Rolan Jerar Bartes (1915-1980) - frantsuz esseisti, ijtimoiy va adabiy tanqidchisi. Uning semiotika, ramzlar va belgilarni formal o‘rganish borasidagi tadqiqotlari strukturalizm va yangi tanqidni yetakchi intellektual harakatlar darajasiga ko‘tarishga yordam berdi. - Tarj.
Atomizm [fr. atomisme < yunon.]. fals. - materialistik ta'limot bo‘lib, 19-asrning oxirigacha material abadiy, o‘zgarishsiz va bo‘linmaydigan zarralar - atomlardan iborat deb hisoblangan. Zamonaviy atomizm nuqtai nazariga ko‘ra, elektronlar elektr quvvatining «atomlari», fotonlar esa yorug‘lik «atomlari»dir. Atomizm keng ma'nosidan ob'ektning, jarayonning, xossaning (ijtimoiy atomizm, mantiqiy atomizm va boshqalar) diskretliligini (uzlukliligini) anglatadi. («Kirill va Mefodiy») - Tarj.
Ernest Gellner, Postmodernism, Reason and Religion (London: Routledge, 1992).
Mary Rose Barral, The Body in Interpersonal Relations: Merleau-Ponty (Lanham, MD: University Press of America, 1984). Uning qarashlaridagi eng muhim bo‘lgan jihat vujudni inson sub'ektini «moddiylashgan ruh» deb hisoblovchi tushunchaga asoslangan intersub'ektiv joy deb hisoblashidir. Bu qarash Dekartning «vujuddan foydalanuvchi jon» degan qarashiga ziddir. Bu haqda
90-betga qarang. U musulmonlarning tanaga asoslangan fiqh tajribasini madaniy kishilarni birlashtiruvchi asos deb hisoblashi mumkin.
Intersub'ektiv (ingl.) 1. Turli ongga mansub aqllar o‘rtasida muloqotga kirishish
(intersub'ektiv muloqot). 2. Ikki va undan ortiq sub'ektlar foydalanishi yoki ular uchun joriy etilishi mumkin bo‘lgan narsa. - Tarj.
Interkorporeyti (ingl. inter o‘rta, corporeity -- vujudga ega bo‘lish yoki vujud bo‘lishning sifati yoki holati, moddiylik) "moddiyliklar o‘rtasidagi narsa" ma'nosida. - Tarj.
Hatto, til voqelikni hosil qiladi, deb da'vo qilish ham uni tasvirlashiga xalal bermaydi. Qarang:
See M.J. Devaney, ‘Since at least Plato ...' and Other Postmodernist Myths (Basingstoke: Macmillan, 1997), p.4. Qur'on nuqtai nazaridan, albatta, tilni Alloh bergan. Vaholanki, Tavrotning «Ibtido» kitobida uni bandasi yaratgan, deyiladi. Musulmon ilohiyotshunosligi bitiklarga asoslangan teistik logotsentrizmdan postmodernizmga qarshi foydalanishi mumkin.
Ron Geaves, The Sufis of Britain: An Exploration of Muslim Identity (Cardiff: Cardiff Academic Prees, 2000).
Salafiya (arab. «salaf» «ota-bobolar", "o‘tmishdoshlar" so‘zidan) - Musulmon din
arboblarining umumiy nomi bo‘lib, ular islom tarixining turli davrlarida qadimgi musulmon qavmi yoki "chin musulmon bobolar"ning turmush tarzi va e'tiqodidan ulgi olishga da'vat qilgan, ular ushbu sohalarda keyinchalik joriy etilgan yangiliklarni bid'at deb hisoblagan. Bunga Qur'onni ramziy-majoziy tafsir qilish usulidan tortib, musulmon dunyosida G'arb bilan aloqalari davrida joriy etilgan turli yangiliklar ham kiradi. ("Islam", entsiklopedicheskiy slovar, M. "Nauka", 1991)
Do'stlaringiz bilan baham: |