berilgan» yoki «betaraf bid'at»dir. Unga unni elash va Madinada ma'lum bo‘lmagan turli uslublarda uylar qurish singari faoliyat turlari kiradi.
To‘rtinchi kategoriya «qoralanuvchi bid'at»dir. Unga qurilayotgan masjidlar va Qur'onga haddan oshiq hasham berib yuborish kiradi.
Beshinchi kategoriya «taqiqlangan bid'at»dir. Unga noqonuniy soliqlar, malakasi va bilimi yetarli bo‘lmagan kishilarga qozilikni topshirib qo‘yish, Qur'on va sunnatning ma'lum printsiplariga zid keluvchi mazhablar va din amallari kiradi.
Bid'at turlarining yuqoridagi tarzda tasniflanishi shariat adabiyotiga xos bo‘lib, uni fiqhning to‘rttala ortodoksal maktabi ham tan oladi. Islom tafakkuri tarixida ikkita muhim istisno hol kuzatilgan: Ibn Hazm e'lon qilgan Zohiriy maktabi va hanbaliya maktabining Ibn Taymiya vakili bo‘lgan bir qanoti. Ibn Taymiya ushbu masalada klassik ijmoga qarshi boradi va bid'atning barcha shakllarini, yaxshi yoki yomon bo‘lishidan qat'i nazar, islomga xos emas, deb inkor etadi.
Nega endi bugungi kunda musulmonlar ishongan ko‘pgina narsalar islomda nomaqbul bid'at deb rad etilishi kerak? Bir omil, ya'ni xavf-xatardan paydo bo‘lgan aqliy cho‘chishga qarshi odamlarni (muqaddas bitiklarning) mutaassibona va harfxo‘r talqinlar(i)dan chora izlashga undashini yuqorida ko‘rsatib bergan edik. Boshqa bir omil esa vahhobiylik deb atalgan hanbaliyaning yangi va mablag‘i ko‘p mazhabi ta'sirida paydo bo‘lgandir. Uning peshvolari har qanday taraqqiyot ehtimolini rad etishi bilan nom qozongan.
Nima bo‘lganda ham, biz islomning yangilikni tan olish va uni assimilyatsiya qilish qobiliyatini murakkab va klassik yo‘sinda tushunish bilan qurollanibgina musulmon tamadduni qanday qilib yangi muammolar paydo bo‘lishi bilan ularni yechish uchun yangi akademik ilmlarni yaratganini tushunib olishimiz mumkin bo‘ladi.
Yangi ilmlarga xos bo‘lgan islom psixologiyasi, garchi u Qur'onda yashirin va mavhum holda mavjud bo‘lsa-da, islom madaniyatida ilk marta abbosiylar hukmronligining dastlabki davrlarida muayyan sistemaga solindi. Biz Qur'onning "solim qalb"ga erishishga beradigan ahamiyatini hisobga olib, islom psixologiyasining ta'siri ommaviy bo‘lgani va keng tarqalganidan xabar topganda hayratga tushmaymiz. Islom shakllangan dastlabki to‘rt asrda tafsir, hadis, sarfu nahv singari ilmlar borasida buyuk asarlar yaratildi, ulamolar, shuningdek, al-qalb as-solim muammosiga e'tibor qaratdi. Ilk marta Sufyon ibn Uyayna, Sufyon az-Zavriy va Abdulloh ibn al-Muborak singari ko‘plab dastlabki zohidlar tobe'inlardan o‘rnak olishib, butun diqqatini yurakni tozalash san'atiga qaratgani ko‘zga tashlanadi. Ular tavsiya etgan usullarga tez-tez ro‘za tutish, kechalari namoz o‘qish, vaqti-vaqti bilan izdihomdan chekinish va murobata, ya'ni ixtiyoriy jangchilarning Kichik Osiyoning chegarada joylashgan qal'alarida xizmat qilishni o‘z vazifasi deb bilishi kirar edi.
Bunday xudojo‘ylik o‘sha paytlar muayyan bir sistemaga solinmagan edi. U najotni payg‘ambar qadrlagan nafsni tiyish, samimiyat va vahiyga o‘ta sodiqlikda deb bilgan barcha musulmonlarni qamrab olgan erkin bir kategoriya edi. O'sha erkaklar va ayollar qiyomat kunidan qo‘rqqani uchun baqqa'un, ("yig‘loqilar"), yoki zuhhod (zohidlar) va yoki ubbad ("uzluksiz ibodat qiluvchilar") degan turli nomlar bilan atalgan.
Ammo (hijriy) uchinchi asrga kelib, biz boshqa bir diniy maktabga tegishli deb tushuniladigan bitiklarni uchrata boshlaymiz. Abbosiylar davridagi shahar aholisining hasham va moddiy boyliklarga ruju qo‘yishi ko‘plab musulmonlarni payg‘ambar davridagi oddiylikni qayta tiklash uchun mujodalaga undadi. Qalb musaffoligi, boshqalar dardiga sherik bo‘lish va doimo Allohni yod etish ushbu tamoyilning o‘ziga xos ko‘rinishlari edi. Biz muhosaba usulining ta'rifiga duch kelamiz: odamning nafsi hakalak otib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘z-o‘zini imtihon qilib turishi. Yana riyozat, ichki intizom ham ta'kidlanadi. O'sha paytga kelib Qur'on psixologiyasining asosiy printsiplari ishlab chiqildi.
Maxluqlardan biri bo‘lgan inson 4 ta tarkibiy qismdan iborat deb tushunilar edi: jism, aql, ruh va nafs. Dastlabki ikki qismga kamroq izoh berish ham mumkin. Uchinchi va to‘rtinchi kategoriyalar (zamonaviy ta'lim olgan kishilarga) kamroq tanishdir. Ruh insonning o‘lim tufayli ham barham topmaydigan asosiy mohiyatidir. Qur'onda ta'kidlanganiday, ilohiy ilhomning bir qismi bo‘lgan ruhni aql bilan anglab yetish qiyin: (Ey Muhammad), Sizdan ruh haqida so‘raydilar. Ayting: "Ruh faqat Rabbimning ishidandir". Sizlarga esa juda oz ilm berilgandir"[490].
Islomning dastlabki psixologlariga ko‘ra, ruh inson tanasining hamma joyiga kirib boradigan, ammo qalbga jamlanadigan moddiy bo‘lmagan borliqdir. U inson tanasining bu dunyoga daxli bo‘lmagan qismidir, u bandani Parvardigori bilan bog‘lab turadi, agar bandaning omadi chopib qolsa, narigi dunyoda Allohni ko‘rishga imkon beradi. Biz tug‘ilganimizda ushbu ruh zararlanmagan va sof bo‘ladi. Biz dunyoning bema'ni ishlariga qo‘shilishimiz bilan, Qur'onda ta'kidlanganiday, u "zang" (ran) bilan qoplana boshlaydi. zang ikki narsa: gunoh va bema'ni ishlardan iboratdir. Ulardan nafsni tiyish orqali qutulish mumkin, shundan so‘nggina dindor gunohlardan forig‘ bo‘ladi va butun diqqatini Allohning bevosita mavjudligiga qaratadi, natijada zang to‘kiladi va ruh yana ozod bo‘ladi. Qalb solimligi, najot va Allohga yaqinlikka erishiladi.
Bu bir qarashda juda osonday tuyuladi. Ammo dastlabki musulmonlar bunday bebaho narsaga shunga yarasha haq to‘lash orqali erishiladi, deb o‘rgatishgan. Yurakning Avgiy otxonasi[491]ni tozalash juda mashaqqatli ishdir. Dinning mana shu aqidalariga zohiriy amal qilish juda oson; ammo faqat ilk qadamdir. Eng qiyin narsa mujohadadir, ya'ni nafsga qarshi har kuni jang qilishdir. Qur'onda ta'kidlanganiday:

Download 397,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish