Transtsendentlik - immanentlikning teskarisi bo‘lib, ma'lum bir sohaning, umuman olganda, dunyoning chegarasiga nisbatan narigi tomonda bo‘lish. Bir qator falsafiy oqimlarning markaziy tushunchalaridan bittasi. Har qanday voqelikdan ustun turuvchi absolyutning tavsifi (neoplatonizmda birlik); ilohiyotshunoslik ta'limotlarida - xudoning yerdagi hayotdan tashqarida ekani. Kant falsafasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan tajriba («hodisalar dunyosi») chegaralaridan tashqariga chiquvchi, nazariy bilish (masalan, xudo, ruh, mangu yashash g‘oyasi) imkoni bo‘lmagan narsa («Kirill va Mefodiy»). - Tarj.
(Ingliz diniy mutafakkiri) Jon Uikliffning Lamen Sanneh haqidagi qat'iy fikriga e'tibor bering: "Muhammad's Significance for Christians: Some Personal Reflections", Studies in Interreligious Dialogue 1/i (1991), 25-40, p.39: "Musulmonlar o‘sha joyning tilida yozilgan narsalarni boshqa din bitiklari vositasi sifatida bekor qilishdi va shu tariqa mahalliy qonun-qoidalarning noyob va muhim manbasini taqiqlab qo‘ydi", bu hol islomda Isoning erkak jinsiga mansubligi feministlarga mushkullik tug‘dirganiday, muammo mavjud, degan fikrga sabab bo‘lishi mumkin. Buning amalda musulmon madaniyatlarini kambag‘allashtirib qo‘ygani, musulmonlarning muqaddas adabiyotlari boyligini bergani xususida bir narsa deyish qiyin; masalan, kimdir eronliklarning islomni qabul qilganidan so‘nggi fors tilining favqulodda yashovchanligi yoki turk mavlid qiroatlari xususida o‘ylashi mumkin. Mavlid qiroatlari chog‘ida turk tili zamonaviy Yevropa tillarida ibodat qiladigan kishilarga notanish bo‘lgan darajada muqaddaslashtiriladi. Musulmonchilik nuqtai nazaridan muqaddas bitikni aniq tarjima qilish (qarang: T.Winter, "Qur'an: Translations", in Concise Encyclopedia of Language and Religion [London: Pergamon, 2001] chog‘ida uchta xatoga yo‘l qo‘yiladi. Birinchidan, u "tarjimaning yutuq va kamchiliklari tufayli xristian cherkovi dastlabki bo‘linishga yuz tutdi"(A.C.Partridge, English Biblical Ttranslation [London: André Deutsch, 1973], 3) qabilidagi munozaralarga yo‘l ochib beradi. Ikkinchidan, u, xuddi Tavrotning tarjimonlar tomonidan qayta-qayta aksil-yahudiylashtirilgani singari, teologik ma'no buzilishi va anaxronizmga olib borishi mumkin. Uchinchidan, ibodat qilish va aqida sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan jiddiy tarjima ierarxiya vasiyligini talab qiluvchi aqidaning kelib chiqish jarayonini o‘z ichiga oladi. Bu talabni islom qondira olmaydi. Partridj (232-bet) o‘zining mushkulot haqidagi qichqacha fikrini: "xristianlarga ikkita Tavrot kerak, bittasi tarixchi olim uchun, ikkinchisi, garchi g‘ayrishuuriy bo‘lib tuyulsa-da, muqaddas bitik biz so‘zlashadigan tilda hamma tushunadigan bo‘lishi kerak, deb hisoblaydigan omi xalq uchundir", deb xulosalaydi. Shu ma'noda islom arab tilidagi Qur'onni mutaxassislar o‘rganishi va xudojo‘ylarcha qiroat bilan o‘qishi uchun asrab qo‘yib, uning ma'nosini odamlar tushunib olishi uchun tafsir qilish bilan bu to‘siqni yengib o‘tgan. Arabchaga o‘xshash, biroq so‘zma-so‘z tarjima me'yor hisoblanib kelgan. Uolter Benjamin: "bitiklarni so‘zma-so‘z tarjima qilish barcha tarjima turlari orasidagi eng mukammalidir yoki shunga yaqindir", degan edi (Walter Benjamin, ed. Hannah Arendt, tr. Harry Zohn, Illuminations [London: Fontana, 1973], 69.). Sannehning pozitsiyasi Bellokning "xristianlik Yevropa, Yevropa esa xristianlik, deganidir", degan fikriga (butunlay qonuniy) qarshi fikrlarning bir bo‘lagini tashkil etadi; kelajagi noaniq, yaqinda paydo bo‘lgan bu tamoyil uchinchi dunyo mamlakatlari xristianlarini G'arb
madaniyatidan ilhomlantirib yubordi. "Arab imperializmi" xususidagi tezis uchun qarang: V.S.Naipaul, Beyond Belief: Islamic Excursions among the Converted Peoples (London: Little, Brown and Co., 1998).
J.B.P. More, ‘The Marakkayar Muslims of Karikal, South India', Journal of Islamic Studies 2:1 (1991), 25-44, page 44.
Daniel Sahas, John of Damascus on Islam (Leiden, E.J. Brill, 1972), 128-9.
David A. Kerr, ‘The Prophethood of Muhammad', in Yvonne Yazbeck Haddad and Wadi Zaidan Haddad (eds.), Christian-Muslim Encounters (Gainesville etc.: University Press of Florida, 1995), 42830.
Hans Küng et al, Christianity and the World Religions: Paths of Dialogue with Islam, Hinduism and Buddhism (London: Collins, 1986), 24-8. Islomda tuzatish tarixiy va, binobarin, somiy Isoni o‘z o‘rniga tiklash shaklini oladi. Kung Pavelning ellinlashtirish strategiyasini rad etmagan holda, Jeyms qo‘llab-quvvatlagan ibtidoiy monoteizmning kuchsizlanib qolishi tufayli xristianlik o‘z mavqeini yo‘qota boshlagan, deb hisoblaydi. U islomning go‘yo yahudiylarning Isoga izdosh bo‘lgan kishilardan iborat mazhabi ebionimlardan kelib chiqqani haqida safsata sotuvchi H.J.Shoeps singari tarixchilarning gaplariga xayrixohlik bilan qaraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |