Xxi-asrda islom postmodern dunyoda qiblani topish



Download 397,89 Kb.
bet41/83
Sana13.06.2022
Hajmi397,89 Kb.
#665661
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   83
Bog'liq
XXI

Tarjimondan
To‘g‘risi, menga ushbu kitob qo‘lyozmasini keltirib berishgach, nimaga qo‘l urayotganimni bilmasdan tez ishga kirishib ketganimdan keyinchalik afsuslangan paytlarim ham bo‘ldi. Negaki, postmodernizm, poststrukturalizm, analitik falsafa singari zamonaviy fanlardan xabardor bo‘lmagan oddiy o‘quvchiga bu kitobni o‘qish og‘irlik qilmasmikin, uning boshini notanish atamalar, ba'zida muallif uslubini saqlashga harakat qilish oqibatida yuzaga kelgan murakkab jumlalar bilan qotirish shartmikin, degan istiholalarga ham bordim. Nima bo‘lsa bo‘ldi dedim-u, tarjimani uch yil deganda tugatdim.
Endi o‘ylab ko‘rsam, o‘zbek tiliga bunday murakkab matnlarni bevosita ingliz tilidan tarjima qilish urf bo‘lmagan, ular faqat rus tilidan ag‘darilib kelgan ekan. Harqalay, ruscha-o‘zbekcha lug‘atlar, ozmi-ko‘pmi, bor. Ulardan foydalanish mumkin. Lekin yirik inglizcha-o‘zbekcha lug‘atlar yo‘qligi sababli inglizcha-ruscha, inglizcha-turkcha lug‘atlardan, "Britannika" va "Kirill va Mefodiy" entsiklopediyalarining elektron versiyalari, boshqa izohli va ko‘p tilli elektron lug‘atlardan, hatto Internetdagi www.everything.com, www.multitran.ru singari saytlardan, shuningdek, 2000 yili Minskda chop etilgan «Postmodernizm» va «Filosofiya» entsiklopediyalarining elektron versiyalaridan ham foydalanishga to‘g‘ri keldi. Hatto ayrim hollarda, ingliz tilidagi ba'zi bir atamalarning o‘zbek tilida arab tilidan kirib kelgan ma'nodoshini aynan keltirish uchun avval o‘sha atamani rus tiliga, so‘ngra rus tilidan lug‘at yordamida arab tiliga tarjima qilishga ham to‘g‘ri kelgan paytlar bo‘ldi. Tarjima jarayonida turli manbalardan muallif keltirgan iqtiboslar, agar ular o‘zbek tiliga tarjima qilingan bo‘lsa, chalkashlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘shalardan olindi. Bunga Qur'oni Karimni yirik dinshunos olim Abdulaziz Mansur qilgan tarjimasi, Imom Buxoriyning 4 jildlik «Sahihi Buxoriy», 1992 yili Shvetsiyada o‘zbek tilida chop etilgan «Injil» kitoblarini misol qilib keltirish mumkin. O'zbekchaga tarjima qilinmagan manbalardan olingan iqtiboslar muallif matnidan tarjima qilindi.
Umuman, kitob o‘zi nima haqda, degan savol tug‘ilishi tabiiy.
Avvalo, muallif haqida bir-ikki og‘iz. Timoti J.Uinter (Abdulhakim Murod) 1960 yili London shahrida tavallud topgan. Kembrij va Al-Azhar universitetlarida, shuningdek, bir necha Yaqin Sharq mamlakatlarida tahsil olgan. Arab tili magistri. 1986 yili
O'zbekistonga ham kelib ketgan. Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilgan. Hozirgi kunda Kembrij universitetining ilohiyotshunoslik fakultetida islom tadqiqotlari bo‘yicha universitet ma'ruzachisi. Uning asosiy ilmiy faoliyati dunyoda islomning dastlabki yillarida to‘plab, nashr etilgan yirik hadis to‘plamlarini nashrga tayyorlaydigan "Sunnat loyihasi"ning direktorlik qilishdir. U ayni paytda arab tilidagi kitoblar do‘konida sotilayotgan hadis nashrlarini nomukammal deb hisoblaydi, shuning uchun eng qadimgi va ishonchli qo‘lyozmalar asosida yangi nashrlarni tayyorlash maqsadga muvofiqdir. Uning eng so‘nggi kitobi "Islom va musulmonlarni tushunish" 2002 yili Uilyam Grehem bilan hammualliflikda AQShning Kentukki shtatida nashr qilingan. M.Z.Siddiqiyning "Hadislar kitobi"ni arabchadan ingliz tiliga tarjima qilgan.
Muallif bugungi islomga postmodern va poststruktural qarashlardan kelib chiqqan holda baho beradi, dinimizning bugungi dunyodagi o‘rni va rolini ko‘rsatib berishga harakat qiladi. Uning ba'zi bir qarashlarida G'arb tafakkuriga xos bo‘lgan va bizga g‘ayritabiiy tuyuladigan, lekin teranroq nazar tashlanganda, chuqur va atroflicha tahlil ko‘zga tashlanadi. Ayniqsa, muallifning aqidaparastlik, musulmon jamiyatida ayollar va ularning haq-huquqlari qanday ta'minlanayotgani xususidagi mulohazalari hech kimni befarq qoldirmaydi. Muallif G'arb feministlarining, musulmon dunyosida ayollarning huquq va erkinliklari poymol qilinmoqda, degan da'volariga javoban, xristianlik va islomning ilohiy manbalaridagi jinsga bo‘lgan fundamental munosabatni tahlil qilib ko‘radi hamda islomda ayollarga nisbatan hech qanday cheklashlar yo‘q ekanini isbot qiladi. Bunday mulohazalar o‘zbek kitobxoni uchun yangilikdir, qolaversa, unga modern jamiyatda o‘z dinining o‘rnini belgilab olishida yordam beradi.
Amerikalik kelajakshunos olim Olvin Toffler "Uchinchi to‘lqin" kitobida "Biz embrion holatidagi kelajakni kechagi kunning oddiy qolipiga tiqa olmaymiz. Bu borada ortodoksal munosabat yoki kayfiyat ham qo‘l kelmaydi", deb yozgan edi.
Umuman olganda, jahonning yetakchi ommaviy axborot vositalari bo‘rttirib ko‘rsatayotganiday, aqidaparastlik faqat islom diniga xos tushuncha ham, hodisa ham emas. Buni boshqa dinlarda ham ko‘rish mumkin. Dunyodagi globallashuv jarayoni ma'lum ma'noda har bir dinga daxl qilayotgani, har bir jamiyat yoki hududda hukmron bo‘lib kelgan dinning yoniga boshqa bir din kirib kelayotgani mavjud manzarani butunlay o‘zgartirib yubormoqda. Bugungi kunda dinlar o‘rtasidagi chegara muayyan davlat yoki jamiyat chegarsidan emas, har bir shaxsning yuragidan o‘tadigan bo‘lib bormoqda. Afsuski, ba'zi hollarda boshqa din vakillariga nisbatan bag‘rikenglik qilish qiyin kechyapti. Bundan tashqari, u yoki bu dinning ilgari boshqa dinlar hukmronlik qilib kelgan hududlarga yoyilishi o‘sha yerlardagi ijtimoiy norozilik belgisi sifatida ham ko‘zga tashlanmoqdaki, ayni holni T.Uinter juda yaxshi tahlil qilib bergan. Uning nazarida hayot jadal o‘zgarib borayotgan bugungi kunda yuzaga kelayotgan misli ko‘rilmagan murakkab ijtimoiy muammolarga javob topish uchun muqaddas diniy manbalarni har kim o‘zicha talqin qilishi, u yoki bu masalani shar'iy qilib olishga urinishi ummat o‘rtasidagi keskin parchalanishga, to‘rtta mazhab o‘rniga millionlab sektalar vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Bunday fojiaga esa mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Muallif bizning din mutafakkirlarimizdan farqli o‘laroq, vahhobiylik oqimining paydo bo‘lishi va boshqa joylarga yoyilishini faqatgina din kontekstida emas, ijtimoiy-iqtisodiy, hatto siyosiy kontekstda olib tahlil qiladiki, bu hol o‘quvchiga oqimning paydo bo‘lish sabablari xususida yorqin tasavvur beradi. Ayni hol mustaqillikdan so‘ng mamlakatimiz ijtimoiy hayotidagi dinni o‘zlarining g‘ayriqonuniy, siyosiy maqsadlariga erishish yo‘lida niqob qilib olgan turli oqimlarning asl muddaosi nima ekanini tushunib olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Muallif 4 ta diniy mazhabning birini ikkinchisidan ustun qo‘ymagan holda ularning muayyan masalaga yechim izlash borasidagi printsipial farqlarini ko‘rsatib berishga harakat qiladi, arab mamlakatlari va Yevropadagi mujtahidlik da'vosini qilib yurgan ba'zi bir chalasavod mullalarga uning asl ma'nosini butun murakkabliklari bilan tushuntirib beradi.
Shu o‘rinda T.Uinterning arab va turk tillarini yaxshi bilishini, turk tilidagi manbalardan buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy ijodini ham yaxshi o‘rganganini ta'kidlab o‘tish joiz. U hatto bir o‘rinda A.Navoiydan iqtibos ham keltirib o‘tadi.
Tarjima ba'zi nuqsonlardan xoli bo‘lmasligi tabiiy. Shuning uchun u haqdagi har bir mulohazani minnatdorlik bilan qabul qilamiz.
Men tarjima jarayonida yaqindan yordam berganlari uchun o‘zbek tili uslubi nuktadoni, do‘stim Murtazo Qarshiboyga, arab tili bo‘yicha yirik mutaxassis va tarjimon Hojimurod Otaqulovga, dinshunos olim Jon Muhammad Batt janoblariga minnatdorlik bildiraman.

Download 397,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish