Xxi-asrda islom postmodern dunyoda qiblani topish


VII bob Bir dindan ikkinchisiga o‘tish sog‘inch hissi sifatida: najotkor Buyuk Ahd



Download 397,89 Kb.
bet20/83
Sana13.06.2022
Hajmi397,89 Kb.
#665661
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83
Bog'liq
XXI

VII bob
Bir dindan ikkinchisiga o‘tish sog‘inch hissi sifatida: najotkor Buyuk Ahd
Islom, xuddi xristianlik va buddizm singari, nazariy jihatdan ham, tarixiy an'anasiga ko‘ra ham dunyoning ilg‘or missionerlik dinlaridan biridir. Dunyodagi ulkan va global e'tiqodlarning eng yoshi bo‘lgan islom Qur'onning «Tur va ogohlantir» amrini bajarishga kirishmaganida bir necha noma'lum arab monoteistlarining mazhabi bo‘lib qolgan va yarim oroldagilar uni qurshab turgan serg‘ayrat xristian dini bilan murosa qilgani sari yo‘qolib ketishga mahkum bo‘lur edi. Buning o‘rniga Makkadagi jo‘shqin hayot ulkan kerigmatik[202] harakatni vujudga keltirdi. Bu harakat gullab-yashnagan va ilg‘or tamaddunlardagi siyosiy tartiblarni ham yengib o‘ta bildi va e'tiborli jihati shundaki, madaniylashtirishning oddiy qonunlari vositasida mustahkam diniy tartibni o‘z bosqinchilarini ham safiga qo‘shib oladigan darajada o‘zgartira oldi. Ayni hol tarixni boryo‘g‘i iqtisod va jamiyat haqidagi hikoyadan iborat deb biladigan tarixchilar uchun hanuz jumboqligicha qolmoqda. O'z asoschisining vafotidan 14 asr o‘tibdi hamki, rasululloh amallari haligacha turli jamiyatlar e'tiborini ohanraboday o‘ziga tortib kelmoqda. Binobarin, islomning o‘z safiga boshqa din vakillarini jalb eta bilish tabiati dunyo tarixining muhim konstanta - doimiy qiymatlaridan biriligicha qolayotgani hayratlanarlidir, biz uni hali-hamon yetarli darajada tushunib olganimiz yo‘q. Biz mazkur bobda ushbu murakkab va sharoitga moslashuvchan dinamika mohiyatini ochib berishga intildik va bu mavzu uchta masala doirasida rivojlanib boradi. Birinchidan, sotsiologlar «bir dindan ikkinchisiga o‘tish» deb ataydigan hodisa islomning muqaddas bitiklari va ilohiyotshunoslik kontekstida nimani anglatishi yuzasidan bir necha dastlabki izohlar keltiriladi. Ikkinchidan, islom tarixidagi bir dindan ikkinchisiga o‘tishning eng yorqin nuqtalari ajratib ko‘rsatiladi, ular ustuvor akademik talqinlar asosida beriladi. Nihoyat, men bugungi kunda ommaviylashib ketgan Internet «kiberkonversiyasi» deb atalmish yangi hodisa xususidagi zarur ba'zi ilk taxminlarimni ilgari surmoqchiman. Men uni ulgi sifatida olib, islomni qabul qilishning joriy etilgan nazariy andozalarini hamda bir dindan ikkinchisiga o‘tish hodisasini yanada umumiy tarzda tekshirib ko‘rmoqchiman.
Albatta, avvalo, ilohiyotshunoslik xususida to‘xtalib o‘tmasdan bo‘lmaydi. Islom avvalboshdanoq o‘ziga e'tiqod qiluvchilar safini kengaytirishga harakat qilib keldi; uning asosiy hujjati (Qur'on)da xudoga tavsif beriladi, u, shuningdek, da'vat hamdir. Makka va uning qabilalar yashaydigan ichki hududlarida to‘lib-toshib yotgan butparastlikni yer bilan yakson qilgan Qur'on islohoti o‘zidan olti asr oldin nozil bo‘lgan nazaretlik Iso islohotidan ko‘ra jadalroq edi. Iso da'vat qilgan kishilar yahudiy va monoteist bo‘lgani uchun ham qat'iy qoralanmagan edi, hazrat Muhammadning ummatlari xususida esa Qur'onda hech bir tavsif berilmagan. Shuning uchun ham Qur'on bevosita tarixiy kontekstga urg‘u beradigan diniy qarashlarni tozalash yoki takomilga yetkazishni talab etmaydi, aksincha, ularni so‘zsiz rad etadi. Binobarin, ibtidoiy islom etos[203]i qat'iy tarzda bahsli va o‘zgarishga moyildir. Rasululloh diniy rahnamoligining eng yuksak nuqtasi bo‘lmish Arofat tog‘ida aytgan xutbasi islomning buyuk vakolatiga teng so‘zlar bilan tugaydi: "Ushbu haqiqatni bu yerda yo‘q kishilarga ham yetkazing"[204].
Ushbu dastlabki sitz im leben[205]ga qaramasdan, bizga ma'lum manbalar rasululloh o‘z diniy rahnamoligini faqat majusiy arablarga mo‘ljallaganidan dalolat bermaydi. Musulmonlar xotirasida qolganiday, Muhammad faqatgina «Ismoil farzandlarining yo‘qolgan suruvi»gagina yuborilmagan; u, hadisda bayon qilinganiday, «butun bashariyatga yuborilgandir»; darhaqiqat, o‘rta asrlardagi kalom mutafakkirlari bir ovozdan ta'kidlaganiday, islom Alloh yuborgan yakkayu yagona universal dindir. Ushbu musulmoncha klassik nuqtai nazardan Iso faqat yahudiylar payg‘ambari ekaniga ishonar edi; shuning uchun ham xristian dinining keyingi yahudiylarga qaratilmagan missiyasi preparatio evangelii[206] sifatida oldindan belgilab qo‘yilgan edi. Preparatio evangelii islomga tayyor turgan majusiy asosni buzib tashladi. Ba'zi bir zamonaviy tarixchilar, arablarning najotkor tarqoq tarixini bino etishdan yiroq bo‘lgan Qur'on ularga mutlaqo qiziqish bildirmaydi, hech qachon ularni muhim o‘tmish yoki tarix egalari deb oshirib-toshirib maqtamagan, degan da'voni ilgari suradi. Garchi ravvinlar iudaizmi dinning asos soluvchi muhitiga eng yaqin yakkaxudolik dini bo‘lsa-da, islom qardosh somiy xalqlar uchun iudaizmning qayta yozilgan nusxasi emas. Modomiki, payg‘ambarlik missiyasi tabiatini qayta tiklashga bo‘lgan urinishlar ishonchli ekan (eng ashaddiy zamonaviy tarixchilarning deyarli barchasi xuddi shunday deb o‘ylaydi), islomning ilohiy tabiati dastlabki paytlardan beri o‘z maqsadiga ko‘ra chindan-da universal bo‘lganini ko‘rsatib berish uchun yetarli dalillar mavjud. Rasulullohning bir necha shogird va sahobalari arab millatiga mansub bo‘lmagan: an'anada yunon Suhayb, fors Salmon, islomning ilk muazzini habash Bilol nomlari saqlanib qolgan.
Bunday targ‘ibot kontekstiga qaramasdan, Qur'onda konversiya - bir dindan ikkinchi dinga o‘tish degan kalimaning o‘zi yo‘q. Chunki arabcha so‘z bo‘lmish «islom»ning o‘zi ushbu tushuncha ma'nosini ham anglatadi. Bu so‘z "xavfsizlik", "najot" va "tinchlik" ma'nolarini bildiruvchi o‘zagi fe'l bo‘lgan otdir. Binobarin, islomga kirish - faol (majhul bo‘lmagan) sifatdoshdir, musulmon bo‘lish - o‘zlikni Allohning najotkorlik faoliyati doirasiga kiritishdir. Sevuvchi tangri (al-Vadud) sifatida insoniyatni yaratgan zot butun bashariyatga narigi dunyoda omad tilaydi. Qur'onda bunday deyiladi: "Ey mo‘‘minlar, yoppasiga itoat (silm)ga kirishingiz!"[207] va: "Alloh kimni hidoyatga yo‘llashni iroda etsa, uning ko‘ksi (qalbi)ni islom uchun (keng) ochib qo‘yadi"[208]. Shunday ekan, Qur'ondagi adolatli hayot kechirishga o‘tish tushunchasi tasodifiy hollardan biri emas, u musulmon kishining Allohga erishish jarayoniga munosib bo‘lish uchun to‘siqlarni yengib o‘tish va kurashishday bir umr davom etadigan jo‘shqin holatda yashashini nazarda tutadi. Musulmonchilikda "Isoda" bo‘lish, shuning barobarida, emin bo‘lish kafolatini olishning ma'nodoshi yo‘q, chunki musulmonlar uchun soteriologiya Qutqaruvchining o‘z gunohlarini yuvish uchun qurbon berishini emas, aksincha, chin e'tiqodli kishining e'tiborni chalg‘ituvchi narsalarga qarshi kurashishi va bevosita tavajjuh hissini tuyushini anglatadi. Binobarin, musulmon konversiyasiga oid rivoyatlarning ayrim izchil xususiyatlaridan biri -cheksizlikni tusmollash va bosqichma-bosqichlikdir. Islomni yangi qabul qilganlarga qarata aytiladigan so‘z mana bulardir: "Sizlar jangda g‘alaba qozondingiz; endi g‘alabani mustahqamlashingiz kerak". "Qayta tug‘ilganlar" yoki bir dindan ikkinchisiga o‘tishning psixotropik ko‘rinishi g‘ayritabiiydir. Dinga yangi kirgan kishilar assimilyatsiya va taqlidning sust jarayoni xususida ko‘p gapiradi, bu jarayonda ratsional isbot muhim ahamiyat kasb etadi, deb qaraladi[209].
Qur'on soteriologiyasining musulmoncha "konversiya" iborasini yoki uning islomni mustahkamlaydigan yana bir jihatini ham tushunish lozim bo‘ladi. An'anaviy nuqtai nazardan islomda Avgustinning conversiosidan ko‘ra ehtiros kamroq va u omadliroqdir, chunki u insoniyatning ozod bo‘lish tarixini samovot va ruh hukmdori bo‘lgan xudo hamda yer va tanada ustunlik qiluvchi shayton o‘rtasidagi ulkan qaramaqarshilik deb tushunmaydi. Islomda ibtidoiy gunoh tushunchasi yo‘q, uning antropologiyasi umumiy jihatlari bilan lotin otalar xristianligi, binobarin, Akvinas, Lyuter va G'arb an'anasining asosiy qismidan ko‘ra ravvinlar iudaizmiga yaqindir. Buning ziddi o‘larak, unda Matfey Foks «ibtidoiy xayrli duo»[210] deb atagan narsaga yaqin aqida bor va u, xilqat xoliqdan ajralib chiqqan, degan tushunchani rad etadi. Inoyat inson bolasiga xos xususiyatdir, u maxluqlar orasida yuqori o‘rinni egallaydi, hadisga ko‘ra: «har bir bola o‘zining chin tabiati (fitrati) bilan tug‘iladi, faqat ota-onasi uni yahudiy, xristian yoki zardushtiyga aylantiradi». Bu aqida xususida Qur'onning «A'rof» surasidagi 172-173-oyatlarida ham ta'kidlangan, unda barcha tirik jonzot Yer yuziga tarqalishidan oldin Allohning oldiga guvohlik berishga chaqirilgani xususidagi Buyuk Ahd to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Ushbu iqtibosda o‘sha vaqt xususida bunday deyiladi:
Rabbingiz Odam o‘g‘illarining bellari (pushti kamarlari)dan zurriyotlari (ruhlari)ni olib, ularni o‘zlariga guvoh qilib turib: «Men Rabbingiz emasmanmi?» (dedi). Ular: «Yo‘g‘e! (Rabbimizsan!) Guvohlik berdik», dedilar. Qiyomat kuni: "Biz bundan g‘ofil (bexabar) edik"... deyishlarini (bilganimiz uchun shunday qildik).
Mavlono (Rumiy) xudoning tajallisiga yetishishni tavsif etganida ushbu an'anadan mutlaqo chekinmaydi: Bu (hayot)dan avval ruhlar sipehrdan yuqori edi, ular ham farishtalar ichgan idishdan no‘sh etar edi.

Download 397,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish