Rossiya va Belorus Ittifoqi loyihasi. Bu bosqichma-bosqich yagona siyosiy, iqtisodiy, harbiy, bojxona, valyuta, yuridik, madaniy-gumanitar makon bo’lib tashkil topayotgan Rossiya Federatsiyasi va Belorus Respublikasi siyosiy ittifoqining lohihasidi. Avvalroq (1996-yil 2-aprelda), gumanitar, iqtisodiy, harbiy sohada birlashgan makon tashkil etish uchun tuzilgan Belorus va Rossiya Hamjamiyati bazasida 1997-yil 2-aprelda Belorus va Rossiya ittifoqini tuzish haqida shartnoma imzolandi.
2005-yil 2-dekabrda tarkibiga Ukraina, Moldova, Litva, Latviya, Estoniya, Ruminiya, Makedoniya, Sloveniya va Gruziya kirgan Demokratik saylov hamkorligini tashkil etish haqida e’lon qilindi. Viktor Yushenko va Mixail Saakashvili Hamjamiyatni tuzish tashabbuskorlari bo’lishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |