YULIAN Menga imperator yoki galileyalik yutishini aytib bera olasanmi?
MAKSIM Imperator ham, galileyaliklar ham yo‘q bo‘lib ketadi.
YULIAN Yo‘q bo‘lib ketadi? Ikkalasiyammi?
MAKSIM Ikkalasiyam. Bugunmi yoki yuz yil keyinmi - men buni bilmayman; biroq bu ushbu ishni qila oladigan haqiqiy odam kelgach, sodir bo‘ladi. [...] E, kelajakka - ikki yoqlama hukmdor tug‘iladigan Uchinchi saltanatga qarshi qilich yalang‘ochlagan ahmoq.
YULIAN Uchinchi saltanat? Masih? Yahudiylarning Masihi emas, biroq ikki saltanat Masihi, dunyo ruhi...
MAKSIM Pan Logosda - Logos Panda...[76]
Yulian unday kishi bo‘lishi mumkin emas; u o‘z yanglishishlaridan yengiladi. U Ibsenning aksariyat aksilqahramonlari singari. Per Gint nazdida ham «idealist»dir. Dunyo kutayotgan kishi esa «realist»dir. Bu aks holning ayni atamalar (Berklining esse est percipi (narsalar anglangandagina mavjuddir) aqidasiga tayanuvchi idealizmi va so‘ngra Kantning «empirik» realizmi) ni istifoda qiladigan falsafiy jiqqamushtliklarga hech qanday daxli yo‘q. Ibsenning nazarida, atamalar sof etik strategiyalar o‘rtasidagi chigallikni anglatadi. Bernard Shou o‘zining Ibsenga bag‘ishlangan tadqiqotida idealist «realizm manmanlikni, manmanlik esa buzuqilikni anglatadi», deb hisoblashini qayd etadi. Biroq bu fikrning teskarisi ham mavjud. Idealizm o‘zlikni ego sifatida yashirin tarzda namoyon qilishdir; bu hol Per Gintni cho‘chqa minib olgan ust-boshi kir ayolni malika deb hisoblashga undagan manmanlik turidir, chunki u malikani tusar edi. «Idealizm» romantik tasavvurdir. Binobarin, biz o‘ylamay-netmay Gitlerni ham idealistga, uning Uchinchi reyxini sharqiy jang maydonida qayg‘uga botgan gitlerchi Yuliani bilan birgalikda halokatli evrilishga uchragan Uchinchi saltanatga chiqarib qo‘yishimiz ham mumkin.
Ibsenning nazarida insoniyligimizni (bu o‘rinda Freydning ta'siri bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin) gunoh strukturalari qarshisidagi mo‘rtligimiz va jinsiy aloqa borasidagi taysallashlarimiz tufayli zaha yegan livsglaede - hayot lazzatining «realistik» qayta kashf qilishi yuzaga keltirgan. Rosmersholm[77]ning omadsiz qahramoni Pastor Rosmer ijtimoiy faollik yo‘lida oilasining siyosiy konservatizmidan voz kechadi va jaydari xotinining mayli qo‘zg‘almaydigan jinsiy tabiatini kashf etadi. Shouga ko‘ra, Angliya ruhoniysi xristianlikni yo‘qotish, o‘zining jismoniy qobiliyatini ro‘yobga chiqarish va jamiyatga saxiylik urug‘ini sepish kerakligini anglagan holda zimmasidagi vazifani ado etish yo‘lini izlaydi. Shou: «U dunyoga Uchinchi saltanatni oldindan g‘ira-shira payqab nazar tashlaydi»[78], deydi.
Shou Ibsenning o‘z asarlariga katta ta'sir ko‘rsatganini qayd etadi va bu hol boshqa hech qaerda muallif «idealizm»ining «realizm»ga muxolifligichalik yaqqol ko‘zga
tashlanmaydi. Yozuvchi uchun patsifizm (tinchlikparvarlik) yoki militarizm va yoki jinsiy aloqadan tiyilish idealizmning yaqqol ko‘rinishlari, ushbu dialektikani osib qo‘yish mumkin bo‘lgan qoziq vazifasini bajargan narsa uning dastlab yozilgan aksariyat pesalarining mavzusi edi.
Albatta, Shou o‘zining fabiy[79]cha hurfikrlik bilan yo‘g‘rilgan javobining talabga javob bera olmasligini yaxshi bilar edi. Hurfikrlilik bo‘lmasdan turib jinsiy aloqa erkinligiga qanday erishish mumkinligi u mashg‘ul bo‘lgan sohada chindan ham hal etilgan bir-ikki masalaning biri edi[80]. Biroq Ibsenga uning «Qaysar va galileyalik» pesasi qanchalik qadrli bo‘lgan bo‘lsa, Shou ham yozilajak eng zo‘r pesasida superodamni yaratish g‘oyasini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan edi. Hesket Pirson yozganidek:
Shou ko‘p yillar davomida (bu 1913 yil edi) payg‘ambar haqida pesa yozishni o‘ylab yurar edi. Uning tabiatiga ko‘proq mos keladigan qahramon jangari vali edi, bu qahramonni u chin dilidan xush ko‘rar va shuning uchun uni sobit intuitsiya bilan tasvirlashi mumkin edi. Butun tarix davomida uning talablariga to‘la javob bera oladigan birdan-bir mukammal soqolli qahramonga Muhammadgina prototip bo‘lishi mumkin edi[81].
Shou 1913 yilgi kundaligida mana bunday deb yozadi: «Men ancha vaqtdan beri Muhammadning hayoti xususida drama yozishni niyat qilib yurar edim. Biroq Turkiya elchisining norozi bo‘lish ehtimoli - yoki norozilikdan xavfsirash - lord Chemberlenning bu pesa qo‘yilishiga litsenziya bermasligiga sabab bo‘lishi mumkinligi meni to‘xtatib qoldi». Aynan shu sababdan, Pirson yozganiday, u «Avliyo Jon» pesasini yaratadi.
Shou ham, xuddi Ibsen singari xudoni sevar, biroq xristianlik uning g‘azabini qo‘zg‘ar edi. U buni «o‘sib borayotgan narsa alal-oqibat xochga mixlash bilan oyoq osti qilindi»[82], bu hol gunohlardan forig‘ bo‘lishdan safsata sotib, «bir pulga qimmat gunohdan forig‘ bo‘lish bilan sotib olingan axmoqona qasos edi»[83], deya tasvirlagan edi. Uning qarshilik ko‘rsatmaslik haqidagi mafkurasi zolim hukmdorlar uchun ayni muddao edi, u hatto odatda o‘zining din uchun makon hozirlashday maqsadini ham yerga urar edi. «Ijtimoiy najot individual adolat qaror topmasidan burun yuzaga chiqishi kerak»[84]. Binobarin, Janna d'Ark yoki Muhammadning chizgilari pesaning satrlari orasidan elas-elas ko‘zga tashlanib turadi. U tug‘ma peshvo bo‘lib, uning xudodan eshitgan ovozlari asldir (bu Shouning yolg‘onni fosh qilishga debocha bo‘lmagan yakkayu yagona g‘ayritabiiy rejissyorlik san'atidir)[85]; Janna «norozilik bildirayotgan payg‘ambar, hamma narsani kunpayakun qiluvchi, Hayot Kuchining faol agenti»dir[86], uni «idealistlar» (cherkov) qoralaydi, u murosa qila olmaydi, biroq siyosiy donishmandlikni muqaddas deb biladi, chunki, Shou astoydil ishonganiday, «hukumat dinsiz mavjud bo‘la olmaydi»[87].
Islom dunyosining javobi yetarli darajada ravshan. Biz Shouning «Avliyo Jon» pesasi
T.E.Lourensning arablarning jasurliklari xususidagi ertaklarni o‘z ichiga olgan
«Donishmandlikning yetti rukni» asarini tahrir qilayotgan paytda yozilganini bilib qolib ham hayratlanmaymiz[88]. Garchi Lourens o‘limiga qadar Muhammadning tarjimai holini yozish niyatidan voz kechgan bo‘lsa-da, ikki do‘st bu masalani muhokama qilganiga shubha yo‘q.
XX asrdagi musulmon payg‘ambari bilan Yevropaning xristianlikdan keyingi ideallari o‘rtasidagi bunday o‘xshashliklarning romantizm bilan umumiy jihatlari ko‘p. Bu yerda Ma'rifatning «saxiy yovvoyi» tushunchasini yodga olish o‘rinli bo‘ladi, u islomga ham butkul begona emas. O'rta asrda yashaganlar payg‘ambar e'lon qilgan «Tabiat bog‘i» g‘oyasini qoralagan edi; ibtidoiy gunoh xususidagi aqidalarni o‘zi uchun yot deb bilgan mutafakkirlar uning naturalizmini («realizm»dan ko‘ra tuzukroq kalima) nimagadir zo‘r deb tan olishgan. Me'roj payti Jabroil unga bir kosa sharob va bir kosa sut tutadi. U sutni tanlaydi va farishta xitob qiladi: «Siz tabiatga moyil ekansiz». Rasululloh Alloh ne'matlarining buzilgan va ayniganidan emas, bevosita tabiat yetishtirganlaridan bahramand bo‘lishga da'vat etadi va bu bilan dunyoning butunlay teofanik[89] xususiyatga ega ekanini va bizning u bilan uyg‘unlashish barobarida Allohga bilan uyg‘unlashishimiz kerakligini tasdiqlaydi. Bu hodisa sakramentalizm[90]ni inkor etishni bildiradi. Rasulullohning xulosasi «Odam Zamin bilan tinch-totuv yashashi uchun osmon bilan murosa qilib yashashi kerak»ligini anglatadi[91].
Yana bir so‘nggi tashviq. Rasululloh tanani, ruhni va dunyoni ozod etish orqali najotkor ilohiyotshunoslikka asos soladi. Biroq Ul zot bu ishni ismoiliylar bayrog‘i ostida amalga oshiradi. Guterresh suyukli o‘g‘lon Ishoqning ahdi bilan ish yuritadi; vaholanki, islom jamoadan ajralib qolgan, yovvoyi «odam»ning himoyachisidir. Islomning aksariyat Uchinchi dunyo kishilari, shuningdek, G'arbdagi bechorahol odamlarning e'tiqodi sifatida tengsizlik hukmron bo‘lgan bizning asrimizdagi ismoiliy identiteti uning ilohiy xususiyatga ega ekanini tasdiqlaydi. Alloh bir oyatda: «Men ko‘ngli yarimtalar bilan birgaman», deydi. Rasululloh esa, meni faqirlarning orasida qayta tiriltirgin, deya munojot qiladi. Barchasidan so‘ng:
«Ko‘ring, sizning qardoshlaringiz bo‘lmish Ibrohimning o‘g‘illari ust-boshi kir-chir, ochlikdan o‘layotgan bir paytda sizning uyingiz noz-ne'matlar bilan to‘la, ularga hech narsa berilmaydi»[92].
Ehtimol, Amos Ozning eng esda qolarli qahramonlaridan birining so‘nggi so‘zlari shunday bo‘lgandir:
(Alloh) ular (yahudiy bo‘lmaganlar)ni nima maqsadda yaratdi? Nega Ishmail, ma'jusiy Ismoil bino bo‘ldi? Buning ma'nosi - «U Parvardigorning gaplariga quloq soladi», deganidir. Bilasizmi? Yo‘q, men sizga aytib beraman. U akasi, ustozi Ishoqning buyurganlariga quloq solishi kerak edi? Nima uchun yahudiy Ishoq - "U kuladi" deb ataldi? U odamlar qaraganda doim kulib turar edi, chunki odil kishilarning mehnatini boshqa birovlar qilishgan edi[93].
bob
Do'stlaringiz bilan baham: |